Tok transformatorlarini aniqlik darajasi.
Tok transformatorlari aniqlik darajalariga asosan guruhlarga (klass) bo‘linadi. Har bir daraja ruxsat berilgan xatolik kattaliklari bilan xarakterlanadi. Bu xatoliklar o‘lchov uskunalarining aniq ishlashiga ta’sir qiladi.
Sanoat qurilmalari uchun 0,5;1; 3 va D xatolik darajalariga mos tok transformatorlari tayyorlanadi.
D darajali tok transformatorlari differensial himoyalar uchun mo‘ljallangan va ularning xatoliklari nominal tokda normalangan. Tok transformatorlarining ma’lum bir darajadagi xatoliklar bilan ishlashlari nominal tokdan 120% farq qiladi.
Odatda nominal quvvat nominal ikkilamchi tok (5 yoki 1A) yoki ikkilamchi yukning qarshiligi xarakterlanadi.
Tajribalar va nazariy tahlil asosida aytish mumkinki, ko‘pchilik himoyalar tok bo‘yicha 10% gacha, burchak bo‘yicha 7° xatolikka ruxsat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |