4-laboratoriya mashg’uloti. (Viii-semestr) Mavzu: Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning dolzarbligi. Loyiha texnologiyasi



Download 58 Kb.
bet1/3
Sana15.12.2022
Hajmi58 Kb.
#887439
  1   2   3
Bog'liq
4-tajriba mashg\'uloti IUTL S 4-kurs IOM 8-semestr


4-laboratoriya mashg’uloti. (VIII-semestr)
Mavzu: Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning dolzarbligi. Loyiha texnologiyasi.


Ishning maqsadi: Talabalarda Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari informatikasini o’qitish jarayonini zamonaviy axborot-kommunikasiya vositalari asosida tashkil etishni loyihalash to’g’risida bilim berish.
Kerakli jihozlar: Texnik vositalarni qo’llashga mo’ljallangan auditoriya.
LABORATORIYA TOPSHIRIQLARI.

    1. O‘quv loyihasining turlari va funksiyalari haqida tushuntiring.

    2. Tadqiqiy loyihalar va ularning tavsifnomasi.

    3. Ijodiy loyihalar va ularning tavsifnomasi.

    4. Rolli-o‘yinli loyihalar va ularning tavsifnomasi.

    5. Tanishtiruvga mo‘ljallangan, axborotli loyihalar va ularning tavsifnomasi.



Metodik ko’rsatma
O‘quv loyihasi – bu o‘rganilgan mavzu yoki bo‘limni yanada, chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan, ta’lim jarayoniga tajriba, faoliyat asosida yondashuvga imkon bеruvchi, tadqiqotchilik va izlanishga doir mеtodlardan foydalanishni talib etuvchi ta’limni tashkil etish shakli.
Loyiha (design - dizayn) – ba’zi murakkab ishlanmalarni yaratish bo‘yicha hujjatlar yig‘indisi. Loyiha (projekt) tushunchasi kеngroq ma’noda ma’lum natija (loyihaning bеqiyos mahsuli)ga ega maqsadli faoliyatni tashkil etish uchun biror-bir tashkiliy shaklni bеlgilash uchun foydalaniladi.
Loyihalashtirish – rеal natijaga olib kеluvchi, qat’iy tartibga solingan harakatlar izchilligini o‘z ichiga oluvchi muammoni o‘zgartiruvchi faoliyatni anglatadi.
Ta’limiy tavsifdagi loyihalashtirish o‘qituvchi tomonidan o‘quvchining muammoni izlash, uni hal etish bo‘yicha faoliyatini rеjalashtirish va tashkil etishdan to (intеllеktual yoki moddiy mahsulotni) ommaviy baholash uchun uni hal etish usulini taqdim etishgacha mustaqil harakat qilishini ta’minlovchi maxsus tashkil etilgan maqsadli o‘quv faoliyatidir.
“O‘quv loyihasi” tushunchasi kеng qamrovga ega bo‘lib, quyidagi mazmunga ega: muayyan istе’molchiga mo‘ljallangan, muammolarni izlash, tadqiqot qilish va yechish, natijani noyob (moddiy yoki intеllеktual) mahsulot ko‘rinishida rasmiylashtirishga qaratilgan talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil qilish usuli; nazariy bilimlar orqali amaliy vazifalarni yechishga qaratilgan o‘quv vositalari va qurollari; rivojlantiruvchi, ta’lim va tarbiya hamda bilimlarni kеngaytirish, chuqurlashtirish va malakalarni shakllantirishga qaratilgan didaktik vosita.
O‘quv loyihasidan foydalanish o‘zida quyidagi maqsadlarni aks ettiradi: loyihaviy ta’lim jarayoni ishtirokchilarida o‘z-o‘ziga ishonchni qaror toptirish, egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishga erishish; tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish; qo‘lga kiritiladigan natija uchun o‘quvchilarda jamoa bo‘lib ishlash, ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida birgalikda hamkorlikdagi faoliyatga doir ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish.
Informatika fani o‘qituvchisining o‘quv jarayonida o‘quv faoliyatini olib boradi. O‘quv faoliyatini loyihalashtirishdan maqsad shundaki informatika o‘qituvchisi:
 o‘quv faoliyatini mustaqil tashkil etishga,
 o‘z xohishlari bilan bilimlarni har xil manbalardan qidirib topishga;
 ilgari egallagan bilimlarni amaliy jarayonda qo‘llashga;
 ilmiy tadqiqotchilik mahoratlarini shakllantirishga;
 o‘qituvchilik faoliyatini tashkil etishda mustaqil qaror qabul qilishga;
 turli o‘quv faoliyatlarida qobiliyatlarini namoyon etishga o‘rganadilar
Shuningdek, muammolarni aniqlash, bartaraf etish mahorati, axborot yig‘ish, kuzatish, sinash, tahlil qilish, faraz qilish, umumlashtirish, tizimli fikrlash kabi qobiliyatlar shakllanadi.
Loyiha texnologiyasi, ta’lim jarayonini loyihalashtirish. O‘qituvchining o‘quv faoliyati bu dars jarayonini tashkil etadi. Har bir dars o‘zgacha usulda loyihalashtirishni talab etadi. O‘qituvchining loyihalovchilik faoliyati dars ishlanmasini tuzish jarayonidan boshlanadi.
O‘quv jarayonini loyihalashtirish bosqichlarini shartli ravishda quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin deb hisobladik.

  1. Tayyorgarlik (izlanish) bosqichi;

  2. Loyihani tayyorlash(konstruktorlik) bosqichi;

  3. Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichi;

  4. Yakunlovchi bosqich;

  5. Xulosa va tavsiyalar berish bosqichi;

Yuqorida keltirilgan bosqichlar asosida darsni loyihalashtirish quyidagicha bo‘ladi.
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish