4-kurs O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Fikrni yozma bayon etish. Bayon



Download 2,85 Mb.
bet71/82
Sana30.06.2022
Hajmi2,85 Mb.
#721500
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   82
Bog'liq
2 5413345521106424258

Fikrni yozma bayon etish. Bayon. Bayon berilgan matn mazmunini o‘z so‘zlari bilan qayta yozishdir. Bayonda berilgan matn asosida yangi matn yaratiladi. Bunda yozuvchi berilgan matndagi muhim so‘zlarni, so‘z birikmasi, gaplarni o‘z matniga kiritadi.
Saylanma bayon. Berilgan matndan ma’lum mavzuga mos saylab foydalanib yozilgan bayon saylanma bayon deyiladi. Bunday bayonda matn mazmuni to‘liq bayon etib borilmaydi, uning kerakli joylari haqida gapiriladi, xolos. Saylangma bayon uchun hajm jihatidan kattaroq matn to‘planadi. Matn o‘qish jarayonida bayon uchun kerakli materiallar tanlanib, belgilanib boriladi. So‘ng ulardan tartib bilan foydalaniladi.
Konspekt. Konspekt bayonning ko‘rinishlaridan biridir. Konspekt uch xil bo‘ladi: to‘liq konspekt, qisqa konspekt, tezimli konspekt.
Biror asarni konspektlashtirilganda quyidagicha ish ko‘riladi: avval asar sinchiklab o‘qib chiqiladi, mazmun anglab olinadi va ko‘chirma qilish mo‘ljallangan parchalarga belgilar qo‘yib chiqiladi (tagi chiziladi yoki boshqa biror belgi qo‘yiladi). Konspektlash boshlanganda: a) muallifning ismi sharifi (familiyasi, ismi. otasining ismi, taxallusi); b) asarning nomi, bosilgan shahri, yili; v) Asarning mazmuni - konspekt beriladi; g) manbadan olingan parchalarning beti ko‘rsatiladi. Lozim topilganda muallifning ayrim fikrlariga munosabat bildiriladi.
Siqiq xulosa (rezyume). Siqiq xulosa ma’ruza yoki boshqa asarlarda keng va atroflicha dalillar bilan bayon etilgan fikrlarning 3-4 gapli yakunidir. Muallif rezyumida kuzatish va mushohadalaridan yuzaga kelgan to‘xtamlarning eng zarurlarini ko‘rsatadi.
Annotatsiya. Annotatsiya badiiy, ilmiy metodik asarlarning muallifi, mavzusi, manbasi, unda ko‘tarilgan asosiy masalani ko‘rsatishga qaratilgan qisqa xabardir. Annotatsiya o‘zining kamso‘zligi, hajm jihatidan nihoyatda kichikligi bilan bayonning boshqa turlaridan ajralib turadi.
Otziv (fikr). Saylanma bayonning yana bir turi otzivdir. U badiiy, ilmiy metodik va boshqa asarlarga berilgan bahodir. Otziv, odatda, asarning yaxshi tomonlarini ko‘rsatishga qaratilgan, unga, "Oq yo‘l" tilagan tarzda yoziladi. Bu jihatdan taqriz (retsenziya)dan farq qiladi. Retsenziyada asar tanqidiy tahlil etiladi, shu nuqtai nazardan baholanadi. Asarning yutuqlari ham, nuqsonlari ham ko‘rsatiladi. Taqrizchi o‘zining da’volarini turli dalillar asosida isbotlay boradi, asarga ilmiy izohlar beradi.
Otziv ko‘pincha asarlarni himoyaga, nashrga tavsiya etish, asar muallifini quvvatlash maqsadida yoziladi. Shuning uchun unda asarning kamchiliklari ustida deyarli so‘zlanmaydi. Manbadan olingan parchalar ham uning ijobiy tomonlarini ko‘rsatishga qaratilgan bo‘ladi.
Referat. Biror ilmiy, metodik, pedagogik mavzudagi asarning qisqacha mazmuni haqidagi bayon (yozma ma’ruza) referat hisoblanadi. Referat muallifning o‘z asari haqida bo‘lsa, avtoreferat deyiladi. Avtoreferatda asarning qisqacha mazmuni, yangiliklari, metodik usullari, ilmiy qurilishi, foydalanilgan adabiyotlari ustida fikr yuritiladi. Amalda ilmiy va obzor referatlari ko‘proq uchraydi.
Sharh (obzor) referati ilmiy va boshqa asarlarga sharh berish, ya’ni uning umumiy xususiyatlarini qisqacha bayon qilib berishni ko‘zda tutadi.

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish