Sinfdan tashqari ishlarni uch guruhga bo'lish mumkin:
1- guruhga ko'plab o'quvchilarni qamrab oluvchi ommaviy ishlar, tadbirlar;
2- guruhga cheklangan o'quvchilar doirasida olib boriladigan to'garak ishlari;
3- guruhga tabiatni o'rganishga qiziqqan ayrim o'quvchilar bilan olib boriladigan ishlar kiradi.
Ommaviy mashg'ulotlar kinofilmlarni namoyish qilishni, tabiatga ekskursiya va yurislar o'tkazishni, ertaliklar, o'quvchilar ishlarining ko'rgazmasini tashkil qilishni, shuningdek, ommaviy tadbirlar (hosil kuni, bog' haftaligi, daraxtlar o'tqazish haftaligi, qushlar kuni va boshqalar)ni o'tkazishni nazarda tutadi.
Guruh mashg'ulotlariga yosh geograflar, yosh tabiatshunoslar kabi klub ishlari kiradi.
Individual mashg'ulotlar devoriy gazetalar, albomlar chiqa-rishni; jonli tabiat burchagi va maktaboldi o'quv-tajriba maydonidagi, tabiatdagi ishlarni; darsdan tashqari o'qish va axborot burchagi uchun tabiatshunoslik mazmunidagi materiallar tanlashni, bolalar ilmiy-ommabop kitoblariga taqriz yozishni o'z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |