4 MA’RUZA
O`zgaruvchan tok turlari. Sinusoidal o`zgaruvchan EYUK ni hosil qilish. (4-soat)
REJA:
1. Sinusoidal tokning asosiy ta'rifi va afzalliklari.
2. Sinusoidal kattaliklar chastotasi.
3. Sinusoidal tok elektr zanjirlari.
4. Aktiv va induktiv qarshilikli zanjir.
Tayanch so’z va iboralar: o'zgaruvchan tok, o'zgaruvchan tok generatorlari, o'zgaruvchan tok motorlari, rotor, stator, sinusoidal tok va kuchlanishlarning amplitudasi, chastotasi va fazasi, rezistor, induktiv g'altak va kondensator,
Sinusoidal tokning asosiy ta'rifi va afzalliklari. Elektr yurituvchi kuch EYuK kuchlanishi tokning qiymati va yo’nalishi sinusoidal qonuni asosida davriy o’zgaruvchi elektr zanjirlari qonuni asosida davriy o’zgaruvchi elektr zanjirlari sinusoidal tok ba'zida esa o’zgaruvchan tok zanjirlari deyiladi.
Elektr stantsiyalaridagi o’zgaruvchan tok generatorlari shunday tuzilganki ularda xosil bo’ladigan EYuK sinusoidal qonunga bo’yicha o’zgaradi. Ma'lumki, chiziqli rezestiv induktiv sig’im elementlaridan iborat elektr zanjirga sinusoidal EYuK ta'sir etgandagi tok ham sinusoidal bo’ladi. Bunday zanjirning induktiv g’altagida hosil bo’ladigan uzinduksiya kondensatoridagi kuchlanishi ham sinusoidal qonuni bo’yicha o’zgaradi, chunki sinusoidal miqdor va lar hosilasi sinusoidal kattalikni beradi. Ma'lumki, snusoidal EYuK kuchlanish va tokli generator motor transformator va elektr uzatgichlarning foydali ish koeffitsientlari nosinusoidalnikidagiga nisbatan ancha osonroq bo’lganligi sababli texnikada EYuKli tok manbalaridan foydalaniladi. Sinusoidal tok manbalari sifatida sinxron generatorlar ishlatiladi. Ular o’zgarmas generatorlarga nisbatan arzonroq ishonchliroq, katta quvvat, yuqori kuchlanishlarga xisoblanishi mumkin. Generator kuchlanishi esa transformator bilan kerakli qiymatgach kuchaytirilishi va demak, uning energiyasi uzok masoflarga tejamli ravishda uzatilishi mumkin. O’zgaruvchan tok motorlari o’zgarmas toklarga isbatan arzon va ishlashda ishonchliroq. Shu bilan birga o’zgaruvchan tokli qurilmalaridaigi asosiy kamchiliklarning quvvat koeffitsient cosφ ning pastligidadir.
Sinusoidal elektr kattaliklar qiymati va yo’nalishi eng oddiy sinusoidal qonuni asosida davriy o’zgaruvchi tok kuchlanish va elektr yurituvchi kuch S.e.k. deyiladi. Elektr statsiyalardagi barcha generatorlar tok iste'molchilarning ko’pchiligi sinusoidal quvvat isrofi kam foydali ish koeffisienti yuqori va boshqa parametrlari nisbatan yaxshi bo’ladi. Sinusoidal EYuKli zanjirning barcha elementlarida tok va kuchlanish sinusoidal bo’ladi. Shu sababli ularni hsoblash ham ancha sodda. 1-rasm da eng oddiy
1-rasm
sinusoidal tok generatorining tuzilishi va sinusoidal EYuK grafigi ko’rsatilgan. Unda magnit qutblari orasiga o’rnatilgan yakor h ta o’ramli chulg’amga ega.bu chulg’amning uchlari kontakt xalqalari va chutkalari orqali iste'molchi zanjiriga ulangan. qutb boshmoqlari bilan yakor o’rtasidagi xavo oralig’ida magnit induksiya hosil bo’ladi. Bunda, b – neytral chiziq 0-0' bilan chulg’am orasidagi burchak. Agar yakor biror o’zgarmas burchak h chastota bilan harakatga keltirilsa, elektromagnit induktsiya qonuniga muvofiq chulg’am o’ramlarining har bir aktiv tomonida e0=Blv=BMlvsina ga teng sinusoidal EYuK hosil bo’ladi. Har bir o’ram ikki aktiv tomonga ega. Shu sababli h ta o’ramga ega bo’lgan chulg’amda hosil bo’lgan sinusoidal EYuK: bo’ladi. Bunda, , EM=2VMωlv – sinusoidal EYuKning maksimal (amplituda) qiymati. Sinusoidal EYuKli bunday generator zanjiriga iste'molchi ulansa, sinusoidal i=IMsinωt tok hosil bo’ladi.
Sinusoidal kattaliklarning asosiy ko’rsatkichlari. S.k.a.k-davr, chastota, faza, fazalar siljishi, boshlang’ich faza hamda oniy,effektiv, o’rtacha va amplitudaviy qiymatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |