4-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Mavzu: Transplantatsiya uning xillari va meditsinadagi ahamiyati.
G. Mendel qonunlari va uning biologik ahamiyati
Kerakli jihoz va materiallar: Tarqatma materiallar, jadvallar, kо‘rgazmali qurollar.
Darsning maqsadi: Transplantatsiya uning xillari va meditsinadagi ahamiyati. G. Mendelning irsiyat qonunlari uning ahamiyatiga oid umumiy tushuncha.
Kasallik — organizm va eng muhim ichki organlar normal funksiyasining buzilishi. Hozirgi vaqtda kasallik tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi. Kasallik tashqi va ichki muhitning salbiy ta’sirlari tufayli organizm faoliyatining buzilishi bо‘lib, organizm himoya kuchlarini safarbar yetishiga qaramasdan, moslanuv-chanligining susayib ketishi bilan gavsiflanadi. Xastalik odamzod organizmining umumiy dardi bо‘lib, unga yemiruvchi va moslashtiruvchi hodisalarning birgalikda davom yetib borishi, lekin moslashtiruvchi hodisalarning kamlik qilib qolishi natijasida kо‘pincha mehnat qobiliyati pasayib ketishi bilan belgilanadi.
Transplantatsiya - odam va hayvonlar organizmi qismlarini (organ va tо‘qimalarini) kо‘chirib о‘tqazish. Transplantatsiya ya’ni kо‘chirib о‘tqazishning har xil usulari mavjud bо‘lib, ular har xil organlyrda qо‘llaniladi. Hozirgi kunda zamonaviy usullar yordamida о‘tkazilayotgan transplantatsiya 70% kasallarga, ayniqsa yurakni kо‘chirib о‘tqazishda, insonlarning mehnatga layoqatliligini ham oshirgan.
Gregor Mendel. Chex katolik xristian masxabini pasteri genetika soxasida organizmalarni belgilarini nasldan-naslga о‘tish qonunini ochdi va 1865 yilda e’lon qildi. Uning qonuni faqat allergik genlargina bо‘ysinib, noalgergik genlarga bо‘ysinmaydi. Noallel genlarga Tomos Morgan qonunlar bо‘ysinadi. Mendel nasliy belgilarni nasldan-nasllarga о‘tishini 3 ta qonunini ochdi.
Retsessiv gen deb diploid xromosoma yig‘indisini ustun kelmaydigan yashirin xolda turuvchi genlarga aytiladi. Allel gen deb gomologik xromosomalarda bir xil darajada qarama-qarshi joylashgan va bir xil belgiga javob beruvchi genlarga aytiladi. Analiz qiluvchi chatishtirish chorvachilik, naslchilik, о‘simlikshunoslik sohalarida katta axamiyatga ega. Nasliy belgilar noma’lum bо‘lgan, irsiy jixatdan insonlarga kerakli belgilarga nisbatan irsiyat tozaligi aniqlash uchun ishlatiladi. Nasli noma’lum bо‘lgan organizmning irsiyatini aniqlash uchun quyidagi shartlarga rioya qilinadi.
Irsiyat noma’lum bо‘lgan organizmning albatta irsiyati ma’lum bо‘lgan urgochi organizm bilan chatishtiriladi. Bunda tekshiruvchini qiziqtirgan irsiy belgiga k}fa birinchi avlod nasli bir xillik qonuniga amal qilib, irsiy belgisiga kо‘ra barcha naslda namoyon bо‘lishi va getrozigota bо‘lishiga kо‘ra aniqlanadi. Bunda irsiyat ma’lum bо‘lgan organizmni belgilari retsessiv organizm bо‘lishi kerak.
ISHNING BORISH TARTIBI:
Transplantatsiya va uning usullari haqida tushuncha beriladi.
Mendelning qonunlari sxematik tarzda izohlanadi.
Nо‘xatni diduragay chatishtirish. Boshlang‘ich ota-ona formalar ikki juft alleli bо‘yicha farqlanishi rasmdan kuzatiladi va izohlanadi.
Topshiriq: Transplantatsiya nima? Uning qanday usullari mavjud va hozirgi kundagi ahamiyati haqida tushuntiring. Mendelning qonunlari izohlangan sxemasini chizing. Rasmda keltirilgan nо‘xatning chatishtirish farqlarini albomga chizib oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |