5.8.-rasm
Fuqarolarning huquq va erkinliklari institutining ishonchli kafolat etuvchi munosabatlardan yana biri, bu – mediatsiya – yarashtirish institutini takomillashtirishdir (“Mediatsiya to’g’risida”gi qonun 2018y. q.q.). Jismoniy va yuridik shaxslarga o’zaro nizolarni suddan tashqarida, muqobil hal etish imkonining berilishi, avvalambor, fuqarolarga nizolarni qisqa muddatlarda yechilishini, shuningdek, ortiqcha mablag’larning sarflanishiga chek qo’yilishini, turli ovoragarchiliklarni oldini olinishi kabi imkoniyatlarni beradi. Bu vaziyatdan kutiladigan natija esa, taraflar orasidagi o’zaro hurmat va ishbilarmonlik munosabatlarini saqlanib qolinishi bo’lib hisoblanadi.
Mahmuriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini takomillashtirish masalalariga oid munosabatlar qaysi yangi normalar bilan boyitildi?
2017 yil 9 yanvarda “Mahmuriy qamoqni o’tash tartibi to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi, mahmuriy qamoqni o’tash tartibi bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Mahmuriy qamoq Mahmuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 29-moddasiga muvofiq 3 sutkadan 15 sutkagacha bo’lgan muddatga, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa 30 sutkagacha muddatga qo’llanishi nazarda tutilgan.
Mahmuriy qamoqqa olish mahmuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 21 ta moddasida ko’zda tutilgan. Biroq, shu paytga qadar qonunda mahmuriy qamoq ko’rinishidagi jazoni o’taydigan joylar va ularning huquqiy mavqei belgilanmagan edi. Qonun qabul qilingach, mahmuriy qamoqni o’tash tartibi bilan bog’liq barcha munosabatlar huquqiy jihatdan tartibga solindi.
2017-yilning 19 yanvarida “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Qaroriga asosan yuridik xizmat nufuzi oshirildi va yangi vazifalar bilan to’ldirildi.
Xususan, yuridik xizmatga jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga tahsir etadigan davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari yuzasidan xulosalar berish;
Rahbariyatga faoliyatida qonun ustivorligi va qonuniylikni ta`minlash ahvoli yuzasidan hisobot taqdim etish;
Nizolar vujudga kelganda ularni sudgacha hal qilish choralarini ko’rish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakati yoki harakatsizligi yuzasidan berilgan shikoyatlarning majburiy tartibda yuridik xizmatlar tomonidan ham ko’rib chiqilishini belgilovchi va boshqa masalalarda ular mashuliyatini oshirishga qaratilgan yangi funktsiyalar yuklandi.
Yuridik xizmat xodimlarini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish masalalarini majburiy tartibda adliya organlari bilan kelishish hamda adliya organlariga yuridik xizmat faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablarini buzgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, yuridik xizmat xodimlariga nisbatan intizomiy ish yuritishni qo’zg’atish huquqini beruvchi tartiblarning joriy etilishi har bir rahbarning mashuliyatini kuchaytiradi.
Albatta, mazkur vazifalarning ijrosini ta`minlash amalda sudlar mustaqilligini ta`minlash bilan birga, fuqaroning haq-huquqlarini, ularning qonuniy manfaatlarini so’zsiz bajarilishiga olib keladi. Birgina, qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning o’rniga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazoning muqobil turlarini qo’llash amaliyoti jinoiy jazolar tizimidan nisbatan qattiq tahsir choralaridan biri chiqarilayotganligi anglatadi. Ushbu amaliyotni mamlakatimizda jinoiy jazolarni liberallashtirishga, huquqbuzarlarga nisbatan tarbiyaviy-tuzatish tahsir choralarining ilg’or shakl va uslublarini keng qo’llash bo’yicha olib borilayotgan siyosatning mantiqiy davomi deb hisoblasak, to’g’ri bo’ladi.
Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta`minlash, sudlarning mustaqilligini amalda ro’yobga chiqarish, «Xabeas korpus» institutining qo’llanilishini yanada kengaytirish borasida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Mahlumki, mamlakatimizda «Xabeas korpus» instituti 2008 yildan boshlab ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanktsiya berish huquqi prokurordan sudga o’tkazildi. Huquqni qo’llash va sud amaliyotiga 2001 yildan boshlab yarashuv instituti kiritildi va u samarali faoliyat ko’rsatmoqda. Ushbu amaliyot doirasi yanada kengaytirilib, endilikda prokurorlarning pochta-telegraf jo’natmalarini xatlab qo’yish va eksgumatsiya qilish kabi tergov harakatlarini o’tkazishga sanktsiya berish bo’yicha vakolatlari sudlarga o’tkazilmoqda. Tintuv o’tkaznshga va jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarning telefondagi muloqotlarini eshitib turishga sanktsiya berish huquqini sudlarga o’tkazish oldimizda turgan navbatdagi vazifa ekanligini O’zbekiston Prezidenti o’z Murojaatnomasida alohida tahkidlab o’tdi (22.12.2017 y.).
Bu o’zgartishlar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda xalqaro huquqning umumehtirof etilgan prinsip va normalariga to’la mos kelib, insonning shaxsiy huquq va erkinliklari daxlsizligi, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo’yishga hech kim haqli emasligini anglatadi hamda jamiyatda qonun ustuvorligi prinsipini ta`minlab beradi.
Mahlumki, mamlakatimizda sud-huquq sohasiga jiddiy ehtibor qaratilib, qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Sud-huquq sohasida ijobiy ishlar amalga oshirilganligiga qaramasdan, hali ham mazkur sohada yechimini kutayotgan bir qator muammolar, kamchilik va ehtirozlar yuzaga kelmoqda. Sohada yuzaga kelayotgan muammolarni oldini olish, sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish maqsadida 2017 yilning 21 fevralida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur sohadagi islohotlarni davom ettirish 2018 yil va undan keyingi yillarning ham bosh vazifasi bo’lib qoladi. O’zbekiston Prezidenti tomonidan «Oliy Majlis huzurida Sud hokimiyati mustaqilligini ta`minlashga ko’maklashish komissiyasini tashkil etish» taklifi kiritildi.
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari tizimida mavjud bo’lgan, tegishli qonunlar asosida tasdiqlangan 16 kodeksning ikkitasi — O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksi normalari doirasida ham keyingi vaqtlarda jiddiy o’zgartishlar amalga oshirildi. Bu jarayon hamon davom etmoqda va kelgusida ham davom ettiriladi. Chunki bahzi bir qilmishlarni jinoyatlar toifasidan chiqarish va liberallashtirish borasida zamon talablaridan kelib chiqqan holda, dunyo davlatlari tajribasida erishilgan ilg’or anhanalarni ehtiborga olib, xalqimizning insonparvarlik g’oyalari bilan yo’g’rilgan mentalitetiga asoslanib, shuningdek, jinoiy jazolarning bosh vazifasi aybdor deb topilgan shaxslarni azobga solish emas, balki ularni tarbiyalash ekanligi prinsipiga tayangan holda qonunchilikda tegishli o’zgartishlarni amalga oshirishga ehtiyoj seziladi. Shunday ekan, ushbu masalaga ham alohida ehtiborni qaratish lozimdir.
SHundan kelib chiqib, O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston parlamenti ahzolariga qilgan Murojaatnomasida 2018-2021 yillarda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni rivojlantirish kontseptsiyasini qabul qilish lozimligi to’g’risida gapirdi. Bu boradagi eng muhim vazifalardan biri, bu - jinoiy javobgarlikka tortish muddatlarini qayta ko’rib chiqish vazifasidir. Alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish va jinoiy jazolarni insonparvarlashtirish bo’yicha jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberalizatsiya qilish, ularning ijrosini tah- minlashga olib keladi. Bu esa, yuqorida qayd etilganidek, xalqimizning kechirimli bo’lish va bag’rikenglik kabi azaliy qadriyatlaridan kelib chiqadi, albatta.
Mazkur masalada 2017 yilda bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan muqobil jazo turlarini qo’llashni kengaytirish orqali qamoq tariqasidagi jinoiy jazo tugatildi. Voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish, protsessual harakatlarni o’tkazishda ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish ishlari amalga oshirildi. Qilmishning jinoiyligini istisno etadigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qo’llash tartibi belgilandi. Sudlanganlik holatining tugallanishi va olib tashlanishining amaldagi muddatlari qisqartirildi. Yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish insti- tuti kengaytirildi. Ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali tarbiyaviy tahsir ko’rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan «majburiy jamoat ishlari» jinoiy jazosi kiritildi. Ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan, bozor munosabatlari asoslariga muvofiq kelmaydigan hamda tadbirkorlikning rivojlanishini va iqtisodiy aylanmani to’xtatib turuvchi ayrim iqtisodiy jinoyatlar dekriminallashtirildi.
Muxtasar qilib aytganda, jamiyatda qonun ustuvorligi – qonunlarning barcha tomonidan hurmat qilinishi, ijro etilishi va qathiy amal qilinishi bilan belgilanadi. Bu huquqiy demokratik davlatga xos bo’lib, jamiyatning barcha sohalarida inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga xizmat qiladi. Qonunlarga itoat etish, rioya qilish va ularning ijrosi eng avvalo, jamiyatda adolatni ta`minlaydi. Aksincha, adolatsizlik ildiz otgan joyda taraqqiyot va barqarorlikka putur yetadi. Qonunga itoatkorlik jamiyat ahzolarining yuksak siyosiy-huquqiy madaniyatidan kelib chiqadi. Ya`ni uning negizini qonunning maqsad va vazifalari, mohiyatini ongli ravishda tushunib olish, unga o’z ixtiyori bilan rioya qilish tashkil etadi.
Qonun ustuvorligi, qonun oldida barchaning tengligi prinsiplari – demokratiyaning asosiy talablaridandir. Mazkur talablar nuqtai nazaridan qonun mahnaviyat bilan uyg’unlashadi. Zero, inson ma`naviyatining ifodasi bo’lgan insof, o’zgalarga nisbatan hurmat-izzat va halollikka putur yetsa, ya`ni bir odam boshqalarning huquqlarini buzsa, qonun ishga tushadi va kimning haq yoki nohaq ekanligini adolat tarozisida o’lchab beradi.
Jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish uchun ularga so’zsiz rioya etish majburiyatga emas, balki mahnaviy fazilatga aylanmog’i lozim. O’z navbatida, jamiyatda qonun ustuvorligining qaror topishi, qonunlarga itoatkorlik oliy qadriyatga aylanishi bir necha omillarga bog’liq. Ulardan eng asosiysi – mukammal va sifatli qonunlarning qabul qilinishidir. Binobarin, jamiyatda demokratik prinsiplar hamda qadriyatlarning qaror topishi bevosita qonun ustuvorligi va unga itoat etish bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |