ko‘zda tutilmagan har xil o‘zgartirishlar qiluvchi va o‘z-o‘zini ko‘paytiruvchi dasturdir.
Kompyuter viruslari zararli kodlar deb nomlanuvchi katta dastur sinflarining bir ko‘rinishi
bo‘lsa-da, lekin ularni bir xil deb bo‘lmaydi.
"Chuvalchanglar"
va
"Troya otlari"
zararli
kodlar turkumiga kiradi. Ular kompyuterda ko‘paya olmasligi jiqatidan viruslardan farq qiladi.
"Chuvalchang" dasturi
kompyuter tarmoqlari orqali
tarqaladi va kompyuterda
ko‘paymasdan, balki uning o‘rniga foydalanuvchi ixtiyorisiz, masalan elektron pochta orqali o‘z
dasturini yuboradi.
"Troya" dasturlari
umuman tarqala olmaydi, kompyuterga yo o‘z sohibi yoki undan
o‘g‘rincha foydalanuvchi shaxs tomonidan tushiriladi. Odatda,
ular zarur yoki qiziharli
ma'lumot yoxud dastur ko‘rinishida bo‘ladi. Masalan, ular foydalanuvchiga elektron pochta
orqali xat, fayl ko‘rinishida keladi va uni yuklashni so‘raydi, fayl yuklanishi bilan dastur
kompyuterga kiradi va foydalanuvchi xoqlamagan har xil xarakatlarni bajaradi. Masalan,
kompyuterni zararlab, undagi kerakli ma'lumotlarni o‘z muallifiga yuborishi mumkin.
Birinchi guruq viruslari uchga:
faylli, yuklanuvchi va makroviruslarga
bo‘linadi.
Eng ko‘p tarqalgan dastlabki kompyuter viruslari
faylli viruslardir
. Ular operasiyaviy
tizim fayllari va kataloglarida joylashgan. Masalan, "overwriting" ("Ustidan yozish") shunday
viruslardan bo‘lib, ular, kompyuterga tushgandan keyin zararlangan fayl kodi o‘rniga o‘z kodini
yozib, mavjud ma'lumotlarni yo‘qotadi. Albatta, bunday holda fayl ishlamaydi va uning
ichidagilarni qayta tiklab bo‘lmaydi. Ular anchagina soddaligidan o‘zini tez oshkor etib qo‘yadi.
Faylli viruslarning boshqa turi, ya'ni
parazit
turi xam mavjud. Bunday viruslar zararlangan
fayllar ish faoliyatini tupik
yoki qisman saqlab qolsa-da, biroq ularning ichidagilarni o‘zgartirib
yuboradi. Masalan, ular o‘zini faylning boshi, o‘rtasi yoki oxiriga yozishi mumkin. "Cavity"
("bushlik") viruslari o‘z kodini faylda ishlatilmaydigan ma'lumotlar o‘rniga yozadi.
"Companion" ("og‘ayni") viruslari esa undan ham ayyor. Ular faylni o‘zgartirmay, uning
nusxasini yaratadi, fayl yuklanganda boshharuvni fayl nusxasi, ya'ni virus o‘z qo‘liga oladi.
Yuklanuvchi
viruslarning ishlash tarzi operasiyaviy tizim algoritmini ishga tushirishga
asoslangan. Bu viruslar disketalarning yoki qattiq disklarning yuklanuvchi sektorini (boot-
sektor) - diskning maxsus qismida joylashgan kompyuterning boshlang‘ich
yuklanuvchi
dasturini zararlaydi. Agar yuklanuvchi sektor ma'lumotlarini o‘zgartirsa, kompyuter
yuklanmasligi mumkin.
Makroviruslar
- kompyuter viruslarining bir turi bo‘lib, ular makrotillar yordamida
vujudga keladi. Ko‘pgina ofis ilovalarida Word, Excel, Access,
Power Point, Project, Corel
Draw kabi makrotillar mavjud. Makrotillar ofis dasturlarida ish unumini oshirish uchun maxsus
dasturlar tuzishda ishlatiladi. Masalan, Word dasturida faksda yuboriladigan hujjatlarni
to‘ldirish va yuborish jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha maxsus dastur (makros) yaratish
mumkin. Ma'lumotlarni kiritib tugmachani bosishgina
foydalanuvchining zimmasida, qolgan
barcha ishlarni makrosning o‘zi bajaradi. Darvoqe, kompyuterga yaxshi makroslardan tashqari,
yomon makroslar ham kirishi mumkin, ular foydalanuvchi ruxsatisiz o‘z nusxalarini yaratishi,
qujjatlarda gi ma'lumotlarni o‘zgartirishi, fayllarni yoki kataloglarni o‘chirishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: