284
4.
Crop (Kesib olish)
– Frame Window (Freym)
oynasida
tanlanmagan qismni keyinchalik kesib olish orqali
belgilangan
sohani vizuallashtirish.
5.
Blowup (Kuchaytirish)
– tanlangan soha vizuallashtirishning
barcha oynasini o‘zida to‘ldiradi.
6.
Box Selected (“Parallelepiped” tipida belgilash)
–
belgilangan obyektlarni vizuallashtirish. Vizuallashtirish tugmasi
bosilganda tasvirning kenglishi (Width) va (Height) balandligi
o‘lchamlarini so‘rovchi oyna paydo bo‘ladi.
7.
Region Selected (Belgilangan soha)
– belgilangan obyekt
atrofida sohani vizuallashtiradi.
8.
Crop Selected (Belgilanganlarni kesib olish)
– belgilangan
obyekt bo‘yicha sohani kesib olish.
Vizuallashtirish parametrlarini o‘zgartirish
Render Scene Dialog (Sahnani vizuallashtirish) (5.2-jadval 25-
band) tugmasi bosilganda (yoki bosh menyuning Rendering
(Vizuallashtirish) bandidan, Render buyrug‘i tanlanadi) Render
Scene (Sahnani vizuallashtirish) oynasi paydo bo‘ladi. Bu oynada
vizuallashtirish tezligi/sifati tushunchalari
bilan turlanadigan
parametrlarni o‘zgartirish mumkin.
Render Scene (Sahnani vizuallashtirish) oynasi beshta
sahifadan tarkib topgan:
1. Common (Umumiy sozlashlar) – vizuallashtirishning asosiy
sozlashlari.
2.
Renderer
(Vizualizator)
– tanlangan vizualizator
parametrlarini o‘zgartirish sahifasi.
3. Render Elements (Elementlarni vizuallashtirish) – bu sahifa
sahnadagi alohida elementlarni (soyalar, obyektlarni aks ettirish va
b.) vizuallashtirish imkonini beradi. Vizuallashtirishdan so‘ng
tanlangan elementlar berilgan alohida oyna paydo bo‘ladi.
4. Raytracer (Yo‘nalishni belgilash) – yorug‘lik nurining
yo‘nalishini belgilash metodini o‘zgartirish
parametrlarini nazorat
qiluvchi sahifa.
5. Advanced Lighting (Kuchaytirilgan yorug‘lik) – global
yoritilganlik (Global Illumination) parametrlari.
Common Parameters bo‘lmasining Common sahifasida
quyidagi parametrlarni ko‘rsatish mumkin:
285
1. Time Output (Chiqish vaqti) qism menyusi vizuallashtirish
kadrlari sonini ko‘rsatish imkonini beradi: Single (bitta kadr);
Active Time Segment (vaqtning faol segmenti) – ayni vaqtda
foydalaniladigan kadrlar soni; Range (Diapazon) – kadrlar ixtiyoriy
sonda beriladi (masalan: agar jami animatsiya 200
kadrdan iborat
bo‘lsa, 50 dan 115 gacha kerak bo‘lgan animasion parchani
vizuallashtirish mumkin va b.); Frames (Freymlar) – tanlanma
kadrlarni vizuallashtirish.
2. Output Size (Tasvir o‘lchami) qism menyusi tasvirning
kerakli o‘lchamini piksellarda berish imkoniyatini yaratadi.
Tushuvchi ro‘yxatdan oldindan tayyor foto va video standartlarni
tanlash (masalan: turli ko‘rinishdagi kinoplyonkalar,
televizion
ruxsatlar va b.) mumkin. Aperture Width(mm) (Kamera aperturasi
kengligi) parametri kameraning fokus masofasi va ko‘rish maydoni
munosabatlarini o‘zida ifodalaydi va standart ruxsatlarni tanlaganda
o‘zgaradi.
Standart variantlardan tashqari tasvirning kengligi (Width) va
balandligini (Height) o‘zgartirish orqali o‘lchamlarni qo‘lda
o‘rnatish (Custom bandi) mumkin. Tasvir kengligining balandlikga
nisbati Image Aspect (Mutanosiblik koeffitsiyenti) parametrining
o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatadi.
Izoh
: Proeksiya oynalarining ixtiyoriy birida vizuallashti-
rilayotgan tasvirning berilgan o‘lchamlarini ko‘rish uchun,
proeksiya oynasi nomi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bosish
va Safe Frame (Havfsiz kadr) buyrug‘ini tanlash zarur (5.104-rasm).
3. Options (Opsiyalar) qism menyusida
turli xil parametrlar
beriladi: Render Hidden Geometry (Yashiringan obyektlarni
vizuallashtirish); Force 2–Sided (Ikkala tomon sirtini vizuallash-
tirish) va b.
4. Render Output (Tasvirni chiqarish) qism menyusi
vizuallashtirish natijasini faylga yozish imkonini beradi. Buning
uchun Files … (Fayllar ... ) tugmasini bosish, so‘ngra faylni qaerga
yozish kerakligini, fayl nomi va formatini ko‘rsatish lozim.
286
5.104-rasm. 800x400 piksellar o‘lchamida berilgan Safe
Frame
rejimi
5.105-rasm. Qo‘shimcha parametrlarni yoqish/o‘chirish.
Rastrli tasvirlar *.jpg, *.tif va boshqa ruxsatlarga ega.
Videolavhalar *.avi, *.mov formatida yoziladi. Render (Vizual-
lashtirish) tugmasi bosilgandan so‘ng natija tanlangan faylda
saqlanadi.
Renderer (Vizualizator) sahifasidagi Default Scanline Renderer
(Standart vaziyatda ishlatiladigan, satrma-satrli vizualizator)
bo‘lmasida vizualizator parametrlarini beriladi:
1. Options (Opsiyalar) qism menyusi sahnaning aks etishini
nazorat qiladi.
Quyidagi parametrlarni yoqishi/o‘chirishi mumkin: Shadows
(Soyalar); Auto-Reflect/Refract and Mirrors (Akslanuvchi/sinuvchi
obyektlar va oyna); Force Wireframe (Simli karkas ko‘rinishida
vizuallashtirish) – Wire Thickness (Simning qalinligi)
parametri
simli karkas qalinligini belgilash imkonini beradi (5.105-rasm).
287
2. Antialiasing (Silliqlash) qism menyusi materiallar xaritasini
silliqlashni o‘chirish (natijada obyektlarda pog‘onali qirralar paydo
bo‘ladi) yoki silliqlash tipini o‘rnatish imkonini beradi.
Izoh
: Antialiasing (Silliqlash) – tasvirning pog‘onali tashqi
ko‘rinishini silliqlash rangli sohalar chegarasiga silliq o‘tishni
yaratish hisobiga amalga oshadi.
3. Global SuperSampling (Global keragidan ortiq tanlash) qism
menyusi
o‘zida materiallarning qo‘shimcha silliqlanishini
ifodalaydi. Ushbu parametr o‘rnatilganda tasvirni vizuallashtirish
vaqti oshishi mumkin.
4. Object Motion Blur qism
menyusi harakatlanadigan
obyektlarning xiralashishini nazorat qiladi.
5.
Auto-Reflect/Refract
Maps
(Akslanish
xaritalari/materialning
sinishi)
qism
menyusida
akslanuvchi/sinuvchi obyektlarni vizuallashtirishdagi takrorlanishlar
soni beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: