4- mavzu: ijtimoiy psixologiyaning asosiy zamonaviy yo`nalishlari. Reja



Download 24,92 Kb.
bet1/4
Sana21.04.2022
Hajmi24,92 Kb.
#568702
  1   2   3   4

4- MAVZU: IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING ASOSIY ZAMONAVIY YO`NALISHLARI.
Reja:



  1. Kognitivizm.

  2. Gumanistik yonalish.

  3. Gumanistik psixologining asosiy tamoyillari

Tayanch so`zlar: Kognitivizm, Gumanistik yonalish.


Kognitiv nazariya. Kognitiv lotincha so’zdan olingan bo’lib, o’zbek tilida bilish degan ma’noni anglatadi. Psixologlar ushbu yondashuvni tasdiqlashlariga asosiy ichki omillar yoki tashqi olamdagi hodisalarga ko’r-ko’rona va mexanik javob beradigan mashina emasligini tasdiqlaganligi sababli ushlab turibdilar.
Kognitiv yondashuv intellektual yoki aqliy jarayonlarning xulq-atvorga ta’siriga e’tibor qaratdi. Ushbu yo’nalish vakillaridan biri DJ.Kelli har qanday inson o’zining o’tmish asosida xulosa qiluvchi va keljagi haqida oldinda reja tuzuvchi, o’zining kechinmalar olamini oldindan ko’ruvchi va nazorat qiluvchi, talqin etuvchi, tushunishga intiluvchi o’ziga xos tadqiqotchidir deb hisobladi. Ob’ektiv reallik mavjud ekan insonlar uni har xil idrok etadilar, har xil voqealarni har tomondan ko’rib chiqadilar. Amaliy hodislarning tashqi olamlarini yoki ichki kechinmlarining talqinida katta ko’lamdagi imkoniyatlarni taqdim etadi.
Insonlar atrof olam haqidagi tasavvurlarni faol shakllantirishga qobiliyatlilar, ammo passiv payqashlari bekor emas. Kelli, ular o’z olamlarini aniq tizim yoki model yordamida idrok etishlarini konctruktlar deb atadi.
SHaxslilik konstruktlari-o’z tajribalarini tushuntirishi yoki izohlashi, anglashi yoki talqin etishida inson tomonidan foydalaniladigan g’oyalar va fikrlardir. U o’zida o’xshashlik yoki qarama-qarshilik pozitsiyasidan inson voqelikning biror bir jabhasini baqaror usul yordami bilan mulohazalashni taqdim etadi.
Aynan ob’ekt, hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni kognitiv kuzatish jarayoni shaxslilik konstruktlarning shakllanishiga olib keladi. Buning uchun uchta element kerak ekan (hodisa yoki predmet): ulardan ikkitasi bir biriga o’xshash, uchinchisi esa bu ikkalasidan farq qiladi. SHu sababli barcha shaxslilik konstruktlari bipolyar va dixotomikdir, inson tafakkuri hayot tajribasini kulrang tonda emas, oq yoki qora tonda anglaydi.

Kognitiv yondoshuvlarda J.Piaje ishlari qadirli. Uning aytishicha bolalar bilimlarini assimilliatsiya va akkomodatsiya jarayonlari yordamida sxemalar shaklida konstruksiyalovchi aktivo‘quvchilardir. J.Piajening fikricha, bolaning aqliy o`sishi o‘zining ichki qonunlari asosida rivojlana borib, sifat jihatdan o‘ziga xos bir qator genetik bosqichlarni bosib o‘tadi. Ta’lim bu aqliy etilish jarayonini faqat bir qadar tezlatishga yoki syokinlashtirishga qobildir, lekin u aqliy jihatdan etilish jarayoniga hech qanday jiddiy ta’sir ko‘rsata olmaydi. Demak, ta’lim rivojlanish qonunlariga buysunishi kerak. Masalan, bolada mantiqiy tafakkur etilmay turib, uni mantiqiy fikr yuritishga o‘rgatish foydasizdir. Ta’limning turli bosqichlari bolaning tegishli psixologik imkoniyatlari pishib etiladigan muayyan yoshidan qat’iy nazar bog`liqligi ana shundan kelib chiqadi.


Ta’kidlash joizki, ta’lim etakchi rolni bajaradi, ta’lim va rivojlanish esa o‘zaro birbiriga bog`liqdir; ular alohida sodir bo‘ladigan ikki jarayon bo‘lmay, balki bir butun jarayondir Ta’limsiz to‘la aqliy rivojlanish bo‘lishi mumkin emas. Ta’lim rivojlanishga turtki bo‘ladi, rivojlanishni o‘z ortidan ergashtirib boradi. Zarur sharoit tug`ilganda ta’lim mantiqiy fikrlash malakasini tarkib toptiradi va tegishli aqliy rivojlanish uchun zamin bo‘ladi, lekin, ta’lim rivojlanishga turtki bo‘lish bilan bir vaqtda o‘zi rivojlanishga tayanadi, erishilgan rivojlanish darajasining xususiyatlarini, rivojlanishning ichki qoidalarini albatta, inobatga oladi. Ta’limining imkoniyatlari juda keng bo‘lsada, biroq cheksiz emas. Yirik rus psixologi L.S.Vigotskiy talim va taraqqiyot muammosiga ijtimoiytarixiy jarayon nuqtainazaridan yondashib, bilimlarni o‘zlashtirish insoniyatning tarixi taraqqiyotida yaratilgan madaniyatda ishtirok etish jarayonidir, deb ta’kidlaydi. U olga surgan psixik funktsiyalar taraqqiyotining madaniytarixiy nazariyasiga ko‘ra, psixik faoliyat taraqqiyot uning “tabiiy” shaklini bevosita qayta qo`rgan holda, turli alomatlar bilan avval tashqi, so‘ng ichki ifodalanishni nazarda tutib, madaniy shaklini egallash tushuniladi,
Shu munosabat bilan L.S.Vigotskiyning psixologiyaga kiritgan “psixik taraqqiyotning eng yaqin zonasi” tushunchasi muxim ahamiyat kasb etadi. Buning asl mohiyati, bolaning mustaqil faoliyat kattalar bilan hamkorlikda, uning rahbarligida amalga oshiriladi. L.S.Vigotskiy tomonidan kiritilgan “psixik taraqqiyotning eng yaqin zonasi” tushunchasi “ta’lim taraqqiyotdan oldinda boradi” degan umumiy qoidaning yaqqol mazmunini tushunish uchun imkoniyat yaratadi, E.Torndayk va J.Piajening ta’lim bilan taraqqietni ayni bir narsa deb tushuntirishiga qaramay L.S.Vigotskiy: “. Bola taraqqiyotinn hech mahal maktab ta’limidan tashqaridagi soya deb hisoblash mumkin emas”, deb ta’kidlaydi. Bundan tashqari, ta’lim va taraqqiyot birbiriga tobe bo‘lmagan jarayonlardir, degan yunalishdagi psixologlarni ham u qattiq tanqid qiladi. P.P.Blonskiy ta’limning bola taraqqiyotidagi o‘rniga alohida ahamiyat beradi, shuning uchun o‘quvchilarning aqliy rivojlanishi tug`ridanto‘g`ri maktab dasturi mazmuniga bog`liq ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikrichata’lim jarayonida bolalar ma’lum qoida asosida faoliyat qilishga odatlanadilar. Ta’lim ta’siri natijasida o‘quvchilarda o‘zo‘zini va o‘zining aqliy faoliyatini nazorat qilish yuzaga keladi. Psixologolimlardan V.V.Davidov, P.YA.Galperin, D.B.Elkonin, N.AMenchinskaya, A.A.Lyublinskaya, e.G.Gozievaar o‘z tadqiqotlarida ta’limning taraqqiyotdagi etakchi rolini ta’kidlashadi.
Kognitivizm K. Levin nazariyasi asosida paydo bo`lgan psixologik yo`nalish bo`lib, undagi o`rganish ob’ekti munosabatlar tizimidagi kishilar, ularning bilish jarayonlari, ong tizimiga taalluqli bo`lgan kognitiv holatlar bo`ldi. Kognitivizm doirasida shunday mukammal nazariya yaratildiki, ular hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q.
Masalan, F. Xayderning balanslashtirilgan tizimlar nazariyasi, T. Nyukomning kommunikativ aktlar nazariyasi, Fetingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ulardagi asosiy goya shundan iboratki, shaxs o`ziga o`xshashga shaxslar bilan muloqotga kirishar ekan, doimo munosabatlarda ruxiy mutanosiblik, tenglik bo`lishiga, shu tufayli ziddiyatlardan chikishiga harakat qiladi. Maqsad-turli ijtimoiy sharoitlarda shaxs xulq-atvorining psixologik sabablarini tushuntirish va ziddiyatlarning olidini olish yo`l-yo`riqlar ishlab chikishdan iborat. Hozirgi davrda ham taniqli ijtimoiy psixologlar Olport, Maslou, K. Rodjers va ularning safdoshlari gumanistik psixologiya doirasida bu ishlarni faol davom ettirmokdalar.
Nihoyat, turtinchi nazariya interaksionizm bo`lib, bu aslida sotsiologik nazariya bo`lib hisoblanadi. Uning asoschisi Gerbart Mid bo`lib, uning qarashlari ta’sirida T. Sarbinning rollar nazariyasi, G. Xaymen va R. Mertonlarning referent guruhlar nazariyasi, F. Goffmanining ijtimoiy dramaturgiya nazariyalari shakllanadi. Ular turli ijtimoiy sharoitlardagi xulq-atvorlarni tushuntirish orqali shaxs ijtimoiy psixologik sifatlarining sabablarini topishga harakat qiladi. Har bir shaxs doimo ijtimoiy o`zaro ta’sir tizimida, mavjud bo`ladiki, unda u tugri harakat qilish uchun o`zgalarni tushunishga harakat qilishi, o`zgalar roilini qabul qilishga tayyor bo`lishi lozim. Lekin o`zgalar rolini tugri qabul qilish uchun unda "umumlashtirilgan o`zga" obrazi bo`lishi lozimki, bu obraz shaxslararo muloqot jarayonida, har bir shaxs uchun ibratli bo`lgan kishilar guruhi bilan muloqotda bo`lish jarayonida shakllanadi. Ya’ni shaxs faolligi tan olinadi, bu esa fan tarixida o`ta progressiv hol edi.
Yuqorida sanab o’tilgan nazariyalardan tashqari, turli ilmiy-psixologik yo’nalishlar ham mavjud. Bunday yo’nalishlardan biri bo’lib, umuminsoniy psixologiya hisoblanadi. Umuminsoniy yo’nalish psixologlari uchun shaxs faqat atrofdagi voqelikka emas, balki, shaxsan o’ziga tegishli bo’lgan psixologik hosiladir. Umuminsoniy psixologiyaning vakillari K. Rodjers va A. Masloudirlar.
Terapiyadagi o’zining metodini K. Rodjers nodirektiv, ya’ni, bemorda jamlangan metod deb nomladi. Bu metodga asosan, shifokor bemorga bosim o’tkazishi kerak emas. SHifokor va bemor o’rtasidagi aloqa bir-biriga nisbatan hurmatga asoslangan bo’lishi kerak, bunda ularning ikkisi ham suhbat yoki aloqaning teng huquqli ishtirokchisi bo’lib hisoblanadilar. Terapevtning vazifasi shifokorning bemor uchun ikkinchi «Men»i sifatida namoyon bo’lishi va uning ichki olamiga e’tiborli bo’lgan vaziyatni yaratishdan iborat. Bunday vaziyatda mijoz barcha kechinmalari, hissiyotlari qiziqish va mamnuniyat bilan idrok etilishini his etadi, bu tajribasida yangi qirralarni ochishga, ba’zida esa u yoki bu kechinmalar ma’nosini birinchi marta anglab yetishga yordam beradi.
Keyinchalik Rodjersning nodirektiv terapiya g’oyasi nodirektiv hulq-atvor psixologiya nazariyasigacha rivojlandi. Bu nazariyaga asosan, sog’lom odamlarning o’zaro muloqoti ham xuddi shunday nodirektiv bo’lishi kerak.
Rodjers shaxs nazariyasining markaziy halqasi bo’lib, o’zini baholash darajasi hisoblanadi. Bolaning kattalar va boshqa odamlar, bolalar bilan o’zaro munosabatlarga kirishishi natijasida unda o’zi haqida tasavvur paydo bo’ladi. Lekin o’zini baholashning shakllanishi nizolilarsiz o’tmaydi. Ko’p hollarda atrofdagilarning baho berishi o’zini baholash bilan mos kelmaydi. Inson ko’pda atrofdagilar bahosini qabul qilish yoki o’z fikrida qolishdan birini tanlay olmay, qiyin ahvolda qoladi. Murakkab «solishtirish» jarayoni sodir bo’ladi, buni Rodjers «jonli baholash jarayoni» deb ataydi, chunki dastlab baholash manbai bola organizmida bo’lib o’tadi, ya’ni, bu yerda biz yana bir bora tug’ma sifatlar tushunchasi bilan to’qnashamiz.
Psixologiyadagi umuminsoniy yo’nalishning boshqa vakiliamerikalik ruhshunos Abraham Harald Maslou bo’ladi. Uning nuqtai nazariga ko’ra, insonning asosiy ehtiyoji – bu o’zini dolzarblashtirish, o’zini mukammallashtirishva o’zini namoyon etish. A. Maslouning yozishicha: «O’zini dolzarblashtiruvchi odamlarning barchasiqandaydir faoliyat bilan mashg’ul bo’ladi … Ular bunga berilgan bo’lib, ular uchun bu ish juda qadrli – bu o’ziga xoslayoqat»1. Bunday turga mansub odamlar yuksak qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar (ular ichida – yaxshilik, haqiqat, insoflilik, go’zallik, haqqoniylik, yetuklik va boshqalar), bunday odamlar uchun bular hayotiy muhim ehtiyoj bo’lib xizmat qiladi. Shaxs tuzilishi Maslou bo’yicha tartibli tizimdan yoki ehtiyojlar darajasidan iborat. Bu ehtiyojlarni tubandan yuqoriga sanab o’tamiz: fiziologik (organik) ehtiyojlar, xavfsizlikka bo’lgan ehtiyojlar, mansublilik va muhabbatga bo’lgan ehtiyojlar, hurmat qilish ehtiyojlari, bilish ehtiyoji, estetik ehtiyoj va o’zini dolzarblashtirish ehtiyojlari.
Yuksak taraqqiy etgan shaxs insonda mavjud bo’lgan o’zining barcha qobiliyatlarini to’la rivojlantirish, ma’nan o’sish va ahloqiy yuksalishga intilish kabi dolzarblashtirish ehtiyojlari bildiradigan xususiyatga ega bo’ladi.
Inson ehtiyojlar darajasi va u yoki bu ehtiyojning shaxs tuzilishida egallagan o’rnining o’zgarishini belgilovchi quyidagi qonunlar mavjud: yuqoriroq darajadagi ehtiyojlar insonning quyiroq darajadagi ehtiyojlari oz darajada bo’lsa, ham qondirilgan holatdagina yuzaga kelib, muhim va dolzarb ehtiyojga aylanadi; agar insonda yangi ehtiyoj yuzaga kelib, dolzarblashganida, uning yaxlit ehtiyojlar darajasi ham qaytadan tuziladi.
Maslou fikricha, o’zini dolzarblashtirish —bu doimiy taraqqiyot va o’z imkoniyatlarini amaliyotga joriy etish jarayoni. Maslou o’zini dolzarblashtirish – tug’ma hodisa bo’lib, inson tabiatiga kiradideb hisoblaydi. Inson yaxshilik, ahloqiylik, samimiylikka bo’lgan ehtiyojlar bilan tug’iladi. Ular insonning asosini tashkil etadi, va odam bu ehtiyojlarni joriy qilishni bilishi kerak bo’ladi.
Rossiya psixologiyasida shaxs sohasida ma’lum bo’lgan tadqiqotlar L.S. Vigotskiy maktabi vakillarining nazariy ishlari bilan bog’liq. SHaxs muammosini hal etishga A.N. Leontev va L.I. Bojovich katta hissa qo’shganlar.
L.S. Vigotskiy, L.I. Bojovich tomonidan kiritilgan yetakchi faoliyat va taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati tushunchalariga tayanib ish ko’rish bola hayotining turli davrlarida faoliyatning o’zaro ta’siri va shaxslararo muloqotning murakkab dinamikasida ichki nuqtai nazar deb ataladigan dunyoga ma’lum nigoh bilan qarash shakllanishini ko’rsatdi. Bu nuqtai nazar shaxsning muhim xususiyatlaridan biri, faoliyat yetakchi motivlari yig’indisi sifatida tushuniladigan taraqqiyotning sharti bo’lib hisoblanadi.
A.N. Leontev o’zining markaziy o’rinni faoliyat tushunchasi egallagan shaxs tuzilishi va taraqqiyoti kontseptsiyasini taklif etdi. L.I. Bojovichning kontseptsiyasiga o’xshash, bu kontseptsiyada ham, shaxsning asosiy ichki xususiyati shaxsning motivatsiya sohasi bo’lib hisoblanadi. Uning nazariyasidagi muhim tushuncha inson faoliyati maqsadlarining uning motivlariga, ya’ni, ayni damda bevosita qo’zg’atuvchiga yo’nalganlikka bo’lgan munosabatini ifodalovchi shaxsiy mohiyatdir. Shaxsga tegishli bo’lgan faoliyat turlari qanchalik keng, turli-tuman bo’lsa, ular shunchalik taraqqiy etgan va tartibli, shaxsning o’zi esa shunchalik ma’nan boy bo’ladi.
Xulosa o’rnida, shaxs bo’yicha tadqiqotlar hozirda ham faollik bilan olib borilayotganini ta’kidlab o’tish joiz. Hozirgi zamon tadqiqotlarining muhim xususiyati nazariy qarashlar eksperimental tadqiqotlar asosida shakllanishidan iborat.

Download 24,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish