Talabalarga quyidagi dars ishlanma namuna sifatida beriladi.
Mavzu: Maqol o`qitish metodikasi
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilarni darsga tayyorlash;
O`tilgan mavzuni takrorlash:
Bahor fasli qaysi oylardan tashkil topgan?
Bahor faslida qanday bayramlar nishonlanadi?
3.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi o`quvchilarga maqol haqida qisqacha ma`lumot berib o`tadi. Shuningdek maqollarning o`ziga xos xususiyati va tarbiyaviy axamiyati to`g`risida o`quvchilarga tushuncha beradi. Bulardan tashqari o`quvchilarga maqol bilan birgalikda xalq og`zaki ijodi to`g`risida ham ma`lumot berib o`tilishi lozim. O`quvchilarga maqollar mavzu jihatdan ham turlicha bo`lishini aytib o`tadi. Masalan : Vatan, oila, maktab, hunar, do`st, ilm va boshqalar. Darslikda berilgan maqollarni bolalarga avval o`qitiladi, so`ngra ma`nosi tushuntiriladi. Maqollar tahlil qilinganidan mavzularga bo`linib daftarlariga ko`chiriladi.
4.Mustahkamlash:
- Bolajonlar, Vatan haqida kim menga maqol aytib beradi?
- Maqollarning muallifi bo`ladimi?
- Xalq og`zaki ijodi namunasiga kiruvchi yana qanday janrlarni bilasiz?
5.Baholash: darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
6.Uyga vazifa: Maqollarni yod olib kelish
Topshiriq:
Quyidagi jadvallardagi mavzularga mos maqollar topib yozing
Oila haqidagidagi maqollar
Vatan haqidagi maqollar
Hunar haqidagi maqollar
Kutilayotgan natija:
Sinfda topishmoq va maqol janrdagi asarlarni o‘tish metodikasini o’rganish;
Bu jarayonning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati haqida tushunchaga ega bo’lish;
Topishmoqlar narsa yoki hodisalarning ataylab yashirilgan belgisi, shakli, xatti-harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash asosida topishga asoslangan she'riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriqlardir. Topishmoqlar xalq turmushi bilan chambarchas bog`liq holda yaratiladi. Ularning zaminida kishilarning qadimiy e'tiqod va tasavvurlari, olamni bilish va idrok etishga bo`lgan intilishlari yotadi. Topishmoqda yashirilgan narsalar uning javobi hisoblanadi. Topishmoqning javobini topish uchun topishmoq matnini yaxshilab o`qish, nimaga ishora qilinayotganligini fahmlash, topishmoqning asosiy xususiyat va belgilari aynan nimaga qaratilganligini taxmin qilish bilan ham topishga harakat qilish kerak. 1-4-sinf o`qish darsliklarida "Topishmoqlar" mavzusi ostida har xil topishmoqlar ham berilgan bo`lib, ular o`quvchilarning topqirligini yanada oshiradi, tafakkurini o`stiradi. Darsliklarda topishmoq javoblari ostiga yozib qo`yilgan yoki rasmlar orqali berilgan. 3-4-sinflarga o`tgach esa javoblar qayd etilmagan. Buning sababi shuki, bu davrga kelib o`quvchilar topishmoqlar ustida ishlash ko`nikmalarini hosil qilgan bo`ladi. Topishmoqlar bolalar shoirlari tomonidan ham yaratilib kelinmoqda. Bunday topishmoqlar qiziqarli bo`ladi. Masalan, 4-sinf "O`qish kitobi" da "Quvnoq topishmoqlar" (A. Akbar), "Buni toping, qizlarim" (G`. G`ulom) kabi topishmoqlar keltirilgan.
3-sinf darsligida quyidagi topishmoqlar berilgan:
O'zi yerda, boshi ko'kda.
Sudrasang yuradi, sudramasang turadi.
Bir tup daraxtda o'n ikki butoq,
Har bir butoqda o'ttizlab yaproq.
Yaproqlarning yarmi qora, yarmi oq,
Qani, kichik do'st, buni o'ylab top!
Bor rang-barang to'rt gilam,
Xizmatga shay to'rti ham.
Navbat bilan to'shalar,
Qani, kim topa olar?
4-sinf darsligida quyidagi topishmoqlar berilgan:
Katta chelak teshildi, Undan ko'p suv to'kildi.
Bitta dara, ikki tog', Ichidagi saryog'.
Qat-qat qatlama,
Aqling bo'lsa tashlama.
Teg desam tegmaydi, Tegma desam tegadi.
Topishmoq ,odatda, bolalarga atalgan bo’ladi.topishmoq bolalarni hayot hodisalari va narsalarini yaxshi ko’rsatishga o’rgatadi,ularni xotirasini mustahkamlaydi,hayolini kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |