4- MAVZU. YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI (YETTB) KORPORATIV BOSHQARUV XALQARO TAMOYILLARI Korporativ boshqaruv xalqaro tamoyillari quyidagicha ifodalanadi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) korporativ amaliyoti hamda oqilona ishbilarmonlik me’yorlari. Bu hujjat 1997 yil Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan “Kupere end Laybrand” kompaniyasi bilan birgalikda kompaniyalarga nufuzli kreditorlar va investorlar tomonidan investitsiya qarorlari qabul qilishda qaysi jihatlar ko’proq hisobga olinishini yaxshi tushunish maqsadida tayyorlangan. YeTTB korporativ amaliyoti va oqilona ishbilarmonlik me’yorlariga muvofiq kompaniyalarga manfaatdor tomonlar bilan o’zaro munosabatlarda quyidagi tamoyillarga amal qilish tavsiya etiladi:
1. Mijozlar bilan o’zaro munosabatlar:
■ chiqarilayotgan tovarlar va ko’rsatilayotgan xizmatlar yuqori sifatli hamda raqobatbardosh narxi;
■ tovar va xizmatlar haqida tegishli tarzda xabardor qilish;
■ munosabatlarda o’zoq muddatli istiqbol.
2. Xodimlar bilan o’zaro munosabatlar:
■ mehnat qonunchiligiga, jumladan, mehnatni himoya qilish va gigiyena me’yorlariga rioya qilish;
■ ishga qabul qilish, haq to’lash, xizmat bo’yicha harakatlanish va kamsitilmaslik bo’yicha aniq tamoyillar mavjudligi;
■xodimlarning kasaba uyushmalari faoliyatida qatnashish huquqini himoya qilish.
3. Ta’minotchilar bilan o’zaro munosabatlar:
■ aniq va oshkora xarid tamoyillari;
■ hisob raqamlar bo’yicha o’z vaqtida to’lash;
■ poraxo’rlikni ta’qib qilish;
■ manfaatli bitimlardan voz kechish.
4. Jamoatchilik bilan o’zaro munosabatlar:
■ mahalliy aholining fikri va manfaatlarini hisobga olish;
■ atrof - muhitni asrash bo’yicha talablarga rioya qilish.
5. Davlat organlari va mahalliy hukumatlar bilan o’zaro munosabatlar:
■ soliqlar to’lash;
■ barcha majburiy me’yorlarga amal qilish;
■ barcha zarur ruxsatnoma va listenziyalar olish;
■ manfaatdorlikning yo’qligi.
6. Kompaniyaning aksiyadorlar bilan o’zaro munosabatlari eng muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan oqilona ishbilarmonlik me’yorlarida quyidagi tavsiyalar mavjud:
kompaniya nizomida aksiyadorlar va boshqaruv organlarining vazifalari hamda majburiyatlarining aniq belgilab qo’yilishi;
vakolatlarning ijroiya organi, direktorlar kengashi va umumiy yig’ilish o’rtasida aniq taqsimlanishi;
aksiyadorlar huquqlariga nisbatan;
aksiyalar yirik paketlarining real egalari va ovoz berish qoidalarini e’lon qilgan holda aksiyadorlar tarkibiga nisbatan oshkoralik;
aksiyalarning “maydalanib” yuborilishi yoki boshqa yo’qotishlardan himoya qilish uchun mayda aksiyadorlar huquqlarini hurmat qilish;
axborotni ochib berishga nisbatan;
aksiyadorlar bilan muntazam va ochiq aloqa. Auditor tomonidan tasdiqlangan hisobotlar, kompaniya faoliyati haqida ma’lumotlar hamda rahbariyat tomonidan qabul qilingan asosiy qarorlar bo’yicha yillik hisobotga kiritilgan ishlab chiqarish - moliya faoliyati sharhi ko’rinishidagi izohlar taqdim etish;
direktorlar Kengashiga nisbatan;
direktorlar Kengashida samarali ishlash uchun vaqt va bilim, shuningdek, zarur ma’lumotlarning mavjudligi. Mustaqil qo’mitalar tashkil qilish (taftish qo’mitasi, mukofot qo’mitasi, ishga tayinlash qo’mitasi);
direktorlarning bitim tuzishdan manfaatdorligi haqidagi axborotni ochib berish (manfaatlar nizosi);
kompaniyaning strategik maqsadlari va siyosati haqida kompaniyaga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan hodisalar haqida axborot taqdim etish, boshqaruv organlarini barcha muhim jihatlari haqida tegishli tarzda xabardor qilish:
tegishlicha ichki nazorat, axborot almashinish va jamoa bo’lib qaror qabul qilish;