2.4-jadval. Ba’zi buyumlar bo‘yicha K0 ning o‘rtacha ko‘rsatkichi
Buyum
|
Kameralar uchun K0 ko‘rsatkichi
|
ixtisoslashgan
|
universal
|
Ko‘p bo‘shlikli qovurg‘ali, yalpi plitalar
|
0,36
|
0,24
|
Rigellar
|
0,27
|
0,05
|
Zinapoyalar
|
0,25
|
0,06
|
Ustunlar
|
0,34
|
0,12
|
Kameraning aylanish sikli quyidagi tenglama bilan hisoblanadi
T0=tz+ tr+ tT+ tv ,
bu yerda tz – buyumni kameraga solish vaqti;
tr – buyumni kameradan chiqarish vaqti;
tT - beton qotishini tezlashtirish davomiyligi;
tV – buyumga issiqlik bilan ishlov berilgunga qadar ushlab turilish vaqti.
1m3 kameradan bir kecha kunduzda olinadigan mahsulot quyidagi formula bilan hisoblanadi
R=K0Kob ,
bu yerda Kob- kameraning bir kecha kunduzda aylanish koeffitsienti.
Kob=24/T0 .
1m3 kameradan bir yilda olinadigan mahsulot quyidagi formula bilan hisoblanadi
R1= K0KobV1 ,
bu yerda V1 – sexda qabul qilingan ish vaqti tartibida uskunaning bir yilda ishlash vaqti. Turli buyumlarning V1 vaqti turlicha va u issiqlik bilan ishlov berish kamerasining 1m3 dan bir yilda olinadigan mahsulotga bog‘liq bo‘ladi (1.5-jadval).
Turli buyumlar uchun 1m3 kameradan mahsulot olish ko‘rsatkichi
2.5-jadval
Buyum nomi
|
Bir yilda 1m3 kameradan mahsulot olinishi, 1m3
|
Buyum nomi
|
Bir yilda 1m3 kameradan mahsulot olinishi, 1m3
|
Orayopma va yopma plitalar
|
130-180
|
Rigellar
|
90-100
|
Engil betondan ishlangan bir qatlamli devor panellari
|
90-140
|
Ustunlar
|
80-100
|
Zinalar va zina maydonchalari
|
70-90
|
YUqoridagi, mahsulot uch qatlamli
|
120-160
|
Oraliq devor, to‘siq, ravoq va yopmalar
|
60-80
|
Qoliplar soni quyidagi tenglama bilan hisoblanadi
m3=6,3(Tf/Ts)r ,
bu yerda Tf – aylanish vaqti, soatda;
r – qoliplash agregatlarining soni.
YArim konveyerli liniyalar texnologik hisob-kitobi agregat ketma-ketlik usulidagi liniyalar formulasi bilan topiladi.
3.Ko‘p bo‘shliqli panellar ishlab chiqarish.
Agregat-oqim texnologiyasida ko‘p bo‘shliqli panellarni tayyorlash uchun maxsus moslamali qoliplash mashinalari ishlatiladi.
Sanoat korxonalari 6260x1990mm o‘lchamli va balandligi 220 mm bo‘lgan, zo‘riqtirilgan yoki oddiy karkasli armaturali ko‘p bo‘shliqli panellar uchun mashinalar ishlab chiqaradi.
Agregat ketma-ketlik usulida panel ishlab chiqaradigan uskunalar tarkibiga quyidagilar kiradi: silkituvchi moslamali (bo‘shliq hosil qiluvchi-vibrovkladish) qoliplash mashinasi, beton yotqizuvchi, silkitish yuklama shiti va qolip uzatuvchi. Buyum poddonlarda qoliplanadi, bortlari qoliplash tugashi bilan olib tashlanadi. YOn bortlari silkitish moslamalari bilan birga qo‘zg‘olib boradi. Ko‘ndalang bortlar esa richaglar yordamida qoliplash mashinasining karetkasi bilan ulangan sharnirlarda qoladi.
Silkitish yuklama shiti beton qorishmasining bikirligi 30-60 s bo‘lgan bo‘shliqli panellar qoliplanganda ishlatiladi. Tishlashib qolmasligi uchun shag‘alning yirikligi 20 mm dan oshmasligi kerak.
Texnologik jarayon quyidagi sxemaga asosan olib boriladi. Qo‘tarish platformasidan aravachaga avtomat tutqich bilan olib qo‘yilgan tortilgan armaturali poddon, qoliplash moslamasi tomonga olib boriladi va qoliplash platformasi ustunlari orasiga qo‘yiladi. Silkitish moslamali va yon bortlar qo‘yilgan kareta poddon tomonga boradi va bir vaqtning o‘zida unga ko‘ndalang bortlar tushiriladi. Qolipga yuqorigi armatura to‘ri, unga payvandlangan vertikal karkas va ilmoqlar bilan tushiriladi.
Beton yotqizuvchi post bo‘ylab boradi va qolipga kerakli betonning yarmi solinadi va bir vaqtning o‘zida silkituvchi moslama betonni zichlaydi. SHundan so‘ng silkituvchi moslama olinadi, yon va ko‘ndalang bortlar chiqariladi, silkitish shiti chiqarib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |