Ishning maqsadi. Talabalar ish bajarish davomida metamorfik tog‘ jinslari kolleksiyasi bilan tanishib, ularning tuzilishini, xossalarini, asosiy belgilarini va xalq xo‘jaligidagi o‘rnini o‘rganiladi. Umumiy ma’lumotlar. Metamorfik tog‘ jinslari. Metamorfik tog‘ jinslari chuqur o‘zgarishga uchragan birlamchi cho‘kindi yoki magmatik jinslardir. Ular atrofidagi fizik - kimyoviy sharoitlar (moddaning temperaturasi, bosim va tarkibi yoki konsentratsiyasi) o‘zgarishi munosabati bilan birlamchi jinslarning faqat mineral tarkibi emas, ba’zan kimyoviy tarkibi va shuningdek struktura va temperaturasi xam o‘zgaradi. Metamorfik jinslar bilan ularni xosil qilgan jinslar orasida har-xil orelik jinslar bor. Temperaturaning oshishiga quyidagilar sabab bo‘ladi: 1. Yer qobig‘ining ostidan ko‘tariladigan erigan magma. 2. Magma o‘chog‘idan ko‘tariladigan yuqori temperaturadagi eritmalar va uchuvchan komponentlar. Yer tagidan chiqadigan yuqori temperatura. Metamorfizm geologik sharoitlarga qarab: - kontakt metamorfizm magmaning atrof yondosh cho‘kindi jinslar ichiga yoriqlar orqali kirishi xamda issiq xarorati, undan chiqadigan turli gazlar, bug‘lar ta’sirida; - regional metamorfizm magmatik chukindi jinslarning tektonik xarakati natijasida,kuchli bosim va temperatura ta’siri ostida paydo bo‘ladi. Metamorfik jinslar odatda kristallik strukturaga ega bo‘ladi. Lekin ularning bunday struktura paydo bo‘lishi va ko‘rinishi jihatidan magmatik jinslarning kristallik strukturasidan farq qiladi. Ko‘pincha metamorfik jinslarda metamorfizmga ega bo‘lgan strukturani uchratish mumkin. Bunday strukturalar reik (qoldiq) strukturasi deyiladi. Metamorfik jinslar magmatik jinslardan o‘ziga xos teksturasi bilan farq qiladi. Bular ichida quyidagi teksturalarni ko‘rish mumkin: 1. Slanselashgan tekstura – cho‘ziq yoki pilaksaga o‘xshagan minerallar, uzun tomon bir - biriga parallel bo‘lib joylashadi. 2. Tolali tekstura - jinsning ko‘pchilik qismi bir - biriga o‘ralib ketgan tolali mineraldan tashkil topgan. 3. Yo‘l - yo‘l yoki lentasimon tekstura - jinsda turli mineraldan tashkil topgan har – xil qalinlikdagi yo‘l - yo‘llar qaytarilib turadi. 4. Massiv tekstura- Otqindi jinslardagi to‘la kristallangan teksturaga o‘xshash bo‘ladi. 5. Ko‘zli tekstura - jinsda odatda oqish rangli minerallarning oval shakldagi donalari yoki agregatlari bo‘ladi, ular jinsning qora fonida yaxshi ko‘rinib turadi. 6. Jim - jimali tekstura - jins mayda buramalardan tashkil topgan burmali (qat - qat) bo‘ladi.