Magnitlovchi tokni kamaytirishga ta’sir qiluvchi parametrlar
Magnitlovchi tokni aktiv qismi Iamag ni kamaytirish uchun tok transformatorining magnit o‘zaki shixtlangan po‘latdan tayyorlana- di. Bunda quvvat yo‘qolishi kam bo‘ladi. Reaktiv qismi esa quyidagicha
Tok transformatorining ishlash asosidan kelib chiqadiki, magnit oqimi shunday qiymatga ega bo‘lishi kerakki, bunda ikkilamchi E.Yu.K. E2 ikkilamchi chulg‘amda yuz berayotgan kuchlanish tush ishini kompensatsiyalash uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Magnitlash tokining kattaligiga tok transformatorining konstruktiv parametrlari katta ta’sir qiladi.
Ushbu formuladan ko‘rinib turibdiki, Irmagn ni kamaytirish uchun magnit qarshilik Rm ni kamaytirish va birlamchi chulg‘amlar sonini W1 oshirish kerak.
Tok transformatorlarining xatoligi qisqa tutashuvning boshlang‘ich vaqtida keskin ortadi, chunki bunda birlamchi tokda aperiodik tashkil qiluvchilar ishtirok etadi. Bu holni tez ta’sir qiluvchi himoyalarni hisoblashda e’tiborga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |