4-MA’RUZA. Tarmoq standartlarini tartibga soluvchi qo’mita
.
Tarmoq
topologiyalari (mesh, star, tree, bus, ring ва 3-D torus).
Lokal va global tarmoqlarning umumiy ta’rifi.
Tarmoq –
maxsus vosita
yordamida bib-biriga ulangan va ular orasidagi ma‘lumot almashinuvini
ta‘minlovchi kompyuterlar guruhidir. Ikki kompyuter orasidagi ulanish, bevosita
(ikkinuqtali ulanish) yoki qo‗shimcha aloqa qismlari bilan ulangan bo‗lishi
mumkin. Kompyuter tarmoqlari asosiy qo‗llanishi axborot almashinuvi bo‗lgan
logik va fizik, bosqich yoki tarkibidan tashkil topgan magistral axborot
tuzilmalarini ko‗rsatadi. Fizikaviy sathda kompyuterlar orasidagi fizik ulanishini
ta‘minlovchi tarmoq komponentlari bilan ko‗rsatilgan. Bunday komponentlar
asosan: tarmoq interfeysi (tarmoq xaritasi
yoki tarmoq adapteri platasi, standart
yoki kengaytirilgan kommunikatsion yoki parallel port yoki multiport plata),
ma‘lumot jo‗natishning tarmoq muhiti (koaksial, ikkisimli kabel, mis para yoki
optik tola) va bog‘lama elementlari (marshrutizatorlar, konsentratorlar,
qaytargichlar (takrorlagich- repiterlar, xablar(hub)), o‗chirib yoqgichlar (switch) va
ohirlovchi elementlari (terminatorlar, konnektorlar, razyomlar, zaglushkalar).
Mantiqiy sath – bu tarmoqdagi mavjud fizik komponentlardan foydalanish
imkonini beruvchi xilma-xil dasturiy ta‘minotdir. Ko‗pgina DT ichidan bir nechta
turini: operatsion sistemalar tarmoq protokollari demon-jarayonlari va drayverlari,
server-dasturlar va tarmoq servislar yoki xizmat mijozlarini ajratish mumkin.
Hozirgi kunda kompyuter tarmoqlari sanoati, rivojlanishining yuqori
cho‗qqisini bosib o‗tmoqda va bir muncha tarixga ham ega. Personal kompyuterlar
orasidagi tarmoq o‗zaro
munosabatlari erasi, ikki xil arxitekturaga, protsessor va
albatta operatsion sistemaga (masalan, VMS va IBM-PC/XT) ega bo‘lgan
kompyuterlar kommunikatsiya portlari (COM:) bo‗yicha, axborot jo‗natish tezligi
sekundiga atigi 1K bo‗lib, boshqaruv qo‗lda sinxronlashtiriladigan maxsus
tayyorlangan dastur yordamida oddiy ma‘lumot jo‗natishdan boshlangan. Hozir
esa, 20 yildan so‗ng, biz tarmoqlarni aniq lokal va globalga tuzilganini
kuzatishimiz mumkin, integratsiya jarayonida,
bir necha yuzta kompyuterli
tarmoqlar haligacha lokal tarmoq hisoblanadi, global tarmoq esa, o‗n mingta
ulangan kompyuter sistemalarini o‗z ichiga oladi. Ma‘lumot almashinuvi tezligi
200 Mbit/s, 10 Mbit/s esa, boshlang‗ich bazali va past baholi konfiguratsiya
hisoblanadi. Endilikda kompyuter tarmoqlari ma‘lumotlarni nafaqat qabul qila,
yoki jo‗nata oladilar, balki to‗plami tobora kengayib borayotgan ko‗pgina
servis
imkoniyatlarni yaratyapti. Bu o‗chirilgan ma‘muriyatchilik, elektron pochta,
o‗chirilgan pechat, taqsimlangan ma‘lumotlar bazasi, o‗chirilgan kirish sistemalari
va taqsimlangan boshqaruv sistemalari, qidirish sistemalari, telekonferensiya va b.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, tarmoqlar lokal va globalga bo‗linadi, lekin faqat bu
ularning yagona klassifikatsiyasi emas. Ular birrangli va ko‗prangli, birmartali va
ko‗pmartali, ochiq va yopiq va b. bo‗linadi. Klassifikatsiyaning ko‗p xilligidan eng
muhim va ko‗p ishlatiladiganlari ko‗rib chiqiladi. Tarmoqlarni kategoriya va turga
ajratishning ko‗pgina klassifikatsion prinsiplari, dasturiy ta‘minotning turi va
xiliga asoslangan. Boshqacha qilib aytganda, birgina jismoniy asosda bir necha xil,
tur va sinf tarmoqlarini shakllantirish mumkin. Tarmoqqa ulangan kompyuter ish
stansiyasi (Workstation) deb nomlanadi. Qoida bo‗yicha bu kompyuterda inson
ishlaydi. Tarmoqda shunday kompyuterlar borki, ularda hech kim ishlamaydi.
Ulardan tarmoqdagi boshqaruv markazi va axborot yig‗uvchi sifatida
foydalaniladi. Bunday kompyuterlar server deb nomlanadi. Agar kompyuterlar bir-
biridan nisbatan yaqinda joylashgan va yuqori tezlikdagi
tarmoq adapterlari
(axborot jo‗natish tezligi 10-100Mbit/s) yordamida ulangan bo‗lsa, bu tarmoqlar
lokal deb nomlanadi. Lokal tarmoqlardan foydalanishda, kompyuterlar odatda, bir
xona, bino yoki yaqin joylashgan uylarda joylashgan bo‗lishi kerak. Lokal
kompyuter tarmoqlari, odatda, ishlatish va dasturiy ta‘minot xarakteri bo‗yicha
korporativ xarakterga ega bo‗ladi va biror bitta tizimga taalluqli yuzdan ortiq
kompyuter sistemalarini birlashtiradi. O‗z tarkibida ko‗pgina kompyuterlarni
integratsiyalaydigan va (asosiysi) ma‘lum masofada joylashgan turli arxitektura
bazasi va dasturiy ta‘minotga ega bo‗lgan kompyuterlarni ulash uchun
mo‗ljallangan tarmoq va tarmoq teznologiyalarida qo‗llaniladigan,
zamonaviy
talablarga javob beradigan kompyuter tarmog‗i global hisoblanadi. Bir-biridan
ma‘lum masofada joylashgan kompyuterlar yoki butun lokal tarmoqlarni ulash
uchun modemlar, hamda, ajratilgan yoki sun‘iy yo‗ldoshli aloqa kanallari
qo‗llaniladi. Odatda, bu tarmoqlardagi axborot jo‘natish tezligi, lokalga qaraganda
sezilarli darajada pastroq bo‗ladi. Hozirgi vaqtda bir nechta global kompyuter
tarmoqlari va ularning protokollari mavjud, masalan, RelCom, CompuServ,
Internet va b. Bunday tarmoqlarning ko‗pi mingtacha server va o‗ntalab,
yuzmingtalab foydalanuvchilarga
ega va xalqaro maqomini olgan, chunki, har xil
mamlakat va qit‘alarning kompyuter sistemalarini bog‗laydi. Lokal va global
kompyuter tizmilari dasturiy ta‘minot protokollari va tashkil etish prinsiplari har
xil va bir xil ya‘ni o‗xshash bo‗lishi mumkin. Shuning uchun tarmoqni faqat
tarmoq o‗zaro harakati, turi, belgisi va bazali dasturiy ta‘minoti bo‗yicha lokal yoki
global deb bo‗lmaydi. Misol tariqasida 4.1.-rasmda tarmoq tuzilishi keltirilgan.
4.1.-rasm. Tarmoq tuzulishiga misol.
Barcha tarmoqlar, shu jumladan, globallar ham tijorat tarmog‗iga bo‗linadi –
bunda ularga kirish va servis xizmatlari pullik va notijorat – ya‘ni ―shartli bepul‖.
Shartli chunki tarmoq xizmatlariga ulanish va foydalanish, hamda aloqa
tizimlaridan foydalanish uchun foydalanuvchi qandaydir qismini to‗laydi, lekin
uning bahosi tijorat tarmog‗idan ancha kam va
servis darajasi ham shunga
yarashadir. Tijorat tarmoqlari tarmoq xizmatlarini taqdim etuvchi professional
tashkilotlar tomonidan qo‗llab-quvvatlanadi va yuqori darajali tijorat tarmoq
servisini taqdim etish maqsadida faoliyat yuritadi. Notijorat tarmoqlar esa,
ko‗ngilli jamiyat va axborot tuzilmalari hamda jamoat tashkilotlari tomonidan