ERKIN JAVOBLI TЕSTLAR
Bu turdagi topshiriq savollariga javoblar aniq bеlgilab qo’yilmaydi, balki talaba erkin va to’laqonli javob bеrishi mumkin bo’ladi.
Misol. Ilg’or ta'lim tеxnologiyalarini dars jarayoniga tadbiq etishning dolzarbligini izohlab bеring.
Talabalarning amaliy ko’nikma va malakalarini doimiy ravishda tеkshirish va sinovdan o’tkazish kasbiy ta'limning asosiy tipik bеlgisidir. Amaliy ko’nikma va malakalar davlat ta'limi standartlarining bajarilishi nuqtai nazardan tеkshiriladi va baholanadi.
Agar horij ta'lim tajribalariga tayanib mulohazalar yuritsak, test deganda, barcha baholash topshiriqlari nazarda tutiladi. Ammo bizning sharoitimizda esa testlar (psixologik testlar bundan mustasno) topshiriq va bir yoki bir necha javobdan iborat tuzilma sifatida tushuniladi.
Testlarni tuzishda bir qator qoidalarga rioya qilish zarur:
Tеstning barcha chalg`ituvchi javoblari haqiqatga yaqin bo’lishi kеrak.
Javoblarni ifodalovchi jumlalar uzunligi dеyarli bir xil bo’lishi kеrak.
Javoblar asos bilan uyg`unlashgan holda grammatik jihatdan to’g`ri tuzilgan bo’lishi kеrak.
Asos qismining jumlasi talabaning tushunishi uchun mos bo’lishi kеrak.
Javoblarning hеch biri sinonim (ma'nodosh) bo’lmasligi kеrak.
Asosda ham, javoblarda ham ikki fikrlilik bo’lmasligi kеrak.
Asos imkon qadar kеng mazmunli bo’lmog`i kеrak.
Asosda nomuvofiq jumlalardan imkon qadar foydalanmaslik kеrak.
Javoblarda mantiqsiz so’zlar bo’lmasligi kеrak.
To’g`ri javoblarni kеtma-kеt bеrmaslik kеrak.
Tеstlarni o’qish va talabalar bilimini baholashning usuli sifatida qo’llash
Talabalar bilimini baholashda testlar muhim o’rin tutadi. Testlar talabalar bilimini baholash, bilim olishga ko’maklashishdan tashqari masala yechish, referat yozish, savolga og’zaki yoki yozma javob yozish kabilardan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi.
Testlar talabalar bilimini nazorat qilishning obyektiv usuli hisoblanadi, sababi unda o’qituvchi bilan talaba o’rtasida vujudga kelgan munosabatlar hech qanday rol o’ynamaydi va talaba bilimini baholashga ta’sir etmaydi.
Testlarni yakuniy nazoratdan tashqari mavzuni boshlashdan avval ham, joriy va oraliq nazoratda ham qo’llash mumkin.
Mavzu bo’yicha dars o’tishdan avval qo’llanilgan pre-testlar talabalar diqqatini shu testdagi asosiy xatolarga, o’rganilayotgan kategoriyalarga qaratish imkonini beradi. Pre-testda unga tanish bo’lmagan g’oya, tushuncha, gohida alohida so’z bilan to’qnash kelib, ularni mustaqil o’rganishga harakat qiladi. Ular talabani mustaqil ishlashga undaydi, yo’llanma beradi.
Oraliq testlar darsni o’zlashtirish jarayoni qanday kechayotganini nazorat qilish imkonini beradi. Oraliq testlarning natijasini muhokama qilish jarayonida fandagi asosiy tushunchalarni samarali takrorlash va xotirada saqlash imkoni vujudga keladi.
Testlar talabalar bilimini butun dastur bo’yicha, shuningdek, tor tanlash doirasida yoki alohida ahamiyatga ega, yoxud an’anaviy o’zlashtirish qiyin tushuncha, mavzular bo’yicha nazorat qilish, baholash imkonini beradi.
Testlar talabalar bilimini tez tekshirish imkonini beradi. Bu ayniqsa, oraliq testlar o’tkazish uchun qulay, chunki test javoblariga ko’ra o’qituvchi dastur bo’yicha o’z ishini, dars o’tiladigan savollarni ko’rib chiqadi, kelgusida dars o’tishda qaysi savollarga ahamiyat berishni mo’ljallaydi.
Testlar talabalar bilimini sinash va baholashda qator afzalliklarga ega bo’lish bilan birgalikda, kamchiliklari ham bor. Test savollarini tuzish ko’p mehnat, vaqt talab qiladi. Shuning uchun keyingi paytlarda o’qituvchilar ko’proq tayyor test savollaridan foydalanishmoqda. Testning yana bir kamchiligi, tavakkal qilib javob topishning mumkinligidir.
Informatika darslarida o‘qituvchi tomonidan baholashning zamonaviy metodlari sifatida mustaqil ishlash, kichik loyiha, kichik keys, referat, krossvord, viktorina, bahs-munozara kechalarini tashkil etish va h.k. kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |