4-amaliy mashg`ulot test reyting tizimida talaba bilimini baholash mezonlari. Test reyting nizomlari bilan tanishish Reja



Download 18,48 Kb.
bet1/3
Sana11.03.2022
Hajmi18,48 Kb.
#489976
  1   2   3
Bog'liq
4-Amaliy mashgulot.Test reyting tizimida talaba bilimini baholash mezonlari. Test reyting nizomlari bilan tanishish


4-AMALIY MASHG`ULOT
Test reyting tizimida talaba bilimini baholash mezonlari. Test reyting nizomlari bilan tanishish
Reja:

  1. Baholash turlari va shakllari.

  2. Talaba bilimini baholash tartibi

  3. Reyting natijalarini qayd etish tartibi

  4. “Yozma ish”ni o’tkazish tartibi

Talabalar bilimini reyting tizimi orqali baholashdan maqsad, talabalarda o’qitilayotgan fanlarni chuqur egallash, topshiriqlarga ijodiy yondoshish, mustaqil fikrlash, o’z adabiyotlaridan keng foydalanish kabi xususiyatlarni rivojlantirish va shu tariqa raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga erishishdir.


Reyting tizimi quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan:
- talabalar o’zlashtirishini muntazam ravishda nazorat etib borish, ularni semestr (o’quv yili) davomida o’z ustilarida uzluksiz faol ishlashlarini ta’minlash;
- talabalar bilimini haqqoniy, aniq va adolatli baholash hamda natijalarini ularga muntazam ma’lum qilish;
- talabalarda mustao’il ishlash ko’nikmalarini keng rivojlantirish;
- professor-o’qituvchilarda ma’ruza va amaliy mashQulotlarga puxta tayyorgarlik ko’rish, baholash savollarini tuzishda mas’uliyatini oshirish.
Fan bo’yicha maksimal reyting bali, o’quv rejasida aynan shu fanga ajratilgan soatlar miqdori bilan belgilanadi.
Talabalar bilimini baholashda, avval o’zlashtirish ko’rsatkichi aniqlanadi, so’ng dars soatlari miqdoriga muvofiq, uning fan bo’yicha reytingi hisoblab topiladi.


Baholash turlari va shakllari

Talabalarning fan bo’yicha o’zlashtirishini baholash semestr (o’quv yili) davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:


- joriy baholash (JB);
- oraliq baholash (OB);
- yakuniy baholash (YAB).
JB da fanning har bir mavzusi bo’yicha talabaning bilim darajasini (o’zlashtirishini) aniqlab borish nazarda tutiladi va u odatda, amaliy mashQulotlar (seminar yoki laboratoriya ishlari) darajasida amalga oshirilishi mumkin.
OB da fanning bir nechta mavzularini qamrab olgan bo’lim yoki qism bo’yicha nazariy mashQulotlar o’tib bo’lingandan so’ng, talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning muayyan savol yoki muammoni echish mahorati va qobiliyati aniqlanadi.
YAB da fanning semestr (o’quv yili) davomida o’tilgan hajmi doirasida talabaning bilimi baholanadi. YAB turiga ajratilgan ballar miqdori, o’quv rejasida fanga semestr (o’quv yili) uchun ajratilgan soatning 30% miqdorida belgilanadi.
Fan bo’yicha JB va OB turlarida talaba to’plashi mumkin bo’lgan maksimal reyting ballining miqdori, o’quv rejasida fanga semestr (o’quv yili) uchun ajratilgan soatning 70% miqdorida belgilanadi. Oliy ta’lim muassasalariga o’z xususiyatlaridan kelib chiqib, JB va OB turlarning foizlarini belgilash huquqi beriladi.
YAB turi tayanch tushunchalarga asoslangan “YOzma ish” usulida yoki boshqa usullarda (oQzaki, test, himoya va h.k) ham o’tkazilishi mumkin.
Tayanch tushunchalarga asoslangan “YOzma ish” usulini o’tkazish tartibi “Rekyting tizimining yakuniy baholash bosqichida “YOzma ish” usulini tadbiq etish bo’yicha “Namunaviy Nizom” bilan belgilanadi.
o’quv rejaga muvofiq o’qitilishi bir necha semestr (o’quv yili) va rejalashtirilgan fan bo’yicha talabaning umumiy reyting bali har bir semestr (o’quv yili) davomida shu fan bo’yicha talaba tomonidan thplangan reyting ballari yiQindisi bilan aniqlanadi.
Baholash turlari har bir fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, dars jarayonida so’rov o’tkazish, test savollariga javob berish, nazorat ishlarini bajarish, kollokvum suhbat va shu kabi boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Dekanat va kafedralar belgilangan tartibda fan bo’yicha talabaning OB, JB hamda YAB (“YOzma ish” yoki boshqa usul) turlarida ko’rsatgan o’zlashtirish ko’rsatkichlarini tahlil etib borishlari va ularning natijalarini belgilangan shakldagi qaydnomalarda qayd etishlari lozim. Baholash natijalari o’quv bo’limida operativ ravishda ishlovdan o’tkaziladi.
Reyting natijalari universitetning Ilmiy Kengashi va Uslubiy Kengash yiQilishlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Universitet fanlar bo’yicha baholash turlarining har biri bo’yicha reyting ballarini hisoblash mezonlarini ishlab chiqadi (nazorat ishlari, test sinovlari, savollar) Uslubiy Kegashda tasdiqlaydi.
Talaba bilimini baholash tartibi

Semestr davomidaa o’qitilgan fan bo’yicha maksimal ball-ning kamida 55% ni to’plagan talaba qoniqarli o’qiyotgan deb hisoblanadi. Semestr davomida o’qitilgan fan bo’yicha maksimal ballning 55% dan kam ball to’plagan talaba qoniqarsiz o’qiyotgan talaba (akademik qarzdor) deb hisoblanadi.


Semestr davomida fanlar bo’yicha to’plagan ballar quyidagi o’zlashtirish ko’rsatkichlari bilan baholanadi:

Download 18,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish