1
4.1-ma’ruza: Mahsulot sifati va sifat ko’rsatkichlari
R eja:
1. Mahsulot sifati.
2. Sifat ko’rsatkichlari.
3. Mashinalar sifatini baxolash usullari.
4. Sifatning statistik ko’rsatkichlari.
5. Mahsulot sifatini statistik ta’minlash usuli.
6. Ob’ekt parametrlarini optimallashning matematik modeli.
Tayanch so‘z va iboralar:
mahsulot, sifat, baholash, optimallash, xatolik,
statistika, ko’rsatkich.
Maxsulotning o’z vazifasi bo’yicha qo’yiladigan ma’lum talablarni
bajarishga yo’naltirilgan hususiyatlarning extiyojga moslik darajasi, uning sifatini
belgilaydi. Ta’rifdan ko’rinib turibdiki, mahsulotning xar qanday hususiyati ham
sifat tushunchasiga ta’lluqli bo’levermaydi. Mahsulotning faqat vazifasidan kelib
chiqib aniqlangan hususiyatlarigina sifat ko’rsatkichi bo’ladi.
Maxsulot sifat ko’rsatkichlari quyidagilardan iboratdir:
-
vazifa
ko’rsatkichlari, mahsulotning foydalanish sohasiga qarab
belgilanadi;
-
ishonchlilik ko’rsatkichlari buzilmasdan ishlash, uzoqabadlik, ta’mirlanuvchanlik,
saqlanuvchanlik kabi hususiyatlar bilan baholanadi;
-
tayyorlanuvchanlik (texnologik) ko’rsatkichlari mahsulotning ishlab chiqishga
qulayligini xarakterlab loyiha-texnologik echimlar asosida ta’minlanadi;
-
ergonomik ko’rsatkichlari ishchining mashina va ishlash muhiti bilan bo’lgan
munosabatini baxolashda ko’llaniladi;
-
standartlash va yagonalik ko’rsatkichlari, mahsulotni tayyorlashda standart
qismlar qo’llanilish va yagonalanish darajasini ko’rsatadi;
-
patent - huquq ko’rsatkichlari, mahsulotning patent tozaligini ko’rsatadi;
-
xavfsizlik ko’rsatkichlari foydalanish sharoitida maxsulot xavfsizligini baxolash
uchun xizmat qiladi.
Mashinasozlik mahsulotlari uchun eng samarador sifat ko’rsatkichlari
ekspluatatsion (foydalanish) ko’rsatkichlaridir. Bu ko’rsatkichlar mahsulotning
qo’yilgan vazifani bajarish sifatini ko’rsatadi. Uzoq muddat foydalaniladigan
mahsulotlarning ko’pi uchun ishonchlilik, ergonomik va iqtisodiy ko’rsatkichlar
shular jumlasidandir. Ishonchlilik yuqorida ta’uidlanganidek buzilmasdan ishlash,
uzoqabadlik,
ta’mirlanuvchanlik, saqlanuvchanlik kabi hususiyatlar bilan
baholanadi. Mahsulotning ergonomik ko’rsatkichlari ishchining mashina va ishlash
muhiti bilan bo’lgan munosabatini optimallik darajasini baxolash uchun xizmat
qiladi. Ergonomikaning asosiy vazifasi gigienik, fiziologik, psixologik, texnik va
tashkidiy sharoitlarning ish unumdorligi, mahsulot sifati yuqori bo’lishini
ta’minlaydigan, ishchi uchun optimal bo’ladigan xolatni yaratishdir. Bularga
2
mashinadan foydalanishning qo’layligi, boshqarish soddaligi, silkinish va shovqin
pastligi va shu singani boshqa muhim ko’rsatkichlar kiradi.
Kompleks
usuldan
foydalanilganda,
mahsulot
sifati
barcha
sifat
ko’rsatkichlari bog’lanishlarini xisobga olgan xolda keltirib chikarilgan yagona
integral ko’rsatkich yordamida aniklanadi va uning nisbiy miqdori quyidagi
bog’lanishdan topiladi:
i
т
P
q
P
,
bu erda: R va R
t
-
baholanuvchi va tayanch mahsulotlarning kompleks sifat
ko’rsatkichlari.
Aralash usuldan foydalanilganda mahsulot sifatini baholashda qisman
diffferentsial va qisman kompleks usullar qo’llaniladi. Amalda ko’pchilik
xolatlarda aralash usul keng qo’llaniladi.
Sifatning statistik ko’rsatkichlari biror turdagi mahsulot to’g’risida yuqori
ishonch bilan to’g’ri baho berish imkoniyatini yaratadi.
Mahsulotni tayyorlash va o’lchash jarayonlarida parametrlar shakllanishida
ikki turdagi xatoliklar sodir bo’ladi. Bular, tizimli va tasodifiy xatoliklardir.
Tizimli xatoliklar jarayon davomida doimiy yoki biror ma’lum qonuniyat asosida
o’zgaruvchi bo’ladi. Doimiy xatoliklar masalan, jixoz nuqsonlaridan, o’lchash
asbobi noto’g’ri sozlanishidan kelib chiqsa, o’zgaruvchi xatolik xarorat o’zgarishi,
ishlov berish asbobi eyilishi va boshqa shu singari sabablar asosida kelib chiqadi.
Tasodifiy xatolik qiymat va ishorasi jihatidan turlicha bo’lib, tasodifiy sabablar
ta’sirida paydo bo’ladi. Bu xatoliklar detalga ishlov berish jarayonida materil
tarkibi o’zgarishi, qirqish kuchi, detalni dastgohga o’rnatish aniqligining o’zgarishi
va boshqa sabablar ta’sirida kelib chiqadi.
Tizimli xatoliklarning doimiy qiymatini yoki o’zgarish qonuniyatini, tasodifiy
xatoliklarning
tarqalish
konuniyatlarini
aniqlash mahsulot sifatining talab
darajasida bo’lishini ta’minlashning asosiy imkoniyatlaridan biridir. Tizimli
xatoliklarni aniqlash va ularni bartaraf qilish texnologik jihatdan sodda amalga
oshuvchi jarayondir.
Empirik ma’lumotlar asosida xatoliklarni baholash, bu ma’lu-motlarning
qaysi bir mavjud nazariy taqsimlanish konuniyatiga mos kelishini aniqlash va
mumkin bo’lgan ishonchlilik darajasida qonuniyat ko’rsatkichlarini taxlil qilish
bilan yakunlanishi kerak.
Mahsulot sifatinii statistik ta’minlash usuli uni ishlab chiqarish jarayonida
mahsulot parametrlarini nazorat qilish va mahsulot sifatining jarayon davomida
o’zgarish qonuniyatiga asoslangan holda ishga yaroqsiz mahsulot chiqishidan ogoh
bo’lish talabiga asoslangan. Bu jarayonda nazorat kartasi to’ldirib borilib, xoxlagan
daqiqada sifat o’zgarishini yaqin kelajak fursat uchun bashorat qilish, zarur
bo’lganda boshqarish chorasini ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi.
Statistik usuldan foydalanib sifatni ta’minlash bu jarayonni boshqarishda
zamonaviy komiyuterlardan keng foydalanish imkoniyatini yaratadi. Usul ish
jarayonida doimo texnologiyaning zaxira anikligini saqlab turishiga imkon
yaratadi, ya’ni texnologik joizlik T
g
doirasidan chiqmasligini ta’minlaydi.
3
Texnologik joizlik deb, tanlab olingan texnolgik jarayonda iqtisodiy erishish
mumkin bo’lgan tayyorlash aniqtigiga aytiladi
lim
Do'stlaringiz bilan baham: |