Сувли сўримдаги тузлар йиғиндиси (қуруқ қолдиқ %)
0 0,1 0,2 0,3 0,4 0,5 0,6 0,7 0,8 0,9 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6
Ca, мг. экв.
0 0,1 0,2 0,3 0,4 0,5 0,6 0,7 0,8 0,9 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6
Заҳарли тузлар йиғиндиси (%)
Ca мг.экв.
50-расм. Сувли сўрим бўйича заҳарли тузлар йиғиндисини ҳисоблаш номограммаси
Ushbu yuqorida keltirilgan zaharli tuzlar yig‘indisini hisoblash usullaridan keng foydalaniladigani N.I.Bazilevich va YE.I.Pankovalarning empirik formulasi hisoblanadi.
Biroq, hisoblashning eng tо‘g‘ri va hatosiz usuli bu suvli sо‘rimdagi ionlarni gipotetik tuzlarga bog‘lash usuli hisoblanadi. Bunda tuzlarning sifat tarkiblari aniqlanib, undan zaharsiz bо‘lgan gidrokarbonat va sulfat kalьsiy tuzlari (Ca(HCO3)2, CaSO4)ning haqiqiy miqdorlari chiqarib tashlanadi.
Bu uslub hosil bо‘lgan tuzlar eruvchanligi, kationlarning anionlar bilan bog‘lanishiga asoslangandir. Odatda kimyoviy birikma va alohida anionlar ekvivalent miqdorida reaksiyaga kirishadi. Shuning uchun ionlarni bir biriga bog‘lashda ularning milliekvivalent miqdori hisoblash uchun olinadi. Bunda bog‘lanayotgan ionning milliekvivalent miqdori hosil bо‘layotgan tuzning ekvivalent og‘irligiga kо‘paytirilib 1000 ga bо‘linadi.
Quyida tuzlarning ekvivalent og‘irliklari keltirilgan:
Ca(HCO3)2 81,05 Mg(HCO3)2 73,16 CaSO4 68,10 MgSO4 60,21 Na2SO4 71,05 NaCl 58,46 MgCl2 47,61 NaHCO3 84,00 Na2CO3 83,00 CaCl2 55,49
Ushbu usul yordamida 1
1-jadvalda berilgan suvli sо‘rimning 0-32 sm qatlamidagi ma’lumotlaridan foydalanib tuzlarning sifat tarkiblari quyidagicha aniqlanadi:
1-jadval
Kesma №
|
Chuqur-lik, sm
|
Quruq qoldiq
|
NSO-3
|
Cl-
|
SO--4
|
Sa++
|
Mg++
|
Na+
|
mg.ekv
|
%
|
31
|
0-32
|
1,800
|
0,018
|
0,192
|
0,905
|
0,135
|
0,049
|
13,78
|
0,317
|
|
|
0,30
|
5,42
|
18,83
|
6,74
|
4,03
|
|
|
32-57
|
1,190
|
0,024
|
0,140
|
0,565
|
0,105
|
0,040
|
7,57
|
0,174
|
|
|
0,39
|
3,95
|
11,76
|
5,24
|
3,29
|
|
|
57-94
|
2,570
|
0,021
|
0,567
|
0,905
|
0,105
|
0,061
|
24,91
|
0,573
|
|
|
0,34
|
16,00
|
18,83
|
5,24
|
5,02
|
|
|
94-138
|
1,890
|
0,030
|
0,109
|
1,075
|
0,200
|
0,058
|
11,19
|
0,257
|
|
|
0,49
|
3,07
|
22,37
|
9,98
|
4,77
|
|
|
138-190
|
1,360
|
0,021
|
0,077
|
0,790
|
0,180
|
0,027
|
7,75
|
0,178
|
|
|
0,34
|
2,17
|
16,44
|
8,98
|
2,22
|
|
|
1. Kalьsiyning bikarbonat holatida bog‘langan miqdori hisoblanadi. Bunda umumiy ishqoriylik (HCO3)ning 0,30 mg.ekv. miqdori bilan bog‘lanishi uchun yana shuncha miqdordagi, ya’ni 0,30 mg.ekv kalьsiy (Ca) keark bо‘ladi. 0,30 mg.ekv miqdor hosil bо‘layotgan Ca(HCO3)2 tuzining ekvivalent og‘irligi (81,05)ga kо‘paytiriladi va 1000 bо‘linadi, ya’ni 0,30 · 81,05 : 1000 q 0,024 foiz miqdorda Ca(HCO3)2 tuzi tashkil qilar ekan.
Bu yerda umumiy ishqoriylikning kalьsiy bilan bog‘lanishdagi ortib qolgan miqdori, huddi shu yо‘l bilan Mg(HCO3)2 tuzi, agarda shunda ham umumiy ishqoriylik ortib qolsa NaHCO3 tuzi hisoblab chiqiladi.
Suvli sо‘rimdagi ionlarni bir biriga bog‘lab tuzlarni hisoblashda dastlab zaharsiz tuzlar, keyinchalik zaharli tuzlar va ularning zaharlilik darajasining ortib borishi ketma-ketligida olib boriladi.
Bunda, HCO3 bilan bog‘langan kalьsiyning milliekvivalent miqdori о‘sha о‘lchov birliklari kо‘rinishidagi umumiy miqdoridan ayrib tashlanadi.
6,74-0,30 = 6,44 mg.ekv. (Ca)
2. Kalьsiyning sulfat kislotasi bilan bog‘langan miqdori hisoblanadi. Biz kо‘rsatgan misolda sulfat kislotasi kalьsiydan kо‘p, ya’ni 18,83 mg.ekv SO4, 6,44 mg.ekv Ca.
Demak, CaSO4 (gips) tuzi hosil bо‘lishi uchun SO4 ionidan 6,44 mg.ekv. miqdor talab etiladi, ya’ni sulfat kislotasi bilan faqat kalьsiyning qolgan (6,44) mg.ekv. ga teng bir qismi bog‘lanadi.
6,44 mg.ekv miqdor hosil bо‘layotgan CaSO4 tuzining ekvivalent og‘irligi (68,10)ga kо‘paytiriladi va 1000 bо‘linadi, ya’ni 6,44 · 68,10 : 1000 = 0,439 foiz miqdorda CaSO4 tuzi mavjud ekan.
Agar kalьsiy sulfat kislota bilan bog‘langanda ortiqcha chiqsa uni CaCl2 kо‘rinishida Cl bilan bog‘lanadi. Sulfat kislotasining kalьsiy bilan bog‘langandan keyingi miqdori:
18,83 – 6,44= 12,39 mg.ekv. (SO4)ga teng ekan.
3. Sulfat kislotasining bu miqdori magniy bilan bog‘lanadi. Magniyning mg.ekv. miqdori 4,03 ni tashkil qiladi.
Demak, MgSO4 tuzi hosil bо‘lishi uchun SO4 ionidan 4,03 mg.ekv miqdor talab etiladi.
4,03 mg.ekv miqdor hosil bо‘layotgan MgSO4 tuzining ekvivalent og‘irligi (60,21)ga kо‘paytiriladi va 1000 bо‘linadi, ya’ni 4,03 · 60,21 : 1000 = 0,243 foiz miqdorda MgSO4 tuzi hosil bо‘lar ekan.
Agar magniy ioni ortiqcha chiqsa, uni MgCl2 tuzi kо‘rinishida Cl bilan bog‘lanadi. Sulfat kislotasining magniy bilan bog‘langandan keyingi miqdori:
12,39 – 4,03 = 8,36 mg.ekv. (SO4) ga teng ekan.
4. Sulfat kislotasining qolgan miqdori (8,36) natriy (Na) bilan bog‘lanadi. Natriyning mg.ekv. miqdori 13,78 ni tashkil qiladi.
Demak, Na2SO4 tuzi hosil bо‘lishi uchun Na ionidan 8,36 mg.ekv miqdor talab etiladi, ya’ni natriy bilan faqat sulfat kislotasining qolgan 8,36 mg.ekv. miqdorga teng bir qismi bog‘lanadi.
8,36 mg.ekv miqdor hosil bо‘layotgan Na2SO4 tuzining ekvivalent og‘irligi (71,05)ga kо‘paytiriladi va 1000 bо‘linadi, ya’ni 8,36 · 71,05 : 1000 = 0,594 foiz miqdorda Na2SO4 tuzi tashkil qilar ekan.
Demak, sulfat kislotasining natriy bilan bog‘langandan keyingi miqdori:
13,78– 8,36 =5,42 mg.ekv. (Na) ga teng.
5. Natriy ionining qolgan miqdori (5,42) о‘z-о‘zidan ma’lumki о‘sha miqdorga ega bо‘lgan xlor ioni bilan bog‘lanadi. Bunda, xlorning mg.ekv. miqdori natriyning qolgan qismi bilan teng bо‘lgan miqdorni tashkil qiladi, ya’ni 5,42 mg.ekv. Na, 5,42 mg.ekv. Cl.
5,42 mg.ekv miqdor hosil bо‘layotgan NaCl tuzining ekvivalent og‘irligi (58,46)ga kо‘paytiriladi va 1000 bо‘linadi, ya’ni 5,42 · 58,46 : 1000 = 0,317 foiz miqdorda NaCl tuzi tashkil qiladi.
Demak, tuzlarning sifat tarkibi, ya’ni ionlarni bir biriga gipotetik bog‘lash orqali hisoblanadigan tuzlar miqdori tо‘liq yakunlandi. Suvli sо‘rimning qolgan qatlamlaridagi ionlarning bir-biriga bog‘lash usuli huddi shu yо‘sinda hisoblab chiqiladi.
Endi yuqorida hisoblangan tuzlarning foiz yig‘indisi hisoblab chiqiladi:
1) Ca(HCO3)2 0,024
2) CaSO4 0,439
3) MgSO4 0,243
4) Na2SO4 0,594
5) NaCl 0,317
------------------------------------------
1,617
Demak, tuzlarning umumiy yig‘indisi 1,617 foizni tashkil qilib, quruq qoldiqdan kichik miqdorni tashkil qiladi. Bunda ba’zan tuzlar yig‘indisining quruq qoldiqdan yuqori yoki judayam kichik bо‘lgan miqdorlari farqlanib, bu tekshirish va qayti ishlashni talab etadi. Chunki tuzlar yig‘indisi quruq qoldiqdan kichik bо‘lishi va kо‘pi bilan 10 % ga farqlanishi mumkin.
Endi, suvli sо‘rim ma’lumotlari asosisda aniqlangan tuzlar birikmalari umumiy jadavalga tushiriladi.
2-jadval
Tuzlarining sifat tarkibi
Kesma №
|
Chuqurlik,
sm
|
Sa(NSO3)2
|
SaSO4
|
CaCl2
|
MgSO4
|
MgCl2
|
Na2SO4
|
NaCl
|
Tuzlar yig‘indisi
|
umumiy
|
zaharli
|
zaharsiz
|
umumiyga nisbatan zaharli tuzlar%
|
31
|
0-32
|
0,024
|
0,439
|
|
0,243
|
|
0,594
|
0,317
|
1,617
|
1,153
|
0,463
|
71,36
|
32-57
|
0,032
|
0,330
|
|
0,198
|
|
0,257
|
0,231
|
1,048
|
0,686
|
0,362
|
65,47
|
57-94
|
0,028
|
0,582
|
|
0,282
|
|
0,339
|
0,837
|
2,067
|
1,458
|
0,609
|
70,53
|
94-138
|
0,040
|
0,646
|
|
0,287
|
|
0,576
|
0,180
|
1,729
|
1,043
|
0,686
|
60,34
|
138-190
|
0,028
|
0,588
|
|
0,134
|
|
0,396
|
0,127
|
1,273
|
0,657
|
0,616
|
51,61
|
Ushbu jadvalda tuzlar birikmalaridan tashqari zaharsiz va zaharli tuzlar, uning foiz miqdorlari ham keltirilgan.
Bunda, zaharli tuzlar miqdori umumiy tuzlar yig‘indisidan Sa(NSO3)2, SaSO4 tuzlarini ayirib tashlash orqali aniqlanadi. Zaharli tuzlarning umumiy yig‘indiga nisbatan foiz miqdorlari esa oddiy matematik praporsiya orqali hisoblab chiqiladi.
Demak, yuqorida hisoblangan 0-32 sm qatlamdagi zaharli tuzlarning umumiy yig‘indisi 1,153% ni yoki umumiy tuzlar (1,617)ga nisbatan 71,36 foizni tashkil qilar ekan.
Tuproqdagi zaharli tuzlarning zahiralarini aniqlash uchun bundan oldingi mavzularda keltirilgan umumiy tuzlarning zahiralarini hisoblashdagi formula yordamida, ya’ni umumiy tuzlar yig‘indisidan hisoblab chiqilgan zaharli tuzlarning (%) miqdori, hajm og‘irlik va о‘sha qatlam qalinligiga kо‘paytirish orqali hisoblab chiqiladi.
Ushbu hisoblashda tuproqning genetik qatlamlaridan tashqari uning 0-1m yoki sizot suvigacha bо‘lgan chuqurlikdagi zaharli tuzlarning zahiralarini aniqlash avvalambor tuproqning zaharli tuz zahiralari bо‘yicha ularning shо‘rlanganlik darajasini aniqlashda va qolaversa zaharli tuz zahiralarining xaritalarini tuzishda foydalaniladi.
Tuproqning zaharli tuz zahiralari bо‘yicha shо‘rlanganlik darajasini aniqlash Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot davlat instituti tomonidan (A. U.Axmedov, M.I.Rо‘zmetov) ishlab chiqilgan shkala yordamida aniqlanadi (89-jadval).
Bunda, zaharli tuz zahiralari tebranish oralig‘ining t/ga hisobidagi keltirilgan kо‘rsatkichlari tuproqning faqat 0-1 m qatlami uchun bо‘lib, bu asosan tuproqni о‘sha 0-1 m qatlamdagi zaharli tuz zahiralari xaritalarini tuzishda va ularga meliorativ nuqtai nazardan baho berishda qulaylik yaratish maqsadida foydalaniladi. Quruq qoldiq bо‘yicha zaharli tuzlarning foiz hisobidagi keltirilgan kо‘rsatkichlari tuproqning genetik va turli qatlamlarini zaharli tuzlar bо‘yicha shо‘rlanganlik darajalarini aniqlashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |