86-100 foiz - “a’lo”
71-85 foiz - “yaxshi”
55-70 foiz - “o’rta”
55 foizidan kam - “qoniqarsiz”.
Talabaning barcha turdagi amaliyotlardan olgan bilim va ko’nikmalari, kurs ishi yoki kurs loyihasi, bitiruv malakali ishi (loyihasi), davlat attestatsiyasi natijalari o’zlarini ko’rsatkichlari bilan baholanadi va reyting daftarchasida alohida qayd etiladi.
Reyting ballarini hisoblashda talabaning o’quv mashQulot-lardagi faolligi, mustaqil ishlarni bajarishga ijodiy yondosha olish, o’quv-mehnat intizomiga amal qilish sifatlari ham hisobga olish (reyting bali doirasida 10%) maqsadga muvofiq.
JB, OB va YAB turlarida fanni o’zlashtira olmagan (55% dan kam ball to’plagan) yoki sababli baholash turlarida ishtirok eta olmagan talabalarga 1 hafta muddat ichida qayta baholashdan o’tishga ruxsat berilishi mumkin.
Fan bo’yicha belgilangan maksimal reyting ballning 5% dan kam ball to’plagan talaba, belgilangan tartibda rektorning buyruQi bilan talabalar safidan chetlashtiriladi (birinchi kurs talabalariga nisbatan o’quv yili yakunlari bo’yicha amalga oshirish maqsadga muvofiq).
Talabani kursdan kursga o’tkazishda o’quv rejada muayyan semestr (o’quv yili)ga belgilangan fanlardan talaba to’plagan reyting ballar miqdori hisobga olinadi va rektorning buyruQi bilan amalga oshiriladi.
Reyting natijalarini qayd etish tartibi
Har bir fan bo’yicha o’tkazilgan baholash turlarida talaba to’plagan reyting ballar miqdori belgilangan tartibda tasdiq-langan shakldagi qaydnomada qayd etiladi.
Semestr davomida fan bo’yicha o’tkazilgan baholash turlarida talaba to’plagan umumiy ball, talabaning “Reyting daftarchasi”ga yoziladi.
Talaba fan bo’yicha o’tkazilgan baholash turlarida, fanga qaratilgan maksimal ballning 55% dan kam ball to’plagan holda, uning shu fan bo’yicha to’plagan reyting ballari “Reyting daftarchasi”da qayd etilmaydi.
Har bir fan bo’yicha o’tkaziladigan baholash turlarining (JB, OB va YAB)natijalari dekanat va kafedralar tomonidan reyting nazorati ekranida muntazam ravishda yoritib boriladi.
Reyting nazorati ekranini tashkil etish va uni belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish vazifasi fakultet dekani zimmasiga yuklatiladi.
Talabalar bilimini reyting tizimi bo’yicha baholashning tayanch tushunchalarga asoslangan “YOzma ishi” usuli, talabalarda o’tilgan fanlarga nisbatan ijodiy yondoshish, mustaqil fikrlash, o’z bilimini doimiy ravishda oshirish adabiyotlardan keng foydalanish, o’tilgan fanlarning muayyan mavzulari bo’yicha tuzilgan tayanch tushunchalarga asoslangan holda, o’z fikrlarini yozma ravishda aniq va lo’nda ifodalab berish hamda tahlil etish kabi xususiyatlarni, shuningdek, professor- o’qituvchilardan o’z fanlarini chuqur egallashni hamda ma’ruza va amaliy mashQulotlarga puxta tayyorgarlik ko’rishni.yozma ish savollarini tayyorlashga mas’uliyat bilan yondoshishni shakllantiradi va rivojlantiradi.
Talabalar bilimini baholashning tayanch tushunchalarga asoslangan “YOzma ish” usuli, reyting tizimining YAkuniy baholash bosqichida amalga oshiriladi.
YAkuniy baholash bosqichini “YOzma ish” usulida o’tkazish fanlarini tanlash huquqi oliy ta’lim muassasalariga beriladi (o’quv rejada belgilangan fanlarning 50% dan kam bo’lmagan holda). “YOzma ish” o’tkaziladigan fanlar rektorning buyruQi bilan rasmiylashtiriladi. Qolgan fanlardan YAB turini o’tkazish tartibi (oQzaki, test, himoya va h.k) kafedra tomonidan belgilanadi.
YAkuniy baholash bosqichida “YOzma ish” usuli belgilangan fanlardan Joriy (JB) va Oraliq (OB) bosqichlarida to’plangan ballar miqdoridan qat’iy nazar talaba “YOzma ish” topshirishi shart.
“Yozma ish”ni o’tkazish tartibi
Semestr boshida “YOzma ish” o’tkazilishi belgilangan fan-larning nomi kafedralar va talabalar e’tiboriga etkaziladi. “YOzma ish” o’tkazilishi belgilangan fanlar bo’yicha dars beruvchi kafedralar tomonidan savollar va ularni yoritishga yordam beruvchi tushunchalar ishlab chiqiladi hamda kafedra majlisida keng muhokama etilib, tegishli qaror qabul qilinadi.
“YOzma ish” o’quv bo’limi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq fan bo’yicha dastur to’la o’tilishidan so’ng o’tkaziladi va ushbu haqda talabalarga bir oy oldin ma’lum qilinadi.
Kafedra talabalarga “YOzma ish”ni o’tkazish tartibi va unga qo’yiladigan talabalar bo’yicha konsultatsiyalar tashkil etadi.
“YOzma ish”larni o’tkazish uchun universitet rektorining buyruQi bilan komissiya tashkil etiladi.
“YOzma ish” savollari va ularni yoritishga yordam beruvchi tayanch tushunchalar fakultet dekan tomonidan komissiya a’zolariga “YOzma ish” o’tkazilishi belgilangan vaqtdan bir soat oldin maxsus konvertda taqdim etiladi.
“YOzma ish”ning hajmi 1000-1200 so’zgacha deb belgilanadi.
“YOzma ish”ni o’tkazish uchun 3 soat vaqt beriladi.
Komissiya “YOzma ish”larni belgilangan tartibda tekshi-ruvchilarga tarqatadi va natijalarini ikki hafta muddatda talabalarga ma’lum qiladi.
“YOzma ish”larni tekshirishga va baholashga malakali professor-o’qituvchilar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot universitet-larining olimlari hamda ishlab chiqarishning etakchi mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
“YOzma ish”larni o’tkazish va tekshiroishga jalb etilgan shaxslar mehnat haqi budjetdan tashqari mablaQ yoki soatbay jamQarma hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutiladi.
“YOzma ish”larni baholash me’zonlari ta’lim yo’nalishlari bo’yicha tayanch oliy o’quv yurtlari tolmonidan ishlab chiqiladi va barcha oliy o’quv yurtlari etkaziladi.
“YOzma ish”larning 10%i tashqi taqriz uchun Vazirlik tomonidan boshqa oliy ta’lim muassasalariga jo’natilishni nazarda tutiladi.
Talabalarning “YOzma ish”lari natijalariga ko’ra. mazkur fandan bevosita dars bergan o’qituvchining reytingi belgilanadi hamda uni qo’shimcha ravishda moddiy va ma’naviy raQbatlantirish masalasi ko’rib chiqiladi.
Talabalarning “YOzma ish”lari ikki yil mobaynida dekanatda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |