Oxirgi qoldiq = Boshlang‘ich qoldiq + debet Oborot - kredit Oborot
Passiv schotlarda esa xo‘jalik mablag‘lari manbalarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Passiv schotlarning qoldiqlari schotning kreditida aks ettiriladi. Passiv schotlar joriy hisobda balansning passiv moddalariga asosan ochiladi:
Passiv schyot shakli
Dt Kt
|
|
Boshlang‘ich qoldiq
|
Kamayishi+
|
Ko‘payish –
|
Oborot
|
Oborot
|
|
Oxirgi qoldiq
|
Oxirgi qoldiq = Boshlang‘ich qoldiq + kredit oborot - debet oborot
Aktiv va passiv schotlarda debet (schotning chap tomoni) va kredit (schotning o‘ng tomoni) tayinlanishiga ko‘ra turli xil vazifalarni bajaradi.
Aktiv schotlarning debetida mablag‘larning qoldig‘i va ko‘payishi, kreditida esa kamayishi aks ettiriladi. Passiv schotlarda, aksincha, mablag‘lar tashkil topish manbalarining qoldig‘i va ko‘payishi kreditida, kamayishi esa debetida aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobi amaliyotida «qoldiq» so‘zining o‘rniga ko‘pincha «saldo» so‘zi ishlatiladi. «Saldo» italyancha so‘z bo‘lib, aynan tarjimasi «hisob-kitob» degan ma’noni bildiradi.
Schot bo‘yicha hisobot davrining boshiga bo‘lgan qoldiq boshlang‘ich saldo deb ataladi. Schot bo‘yicha hisobot davrining oxiriga bo‘lgan qoldiq oxirgi saldo deb ataladi. Agar schotning debeti bo‘yicha oborotlar jami mazkur schotning krediti bo‘yicha oborotlar jamidan ko‘p bo‘lsa, u holda debet qoldiq qoladi. U schotning boshlang‘ich qoldiq joylashgan, chap tomonida ko‘rsatiladi.
Qoldiq har bir schot bo‘yicha har oyning birini sanasiga hisoblab chiqariladi. Schotda boshlang‘ich qoldiq bo‘lgan hollarda yangi (oxirgi) qoldiq schotning boshlang‘ich qoldig‘i ko‘rsatilgan tomondagi oborot yozuvlarining jamini hisobga olgan holda mazkur schotning qarama-qarshi tomonidagi oborotlar jami chegirib tashlab aniqlanadi. Oxirgi qoldiq bo‘lmagan, ya’ni u nolga teng bo‘lgan hollarda schot yopilgan hisoblanadi.
Schotni yopish quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:
- alohida faoliyat turlarining moliyaviy natijasini har bir hisobot davri bo‘yicha hisoblab chiqarish zaruratidan kelib chiqqan holda ularning qoldiqlarini boshqa schotga o‘tkazish. Masalan, 9000-«Asosiy (operatsion) faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schotlar» (9010, 9020, 9030) qoldiqlari har oy oxirida 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkazish bilan yopilishi lozim;
- hisobga olinadigan obyektning mohiyati bilan bog‘liq. Masalan, korxonada yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bilan bog‘liq xarajatlaramalga oshirilgan. Ushbu maqsadlar uchun joriy oyda amalga oshirilgan xarajatlar, hali mahsulot ishlab chiqarilmaganligi sababli, ma’lum bir mahsulot tannarxiga qo‘shilishi mumkin emas. Shuning uchun bunday xarajatlar 3100-«Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» schotining debetida to‘plab boriladi. Ishlab chiqarish yo‘lga quyilganidan va mahsulot ishlab chiqarish boshlanganidan so‘ng mazkur schotlardato‘plangan xarajatlar har bir hisobot oyi bo‘yicha teng ulushlarda mahsulotlar turlarining tannarxiga taqsimlanadi. Xarajatlar hisobdan chiqarilgandan so‘ng 3100-«Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» yopiladi;
- ayrim turdagi xarajatlarni, avvalo, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlarini hisobga olishga oid amaldagi me’yoriy hujjatlar bilan bog‘liq. Masalan, 2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari» schoti unda yig‘ilgan xarajatlarni har oyda kalkulyatsiya obyektlariga taqsimlash va hisobdan o‘chirish yo‘li bilan yopiladi.
Aktiv va passiv schotlar balansning aktiv va passiv moddalariga mos kelganligi sababli balans schotlari deb ham ataladi. Bu esa balans va schotlar o‘rtasida hisob obyektlarini turkumlashning yagona iqtisodiy tasnifiga asoslangan o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi to‘g‘risida xulosa qilishga asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |