4-maьruza. Tiristorlar


Dinistor tuzilmasi va ishlash prinsipi



Download 247,03 Kb.
bet2/3
Sana11.07.2022
Hajmi247,03 Kb.
#774964
1   2   3
Bog'liq
4-maьruza. Tiristorlar.

Dinistor tuzilmasi va ishlash prinsipi
Uchta p-n o‘tishga ega diodga o‘xshash ikki elektrodli asbob dinistor deb ataladi. Uning tuzilmasi 4.2.a - rasmda, shartli belgilanishi esa 4.2.b - rasmda keltirilgan. Dinistorning uchta p-n utishi J1 J2 va J3 deb beltilangan.

4.2-rasm. Dinistor tuzilmasi (a) va uning sxemalarda
shartli grafik belgilanishi (b).
Dinistor sxemalarda o‘zaro ulangan ikkita triodli tuzilma bilan almashtirilgan xolda ko‘rsatilishi mumkin. Dinistorni tashkil etuvchi tranzistorlarga ajratilishi va o‘zaro ulangan tranzistorlar bilan almashtirilishi 4.3-rasmda ko‘rsatilgan. Bu ulanishda T1 tranzistorning kollektor toki T2 tranzistorning baza tokini, T2 tranzistorning kollektor toki esa T1 tranzistorning baza tokini tashkil etadi. Tranzistorlarning bunday ulanishi xisobiga asbob ichida musbat TA hosil buladi. Agar anodga katodga nisbatan musbat kuchlanish berilgan bo‘lsa, J1 va p-n o‘tishlar tug‘ri siljitilgan bo‘ladi, J2 o‘tish esa teskari siljitiladi, shu sababdan manba E ning barcha kuchlanishi J2 o‘tishga tushadi. T1 va T2 tranzistorlarning emitter toklarini uzatish koeffitsientlari mos ravishda a1 va a2 bo‘lsin.

4.3-rasm. Dinistorni ikkita tuzilmaga ajratilishi (a)
va almashtirish sxemasi (b).
4.3.b - rasmga muvofik tiristor orqali oqayotgan tok ikkala tranzistor kollektor toklari va sizilish toki IK0 yig‘indisita teng buladi:
(4.1)
Tashqi zanjirdagi tok 1E1 = 1E2 = I, shuning uchun I ni (4.1) ga qo‘yib: I(1 -a1 -a2) = IK0 deb yozish mumkin. Bundan tashqi tok I qiymati
(4.2)
ekanini topamiz.
(a1 +a2)<1 shart bajarilganda dinistor orkali oqaditan tok IK0 ni tashkil etadi. (a1 +a2)>1 bo‘lganda dinistor ochiladi va tok o‘tkaza boshlaydi. Dinistornint ulanish sharti shundan iborat.
Dinistorda a1 yoki a2 tok uzatish koeffitsientlarni oshirishning yagona usuli uning anodida kuchlanishni oshirishdan iborat. Kuchlanish ortishi bilan U = Uyeah dan tranzistorlarning biri to‘yinish rejimita o‘tadi. Ushbu tranzistornint kollektor toki, ikkinchi tranzistorning baza zanjirida oqib uni ochadi, o‘z navbatida, birinchi tranzistornint baza tokini oshiradi. Natijada tranzistorlarning kollektor toklari ular to‘yinish rejimiga o‘tmaguncha ko‘chkili ortadi.
Tranzistorlar ulangandan so‘ng dinistor ochiladi va tok I faqat tashqi zanjir karshiligi bilan chegaralanadi. Ochiq asbobdagi kuchlanish pasayishi 1V dan kichik bo‘lib, tahminan oddiy dioddagi kuchlanish tushishiga teng. Dinistorning VAXi 4.4.a - rasmda, impulьs ulanish sxemasi esa 4.4.b - rasmda ko‘rsatilgan.

4.4-rasm. Dinistor VAXi (a) va uning impulьs
ulanish sxemasi (b).
4.4 - rasmda iulan - dinistorning ulanish kuchlanishi, iqol - ochiq dinistordagi qoldik kuchlanish pasayishi, Tq - yuklama toki, Iy3rn - dinistorni o‘chirish toki, VD1 - yarimo‘tkazgich diod, VD2 - dinistor, YAyu - yuklama qarshiligi, R - chegaralovchi qarshilik, S - ajratuvchi kondensator, iBoshk, - boshqaruvchi impulьs

4.5 – rasm. Zanjirni uzish (a), dinistorni shuntlash (b), anod tokini kamaytirish (v), teskari kuchlanish berish (g) bilan dinistorni o‘chirish usullari
Dinistorni undan oqayotgan tokni Iuzil kiymatgacha kamaytirib yoki dinistor anodidagi kuchlanish qutbini o‘zgartirib o‘chirishi mumkin. Dinistorni o‘chirishning turli usullari 4.5 - rasmda keltirilgan. Birinchi sxemada (a) dinistor zanjiridati tok kaliti K yordamida uziladi. Ikkinchi sxemada (b) dinistordagi kuchlanish pasayishi nolgacha kamayadi. Uchinchi sxemada (v) dinistordagi tok qo‘shimcha qarshilik Rq qo‘shish bilan Iuzil gacha kamaytiriladi. To‘rtinchi sxemada (g) kalit K tutashtirilganda ajratuvchi kondensator S yordamida dinistor anodiga teskari qutbli kuchlanish beriladi.
4.5 - rasmda: Ryu - yuklama qarshiligi, Rd - qo‘shimcha qarshilik, S - ajratuvchi kondensator,
K - kalit.

Download 247,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish