3. Huquqlari Navbatchi mexanik:
3.1 Harakat tarkibining texnik holati va tashqi ko‘rinishi yo‘l harakati qoidalari: texnik ekspluatasiya: qoidalari talablariga muvofik –bo‘lmagan taqdirda uni yo‘lga chiqarmaslikka shu bilan birga ATK rahbariyatiga ma’lum qilishga:
3.2 Javobgar xizmatchilar va haydovchilarni, rag‘batlantirish va harakat tarkibining texnik holati va tashqi ko‘rinishi uchun jazo berish uchun avtokorxonalar rahbariyatiga hujjatlar takdim etishga.
3.3 Bo‘lim boshliqlari va uchastka ustalaridan nuqsonlarni keltirib chiqaradigan aniqlangan nosozliklar va sabablarni to‘la bartaraf etishni talab qilishga xaqi bor.
4. Javobgarlik NTP navbatchi mexanigi quyidagilarga javobgardir:
4.1 Texnik nosozliklari bilan harakat xavfsizligiga xavf tug‘diradigan harakat tarkibini yo‘lga chiqarish.
4.2 Texnik hujjatda avtomobilni chiqish va kirish vaqtini hamda spidometrning hisoblash mexanizmi bo‘yicha harakatga mos bo‘lmagan ko‘rsatkichni yozing.
4.3 Harakat tarkibining o‘zboshimchalik bilan yo‘lga chiqishi.
4.5 Texnik ishlab chiqarish bo‘limiga harakat tarkibining texnik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etmaslik.
4.5 Avtotransport korxonasi rahbarlarining texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini yaxshilashga qaratilgan farmoyishlari, buyruqlari va lavozim qo‘llanmasi talablarini ajarmaslik.
5. Navbatchi mexanikning burchi. 1. Transport vositalarini ishga chiqishga va ishdan aytishda texnik holatini tekshirish, texnik sog‘ transport vositasini o‘z vaqtida ishga chiqarish.
2. Transport vositasidagi buzuklikni aniqlash va o‘z vaqtida ta’mirlashga, texnik qarov o‘tkazishga yuborish.
3. Yo‘l varaqasiga quyidagilarni tekshirish va yozish:
- garajdan chiqayotgan va qaytayotgan avtomobilni haqiqiy spidometri ko‘rsatkichini yozish;
- garajdan chiqish va qaytish vaqtini shtamp-soatga yoki ruchka bilan aniq yozish;
- yonilg‘i bakidagi yonilg‘i qoldig‘ini aniqlash;
- yuqoridagilarni aniqligini tasdiqlab imzo qo‘yish.
4. Haydovchini ishga chiqarishda transport vositasini texnik sog‘ deb imzo quyish.
5. Ishdan qaytgan avtomobilni qabul qilib olish va yo‘l varaqasiga imzo quyish.
6. Ishga chiqqan avtomobillar to‘g‘risida har kuni bosh muhandisga hisobot berish.
7. Ta’mirlashda bo‘lgan avtomobillarni ishga tayyorlashni nazorat qilish.
8. Yo‘l sharoiti to‘g‘risida haydovchilarni ogohlantirish va kerak bo‘lsa yo‘l varaqasiga tegishli yozuvlar yozish.
9. Har bir avtomobil uchun shaxsiy varaqa /lesovaya kartochka yuritish.
Avtomobil transporti harakat tarkibining texnik holatini nazorat qilish bo‘yicha