4-amaliy ish
Tog' jinslari hajmini gorizontal qirqimlar
yordamida hisoblash
Ishdan maqsad: Absolut balandlik qiymatlari ma`lum bo`lgan otval yuzasida hisoblash ishlarini olib borishni o`rgatish.
V ariantlar o`qituvchi tomonidan beriladi:
Planda otval yuzasida taxeometrik tasvirga olish natijasida hosil bo`lgan nuqtalarning absolut balandliklari tasvirlangan
Ish taribi: Foydali qazilma uyumi yuqori qismi nuqtalari balandlik qiymatlarini o`rtachasini aniqlash
n- nuqtalar soni
Foydali qazilma uyumi pastki qismi nuqtalari balandlik qiymatlari o`rtacha qiymatini aniqlash.
n- nuqtalar soni
Foydali qazilma uyumi uchun o`rtacha balandlik qiymati quyidagicha aniqlaniladi:
2) Hajmni vertikal va gorizontal qirqimlar yordamida hisoblash.
1. Bu usulda ruda uyumi hajmini hisoblash uchun ruda uyumi planida uyumning xarakterli nuqtalaridan parallel ravishda vertikal tekisliklar o`tkazamiz.
2. Parallel ravishdagi vertikal kesim chiziqlari bilan ruda uyumi pastki va yuqori qirralarining kesishish nuqtalarining balandlik qiymatlarini qirralarda berilgan nuqtalar balandliklaridan foydalanib interpolyatsiya usulida aniqlaymiz.
3. Aniqlangan kesishish nuqtalari balandlik qiymatlaridan foydalanib hosil bo`lgan vertikal kesimlar shaklini millimetrli qog`ozda, vertikal bo`yicha 1:500, gorizontal bo`yicha 1:1000 masshtabda yasaymiz.
4. Millimetrli qog`ozda yasalgan shakllar bo`yicha, parallel ravishda o`tkazilgan vertikal tekisliklar bilan kesishdan hosil bo`lgan shakllar balandliklarini, ularni yuzalarini grafik ravishda hisoblaymiz.
5. Plandan, parallel ravishda o`tkazilgan vertikal kesimlar orasidagi masofalarni plan masshtabi bo`yicha aniqlaymiz.
6. Parallel ravishda o`tkazilgan vertikal kesimlar bilan kesishdan hosil bo`lgan bo`laklar hajmini mos ravishda, millimetrli qog`ozda yasalgan shakllarning topilgan yuzalari va parallel ravishda o`tkazilgan kesimlar orasidagi topilgan masofalar qiymatlaridan foydalanib quyidagi formulalardan hisoblaymiz:
agar qo`shni kesimlar shakli yuzasining qiymatlari farqi 40% dan katta bo`lmasa, ushbu formuladan foydalanamiz.
agar qo`shni kesimlar shakli yuzasining qiymatlari farqi 40% dan katta bo`lsa, ushbu formuladan foydalanamiz.
Bu yerda S- kesim yuzasi , m2;
d- kesimlar orasidagi masofa, m;
Parallel ravishta o’tkazilgan vertikal kesimlar bilan kesishdan hosil bo’lgan bo’laklar hajmini qaysi formula bilan hisoblashni aniqlash uchun, qo’shni kesimlar shakli yuzasining qiymatlari farqini (% da) hisoblab ko’ramiz. Buning uchun quyidagi formuladan foydalanamiz .
ning qiymatini barcha qo’shni kesimlarda hisoblab chiqamiz va qaysi bo’lak hajmini hisoblashning qaysi formulasi bilan hisoblanishini aniqlab tegishli formula bilan bo’laklar hajmini hisoblaymiz.
7) Hisoblangan bo’laklar hajmlaridan foydalanib ruda uyumining umumiy hajmini quyidagi formuladan hisoblaymiz
Do'stlaringiz bilan baham: |