Yuqori chastota induktivlik g‘altaklari
Yuqori chastota induktivlik g‘altaklari cho‘lg‘am ko‘rinishida ishla-nadi va yuqori
chastotali elektromagnit maydonni to‘plashga mo‘ljallanadi. Chastotalar diapazoniga
qarab induktivlik g‘altaklari uzun to‘lqinli(UT), o‘rta to‘lqinli(O‘T), qisqa to‘lqinli(QT)
va ultra–qisqa to‘lqinli(UQT) bo‘ladi va shunga bog‘liq holda ular konstruksiyasi,
shakllari, ishlab chiqarish materiali va texnologiyasi tanlanadi. Vazifasiga qarab
kontur induktivlik g‘altaklar, aloqa g‘altaklari, variometrlar va yuqori chastota
drossellarga bo‘linadi. Tuzilishiga ko‘ra g‘altaklar karkassiz yoki karkasli, o‘zakli yoki
o‘zaksiz, ekranli yoki ekransiz, bir qatlamli yoki ko‘p qatlamli, silindrsimon, yassi yoki
toroidal, texnologik ishlanishiga qarab esa kuydirilgan, o‘ralgan, bosma va yupqa
pardali bo‘lishi mumkin(4.2–rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |