4– Ma’ruza: Jamiyat va ta’limni axborotlashtirish. Mashg’ulot maqsadi



Download 46,5 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi46,5 Kb.
#270516
  1   2   3
Bog'liq
4-ma'ruza. Jamiyat va ta'limni axborotlashtirish


4– Ma’ruza: Jamiyat va ta’limni axborotlashtirish.

Mashg’ulot maqsadi: ta’limni axborotlashtirish, jamiyatni va ta’limni axborotlashtirishning huquqiy - me’yoriy asoslari bilan tanishadilar

Reja:

  1. Jamiyatni axborotlashtirish.

  2. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish.

  3. Jamiyat va ta’limni axborotlashtirishning huquqiy - me’yoriy asoslari

Nazariy qism:

O’zbеkistоn ахbоrоt tехnоlоgiyalаrini tаdbiq etish vа rivоjlаntirish uchun tаlаy intеllеktuаl imkоniyat vа ахbоrоt zаhirаlаrigа egа. Fаnlаr Аkаdеmiyasi, оliy vа o’rtа mахsus tа’lim muаssаsаlаri, ishlаb chiqаrish vа firmаlаrdа kоmpyutеr tехnikаsi, аlоqа, dаsturiy vа ахbоrоt tа’minоti, ахbоrоt tizimlаri bo’yichа mаlаkаli хоdimlаr ishlаmоqdа. Buning yorqin dаlili sifаtidа 1997 yil 29 аvgustdа qаbul qilingаn «Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi»ni, O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy Mаjlisining ikkinchi chаqiriq V sеssiyasidа Prеzidеnt I. Kаrimоv ko’tаrgаn mаsаlаlаr yuzаsidаn 2001 yil 23 mаydа Vаzirlаr Mахkаmаsining «2001—2005 yillаrdа kоmpyutеr vа ахbоrоt tехnоlоgiyalаrini rivоjlаntirish, «Intеrnеt»ning хаlqаrо ахbоrоt tizimlаrigа kеng kirib bоrishini tа’minlаsh dаsturini ishlаb chiqishni tаshkil etish chоrа-tаdbirlаri to’g’risidа»gi Qаrоrini vа 2001 yilning mаy оyidа rеspublikаmizdа birinchi mаrtа o’tkаzilgаn Internet fеstivаlini аytib o’tish mumkin.



Hozirgi kunda mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida ham yuqori malakali informatika va axborot – kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar yetishib chiqishmoqda, undan tashqari matematika, fizika kabi muxassisliklarni bitirganlar ham dasturlash bo‘yicha ma’lum bir qayta tayyorlash kurslarini bitirishsa, ularning intellektual boyligidan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish natijasida milliy iqtisodimiz rivojlanishiga katta hissa qo‘shish mumkin bo’ladi. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini maktabda ta’lim olishni boshlagan vaqtdan boshlab ommaviy ravishda o‘qitishni boshlashimiz kerak, chunki bu davrda o‘quvchilar ko‘nikmalarga tez erishishadi.

Jahon amaliyoti axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini zamonaviy ta’lim berish jarayonining barcha daraja va bosqichlariga kiritish lozimligini ko‘rsatmoqda. Ta’limga axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish va foydalanishdan asosiy maqsad – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, ya’ni ta’lim oluvchi va beruvchilar uchun yangi imkoniyatlarni yaratib berishdan iboratdir.

Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng ko‘lamda joriy qilish quyidagilarni beradi:

  • o‘quv va ilmiy axborotlarni talaba hamda professor – o’qituvchilar tomonidan qidirib topishga ketadigan vaqtning qisqarishi;

  • elektron o‘quv adabiyotlar mazmunini davr talabidan kelib chiqqan holda o‘zgartirishning tezlashtirilishi;

  • ta’lim jarayonining qiziqarli va samarali tashkil etilishi;

  • talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun qo‘shimcha vaqtning ajratilishi va boshqalar.

Jahon tajribasi shuni ham ko‘rsatmoqdaki, axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘quv jarayonida qo’llashning istiqbollari bo’lib multimedia - texnologiyalar asosida interfaol ma’ruzalarni tashkil qilish hisoblanadi. An’anaviy ma’ruzalar o‘qishga nisbatan interfaol ma’ruzalarda talabalar o‘qitish jarayoniga faol ishtirok etishlari mumkin bo‘lib, unda o‘quv materialining turli joyidan savollar berib, aniq javoblar olish imkoniga ega bo‘ladilar. Multimedia – texnologiyalarda axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy dasturiy texnik vositalarining mujassamlanishi talabalarning, ya’ni audioaxborot (ovoz), videoaxborot va animatsiya (multiplikatsiya, «tirik video») ko‘rinishdagi axborotlarni turli his etuvchi organlari tomonidan qabul qilish darajasining yuksaltirilishini ta’minlaydi. Bu esa darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni ta’minlaydi. Shaxsiy kompyuter o‘qituvchining yordamchisi sifatida ishtirok etadi. O‘qituvchi ma’ruzalarga tayyorlanishida zamonaviy dasturiy ta’minotlar yordamida turli ko’rgazmalar, slaydlar va videolavhalar tayyorlashi tavsiya etiladi. Bunday yuqori saviyadagi mashg‘ulotlarni tashkil qilish uchun auditoriyalarning maxsus jihozlanganligi hamda ushbu mashg‘ulotni olib boruvchi o‘qituvchilarning shaxsiy kompyuterda ishlash tajribasiga ega bo‘lishi zarur bo’ladi.

Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining ta’limga keng kirib kelishi bilan ko‘pgina davlatlarda masofaviy ta’lim, ochiq ta’lim va malaka oshirishning masofadan turib oshirish kurslari ham keng kirib keldi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi qoshida ham bir qator masofadan malakasini oshirish kurslari yo‘lga qo‘yilgan va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Masofaviy ta’limning o‘quv-uslubiy negizini tashkil qiluvchi elektron o‘quv adabiyotlarini yaratish bo‘yicha respublikamiz oliy o’quv yurtlarining «Ta’limda axborot texnologiyalari», «Axborot texnologiyalari va menejment», «Informatika o’qitish metodikasi» kabi ta’lim yonalishlarida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. Hozirgi kunda bir necha yuz elektron darslik va qo’llanma, avtomatlashtirilgan test tizimlari, virtual stendlar, multimedia tizimlari ishlab chiqilib, o‘quv jarayonida keng foydalanilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirishning huquqiy ombori. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki yillardanoq, axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirishga e’tibor berila boshlandi va bu soha bosqichma – bosqich rivojlantirilmoqda.



1995-yil fevralda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ,,UzPAK" ma’lumotlar uzatish milliy tarmog'ini yartish (MUMT) va xalqaro tarmoqlarga, shu jumladan, Internetga chiqish to'g'risidagi qarori qabul qilindi.Ushbu qarorga asosan, korxona telekommunikatsiya xizmatlarini ko'rsatish bo‘yicha „Milliy operator va provayder” maqomini oldi va xo’jialikhisobidagi „UzNET“ informatsion-kompyuter xizmati uning tarkibiga kiritildi.

Hozirgi kunda ushbu qonunga muvofiq, vazirliklar, idoralar, muassasa va tashkilotlar mamlakat hududida joylashgan bir qator xalqaro tashkilotlarning axborot tizimlari va tarmoqlarini ma’lumotlar uzatish milliy tarmog'iga birlashtirish yo‘li bilan yagona axborot maydoni yaratilmoqda.

1991 – 2008-yillarda 400 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar chiqarildi.

Axborotlashtirish faoliyati sohasida qonunchilik yaratish yo'lidagi muhim qadam sifatida 1995-yil 25-yanvarda qabul qilingan „Axborot, axborotlashtirish va axborotni himoya qilish to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishini va kuchga kiritilishini ko‘rsatish lozim. Bu Qonun ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o‘rtasidagi munosabatlarni quyidagicha tartibga soldi:



  • axborot resurslarini yaratish, yig'ish, qayta ishlash, to‘plash asosida shakllantirish va undan foydalanish va iste’molchilarga taqdim etish;

  • axborot texnologiyalarini va ularni ta’minlash vositalarini yaratish va undan foydalanish;

  • axborotni, axborot jarayonlari va axborot almashuvida ishtirok etuvchi subyektlar, huquqlarini himoya qilish.


Download 46,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish