IV.Mustahkamlash
-Mana bolajonlar,geometrik shakllar haqida ko’p narsalarni bilib oldik.Mavzuni qanchalik yaxshi o’zlashtirganingizni sinab ko’rmoqchiman.Buning uchun sizlar o’rganilgan shakllarni qanchalik hayotimizdagi narsalar bilan bog’lay olishingizni tekshirib o’taman.Magnit doskaga geometrik shakllardagi predmetlarning rasmlari ilingan.Shulardan mos shakllarni tanlab olishingiz kerak.
5-masala.Uycha rasmini yasashda geometrik shakllardan foydalaning.Avval o’zim yasab ko’rsatib beraman, keyin o’quvchilar yasaydilar.
V.Dam olish daqiqasi:Xotira mashqi o’yinini o’ynataman.
VI.Uyga vazifa: 6-7- misol va masalalar.O’quvchilarga uy vazifasini tushuntiraman.Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantiraman.
-Ofarin bolajonlar!Sizlar yo’l qoidalarini ham ,geometrik shakllarni ham juda yaxshi bilar ekansiz.Sizlarga oq yo’l tilayman.
-Xayr. E’tiboringiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |