5-ish. Egiluvchanlik va harakatchanlikni о‘lchash
Umurtqa pog‘onasining egiluvchanligi (harakatchanligini) о‘lchash. Egiluvchanlik – bu keng amplituda qiymatida harakatlarni amalga oshirishni ifodalaydi. Egiluvchanlikning о‘lchovi sifatida harakatlarni bajarishning maksimal amplitudasi belgilanadi. Bunda faol va nofaol holatdagi egiluvchanlik о‘zaro farqlanadi. Faol holatdagi egiluvchanlik sinovdan о‘tkaziluvchi odamning о‘zi tomonidan amalga oshiriladi, nofaol holatdagi egiluvchanlik esa – tashqi kuch ta’siri ostida (bemorlarda – davolovchi shifokor – uslubchi tomonidan, sportchilarda trener tomonidan beriluvchi tashqi kuch yordamida) bajariladi. Egiluvchanlik tana bо‘g‘imlarining holatiga, pay bog‘lamlarining elastiklik xususiyatiga (chо‘ziluvchanligiga), muskullarning holatiga, yoshga, atrof – muhitning haroratiga, bioritmlarga, sutkaning vaqtida va shu kabi omillarga bog‘liq hisoblanadi.
Amaliy nuqtai-nazardan, umurtqa pog‘onasining egiluvchanligi nisbatan katta ahamiyatga ega hisoblanadi, bunda umurtqa pog‘onasining egiluvchanligi qiymati maksimal darajada egilishda, yozilishda, yon tomonlarga bukilishda va gavdaning tana bо‘ylama о‘qi bо‘ylab qayrilishida harakatlar amplitudasi asosida о‘lchanadi. Odatda, egiluvchanlik odam organizmining oldinga egilishi qobiliyati asosida, oddiy qurilmalarda turish holatida о‘lchanadi. Bunda tegishli taxtacha (planka) nol qiymatdan boshlab bо‘limlarga ajratilgan bо‘lib (skameyka darajasida) egiluvchanlik darajasini aniqlashda yordam beradi.
12–rasm. Umurtqa egiluvchanligini о‘lchash usuli
Tana bо‘g‘imlaridagi harakatchanlik bо‘g‘imlarda joylashgan suyaklar qismlarining bir–biriga nisbatan siljishini ifodalab beradi. Harakatchanlik darajasi bо‘g‘imlar yuzasining shakli va pay bog‘lamlar apparatining elastiklik xususiyati qiymatiga bog‘liq hisoblanadi. Bо‘g‘imlardagi harakatchanlik faol va nofaol harakatlarda namoyon bо‘ladi. Nofaol holatdagi harakatlar boshqa odam ta’siri ostida amalga oshirilsa, faol holatdagi harakat odamning о‘zi tomonidan bajariladi. Bо‘g‘imlardagi harakatchanlik qiymatiga odam organizmining yoshi, odamning shug‘ullanuvchi sport turi, shuningdek muskullarning holati, bо‘g‘imlarda kuzatiluvchi turli xil kasalliklar va boshqa omillar ta’sir kо‘rsatadi.
Bо‘g‘imlarda harakatchanlikni о‘lchashda Branshli goniometr asbobidan foydalaniladi, bu asbob harakatchan qism (bransh) va gravitatsion goniometr (gradus qiymatida) qismidan tashkil topgan. Bо‘g‘imlardagi harakatchanlik bо‘g‘imlarning yozilishi va bukilishi xususiyatini belgilab beradi. Ayrim sport turlarida (gimnastika, akrobatika) bо‘g‘imlarda harakatchanlik darajasini oshirish uchun nofaol holatdagi harakatlarni amalga oshirish usulidan foydalaniladi (ya’ni, sportchilar mashg‘ulotlar mashqlari davomida juft holatda yoki trener yordamida mashq bajarishadi), kо‘pincha holatlarda jarohatlanishlar va bо‘g‘im kasalliklari ta’sirida (ayniqsa, sо‘nggi yillarda bо‘g‘imlar artrozi kо‘p uchramoqda) bо‘g‘imlarning harakatchanligi susayishi qayd qilinadi. Bо‘g‘imlar fiziologik harakatchanlik meyoriga ega hisoblanadi va uning zо‘riqishli tarzda oshirilishi salomatlik uchun zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
13–rasm. Tana bо‘g‘imlarining harakatchanlik hajmi.
a – tananing yuqorigi qismida; b – oyoqlarda
Do'stlaringiz bilan baham: |