4-mashg‘ulot. Xuj



Download 29,2 Kb.
Sana15.04.2022
Hajmi29,2 Kb.
#553528
Bog'liq
L- 4 Документ Microsoft Office Word


4-mashg‘ulot. Xujayra shirasining osmotik bosimini plazmoliz usulida aniqlash.
Kerakli reaktiv va asboblar: 1.Piyoz, 2.KNO3, NaCI va saxarozaning 1 n li eritmalari, 3.Mikroskop, 4.Buyum va qoplag‘ich oynalar, 5. Kimyoviy stakan yoki tigellar, 6. Probirka, 7.Pipetka, 8.Pichoq yoki lanset, 9.Shtativ.
O‘simliklar hujayrasining osmotik bosimini aniqlash bilan, ularning suvga bo‘lgan talabi qay darajada ekanligini aytib berish mumkin. Ma’lumki. o‘simlik hujayrasining osmotik bosimi, o‘simliklarning turiga, yashash sharoitiga va ularning fiziologik holatiga qarab har xil bo‘ladi.
O‘simliklar hujayra shirasining osmotik bosimini laboratoriya sharoitida plazmoliz usulida aniqlaniladi. By usul o‘simliklarning turli to‘qimalarini, tuzlarning har xil konsentratsiyali eritmalariga tushirilganda, hujayra shirasi konsentratsiyasi bilan olingan erntma konsentratsiyasining teng bo‘lgan nuqtasini, ya’ni izotonik nuqtasini topishga asoslangan.
Ishning bajarilishi. Buning uchun tarkibida antosian pigmentini tutgan piyozning tashqi epidermis qavtidan bir necha bo‘lakchalar olinadi. Piyoz epidermisi qavatidagi xavo pufakchalarini yo‘qotish uchun olingan piyoz bo‘lakchalari 5-10 daqiqa davomida qaynatilib sovutilgan suvga solib qo‘yiladi. So‘ngra shtativga joylashtirilgan hajmi 20 ml bo‘lgan probirkalarga konsentratsiyasi bir biridan 0,1 normalga farq qiladigan qilib, tuz yoki saxarozaning 1 normal eritmasidan jadvalda ko‘rsatilgandek qilib olinadi na ularniig ustiga hajmi 10 ml ga etkunga qadar distillangan suv quyiladi (1-jadvalga qarang).
Shu usulda tayyorlangan probirkalardagi eritmalarning (probirkalarinng) har bittasiga ilgaridan qirqib tayyorlangan piyoz epidermisidan 2 ta bo‘lakdan solinadi va 20-30 daqiqa shu eritmalarda tutiladi, so‘ngra esa, mikroskop ostida ko‘riladi. Buning uchun har bir eritmaga tushirilgan epidermisdan 1 tasini olib, buyum oynasi ustiga quyiladi va uning ustiga 1-2 tomchi shu eritmadan tomizib, qoplagich oyna bilan berkitiladi. Keyin esa mikroskop (avvalo kichik ob’ektivda) ostida kuzatiladi.
1-jadval
Eritmalar tayyorlash jadvali

Eritma konsentratsiyagi (mol.xisobida)

1 mol.eritmadan olinadigan eritma miqdori (ml)

Qo‘shiladigan suv miqdori (ml)

0.1

1

9

0,2

2

8

0,3

3

7

0,4

4

fi

0,5

5

5

0,6

6

4

0,7

7

3

0,8

8

2

0,9

9

1

1,0

10

0


Agar kuzatish yuqoridagi jadval bo‘yicha olib borilsa, ma’lum bir konsentraiyagacha plazmolnz hodisasi kuzatilmaydi. Bunday bo‘lishiga sabab, olingan eritma konsentratsiyasi, epidermis hujayralarining konsentratsiyasidan past bo‘lishligidnr. Agar kuzatishni davom qiladigan bo‘lsak, 3 yoki 4 probirkalardagi eritmalariga tushirilgan epidermis hujayralarida plazmoliz boshlanganligini ko‘rishimnz mumkin (5-rasm). Mabodo, plazmoliz 4-nrobirkadagi eritmada boshlangan bo‘lsa, olingan 0,4 n. eritma konsentratsiyasi, hujayra shirasi konsentratsiyasidan katta ekanligidan dalolat boradi. Bundan keyingi probirkalardagi eritmalarda tutilgan hujayralar ko‘proq kuchliroq plazmolizga uchraydi. Endi hujayra shirasining osmotik bosimini aniqlash uchun olingan eritma konsentratsiyasi bilan hujayra shirasi k
5-rasm.Plazmolizga urayotgan hujayra.
onsentratsiyasini bir-biriga teng bo‘lgan izotonik nuqtani, ya’ni plazmolizning endi boshlanay deb turgan nuqtasini topish kerak.

Buning uchun 0,3 normalli eritma bilan plazmolizni vujudga keltirgan 0,4 normalli eritmalar oralig‘ida bo‘ladigan 0,31; 0,32 ... va nihoyat 0,39 normalli eritmalar tayyorlab, shularga piyoz epidermisini tushirishimiz kerak.
Ammo, tajribaga berilgan vaqt chsgaralangan bo‘lganligi sababli qo‘pol ravishda bo‘lsa ham, 0,3 n bilan 0,4 n eritmalar o‘rtasi 0.35 normalli eritmani izotonik nuqta deb qabul qilish mumknn.
Mana shunday usulda izotonik konsentratsiya topib olinadi va quyidagi formula yordamida hujayra shirasining osmotnk bosimi aniqlaniladi: P=RTCi bu yerda: R izlanayotgan hujayraning osmotik bosimi, atmosfera hisobida
R- gaz doimiysi 0,0821 ga teng.
T - absolyut harorat (273­0
+10
xona harorati).
S - izotonik konsentratsiya,
i - izotonik koeffitsient,
i- izotonik koeffitsient har xil eritmalarda har xil bo‘ladn. Elektrolit bo‘lmagan eritmalarda, masalan saxaroza uchun i=1 bo‘lsa, elektrolit erntmalarda bu koeffitsient tuz molekulalarining ionlarga parchalanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, osh tuzi erntmaen uchun nzotonik koeffitsient 0,1 molda - 1,83; 0.2 molda 1,78; 0,3 molda - 1,75; 0,4 molda - 1,73; 0,5 molda - 1,70 va hokazolarga tsig bo‘ladi.

Olingan natijalar asosida xulosa qilinadn va daftarga yozib qo‘yiladi.



Download 29,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish