Intonasiya haqida umumiy ma'lumot.
Ma'lumki, nutq tafakkur mahsulidir. Kishi fikri yoki maqsadini ikkinchi bir kishiga so'zlar vositasida yetkazib, o'zaro fikr almashadi,aloqada bo'ladi va kayfiyatini ifoda etadi. fikr – tuyg'ular, maqsad-intilishlar, his-hayajonlar boshqalarga ovoz tovlanishi orqali ham yetib boradi. Muayyan istak, niyat-intilish, haakat natijasida yuzaga keluvchi ana shu ovoz tovlanishlariga intonasiya deyiladi.
Ifodali o'qish jarayonida intonasiyaning ahamiyati katta.
Badiiy asarda intonasiya orqali qahramonlarning turli kayfiyati, ichik kechinmasi ifodalanadi. Ayniqsa, poetik asarlarning ritmik ohangdorligini tinglovchiga yetkazishda intonasiya katta rol o'ynaydi.
Intonasiyaning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, ta'kidlanganidek u asar mazmuni, avtor maqsadi, fikr-tuyg'usi hamda kayfiyatidan tabiiy ravishda kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |