33-biq-16 Ataxanova Maftuna 14- вариант


Elektr tokidan jarohatlanganda birinchi tibbiy



Download 28,96 Kb.
bet2/2
Sana28.04.2020
Hajmi28,96 Kb.
#47935
1   2
Bog'liq
33 xfx oraliq Maftuna

. Elektr tokidan jarohatlanganda birinchi tibbiy

yordam ko‘rsatish

Insonlarni kuchlanish ostidagi mashina, mexanizm va

quril- malarning tok o‘tkazuvchi qismlariga tegishi muskulni

ixtiyorsiz ravishda qisqarishiga olib keladi va bu holatdan

jarohatlangan shaxsning o‘zi chiqa olmaydi. Bunday holatda

birinchi navbatda elektr tokini ajratish talab etiladi. Agar

elektr shkaflari uzoqda joylashgan bo‘lsa, elektr simini

quruq yog‘och dastali bolta yoki boshqa jihoz bilan uzish

lozim. Elektr toki ajratilgach jarohatlangan shaxsni qulay va

yumshoq o‘rindiqqa yotqizish va puls urishini, nafas

olishini, ko‘z qorachig‘i holatini tekshirish hamda bir vaqtda

shifokorga xabar berish zarur. Jarohatlangan kishi hushsiz

yoki hushida bo‘lishi, lekin puls urishi va nafas olishi

mavjud bo‘lishi mumkin. Agar puls urishi va nafas olishi

mavjud bo‘lib, и hushida bo‘lmasa, kiyimlarini yechish, toza

187


havo kirishini ta’minlash, yuziga suv purkash va tanasini

isitish kerak. Jarohatlangan shaxs hushsiz bo‘lib, puls urishi

va nafas olishi sezilmasa, unga sun'iy nafas berish hamda

yuragini massaj qilish kеrak.

Sun‘iy nafas «og‘izdan og‘izga» yoki «og‘izdan

burunga» berilishi mumkin. Bu usullar boshqa usullarga

nisbatan samarali usul hisoblanadi. Unda jarohatlangan

shaxsning o‘pkasiga boshqa usullarga nisbatan 4 barobar

ko‘р havo yuboriladi.

Sun’iy nafas berishdan oldin jarohatlangan shaxs yelka

tomoni bilan yotqizilishi, undagi siqib turgan kiyimlar,

galstuk, sharf va shu kabilar yechilishi, og‘iz ko‘piklardan

tozalanishi kerak. Agar og‘iz qattiq yopiq bo‘lsa, ikkala

qo‘lning to‘rt barmog‘ini jarohatlangan shaxsning boshi

orqasiga qo‘yib, ikkala bosh barmoq bilan og‘zini ochish

kerak. Keyin chuqur nafas olib, og‘izni og‘izga qo‘yib,

jarohatlangan shaxsning burnini qisib kuchli havo puflash

lozim. Havo puflashda marli, ro‘molcha yoki maxsus nafas

olish trubkasidan foydalanish mumkin. Sun’iy nafas berish

chastotasi minutiga 1012 marta bo‘lishi kerak.

Agar jarohatlangan shaxsning ko‘z qorachig‘i

kengaygan va puls urishi sezilmasa, uning qon aylanishini

tiklash maqsadida sun’iy nafas berish bilan birgalikda

yurakni massaj qilish lozim. Massaj qilishda o‘ng qo‘lning

kafti jarohatlangan shaxsning ko‘kragiga qo‘yiladi va tez-tez



(minutiga 60 marta) bоsiladi. Tananing pastki qismlari

joylashgan vеnа qon tomirlaridagi qonni yurakka kelishini

tezlatish maqsadida oyoqni 0,5 т gacha yuqoriga ko‘tarib

qo‘yish mumkin. Agar bu yordamlarni bir kishi



bajarayotgan bo‘lsа 23 marta sun’iy nafas bergach, 1012

marta yurakni tashqi massaj qilish tavsiya etiladi.

Jarohatlangan shaxsning o‘ziga kelganini nafas olishini

tiklanishi, rangini qizarishi, ko‘z qorachig‘ini qisqarishi kabi

188


belgilardan bilib olish mumkin. Buni tekshirish uchun

massajni 2–3 sek to‘xtatib turish mumkin. Agar

jarohatlangan shaxsda o‘ziga kelish holatlari kuzatilmasa,

sun'iy nafas berish va yurak massajini shifokor kelgunga



qadar davom ettirish kerak.
3) Yong'in - bu nazorat qilib bo'lmaydi gan hodi sa bo'lib, bebaho moddiy va madaniy boyliklarni bir daqiqada yo'q qiluvchi, atrof muhitni izdan chiqaruvchi ofat, ayniqsa u fuqarolarning joniga kulfat keltiruvchi favquloddagi vaziyatdir. Yong'inning kelib chiqishi uch omilning bir vaqtda, bir joyda duch kelishining oqibatidir, ya'ni1 : - yonuvchan modda (neft, qog'oz, yog'och va boshqalar); - havo harorati (issiqlik); - uchqun-alanga (gugurt, uchqun, elektr simining qisqa tutashuvi). Xalq xo'jaligida yong'in chiqishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat: - chekish paytida yong'inga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo lish, yonuvchan moddalarni yoqish, gugurt bilan yoritish va boshqalar. Bunday yong'in umumiy yong'inning 26% ini tashkiJ qiladi; - bolalarning o't bilan o'ynashi - 14 %; - elektr jihozlarini boshqarish qoidalarini buzish natijasida - 13,5%; - pechka va tutun quvurlarining noto'g'ri o'rnatilishi oqibatida -8,5%; 1 Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington, Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978- 0-08-097070-7. p 307-346. - isitgich jihozlaridan noto'g'ri foydalanishda - 8,3%; - elektr moslamalarini montaj qilish qoidalarining buzilishi - 5%; - payvandlash ishlarini bajarishda yong'in xavfsizlik qoidalarining buzilishi - 2,3%; - texnologik jihozlarni boshqarish qoidalarining buzilishi - 1,2% ni tashkil etadi. Demak, yong'inning birinchi sababiga kichik yong'in manbalari turtki bo'lishi mumkin, bular - sigaret qoldiqlari, uchqunlar va o'chirilmagan gugurt qoldiqlari; yuqori haroratli issiqlik manbalari - alanga, pechka va tutun chiqadigan quvurlarning qizigan konstruksiyalari va boshqalar bo'lishi mumkin. Yong'in natijasida quyidagi xavfli omillar paydo bo'ladi: - ochiq alanga va uchqunlar; - havo va predmetlardagi yuqori harorat; - yong'indan paydo bo'lgan o'tkir zararli mahsulotlar; - tutun; - kislorod miqdorining pasayishi, bino va inshootlarning yemirilishi va buzilishi; - portlashlar sodir bo'lishi; - yong'in bo'lgan joylarda turli kimyoviy va zaharli moddalarning atrof muhitga tarqalishi, yong'in suv bilan o'chirilganda turli kimyoviy moddalar qorishmasi natijasida portiashlar yuz berishi va boshqalar. Ma’lumotlarga ko‘ra, yongindan nobud bolganlarning 60-80% i nafas olish yo‘llarining zaharlanishi yoki toza havoning yetishmasligi oqibatida halok bo‘lar ekan. Yong‘in vaqti 3 fazaga bolinadi: Birinchi fazada (5 dan 30 daqiqagacha) harorat sekin ko‘tariladi va fazaning oxirida tez ko‘tariladi. Masalan, eshik va derazalar yopiq bo‘lib havo yetishmasligi natijasida yongin kichik miqyosda kechadi, bunda issiqlik yigila borib, keyingi fazaning boshlanishini ta’minlaydi. Ikkinchi fazada - alanga jadal tarqalib, harorat tez ko‘tariladi (o‘zining «max» qiymatiga erishadi). Bunda alanga inshootning tashqari qismiga ham chiqishi kuzatiladi. Uchinchi fazada - yonuvchi narsalarning yonib bolishi oqibatida haroratning pasayishi kuzatiladi. Yong‘inning tarqalish tezligi ham har xil bo‘ladi. Yog‘ochdan qurilgan binolarda alanganing tarqalish tezligi 1-2 m/min; yonmaydigan konstruksiyalarda 0,3-0,4 m/min; yonuvchan erituvchilar yonganda, masalan, toluol yonganda alanganing tarqalish tezligi 10-15 m/min ga teng bo‘ladi. Yonish - yonuvchi mahsulotlar bilan oksidlovchilar orasida o‘zaro ta’sir natijasida bo‘ladigan murakkab fizikaviy-kimyoviy jarayon, bunda issiqlik va Yorug’lik nurlarining ajralishi kuzatiladi. Demak, yonish jarayonining paydo bo‘lishi uchun yonuvchi material, yondiruvchi manba va oksidlovchilar bo‘lishi zarur. Havo tarkibidagi kislorod miqdori 14-16% bo‘lganda yonish to‘xtaydi va tutash boshlanadi. Agar kislorod miqdori 8-10% ga kamayganda tutash ham to‘xtaydi. Yong‘in sodir bo‘lganda yondiruvchi manbalar ochiq (uchqun, Yorug’lik kuchlari, alanga va cho‘g‘langan predmetlar) va berk holatda (ishqalanish, katta kuch bilan urish, kimyoviy reaksiyaning issiqligi, mikrobiologik jarayonlar va hokazo) bo‘lishi mumkin. Yonuvchi materiallar - qattiq, suyuq va gazsimon bo‘lishi mumkin, masalan. taxta, kinoplyonka, nitrotselluloza, kimyoviy erituvchi suyuqliklar, vodorod, metan, propan, ko‘mir va hokazolar. Oksidlovchilarga - kislorod, brom, xlor, natriy peroksidi, nitrat kislotasi, bertole tuzi kiradi. Yonish jarayonining umumiy sxematik ko‘rinishi 5.1-rasmda ifodalangan. Bu rasmda alanga tarkibida yonuvchi gazlar hududi keltirilgan: 1-hududda hali yonmaydigan bug‘ va gaz aralashmalari mavjud bo‘lib, harorati 4000C dan oshmaydi. 2-hududda bug‘ va gaz aralashmasi yona boshlaydi va qisman karbon gaziga aylanadi. 3-hududda moddalarni to‘la yonishi sodir bo‘ladi, chunki bunda harorat eng yuqori, ya’ni 11000C gacha ko‘tariladi. Yonuvchi muxitdagi alangani balandligi, yonayotgan gaz oqimining ko‘tarilish tezligiga to‘g‘ri, zichligiga esa teskari proporsional ravishda bog‘liq bo‘ladi. Yonish paytida hosil bo‘ladigan «max» harorat miqdori yonuvchi material turiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan. qog'ozda - 510°C, suyuq yoqil g‘ida - 110- 1300°C, taxtada - 1000°C, gazli yoqilg'ida - 1200- 1300°C hosil bo‘ladi. Kimyoviy reaksiya tezligi sifatida ma’lum vaqt birligida ma’lum xajmdagi moddaning birikish miqdori qabul qilingan. Aktivlashuv quvvati molekulalar o‘rtasidagi bog‘lanshni o‘zgartirishga sarflanishi zarur bo‘lgan quvvat miqdoridir. 5.1-rasm. Yonish jarayoni. a) alanga tarkibida yonuvchi gaz miqdorini taqsimlanishi: 1-yonuvchi gaz, 2-yonuvchi maxsulot, 3-alanga sirti; b) 5 О2 О2 buglar, gazlar H2 1 О2 а) 2 3 О2 4 6 b) alanganing ko‘ndalang kesimi: 4,5, 6-diffuziyali yonishning chegaralari. Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik yonuvchi aralashmaning qizishiga olib keladi. Aralashmaning xarorati idish devorlari xaroratidan oshib ketsa, undan ajralayotgan issiqlik atrof muxitga tarqala boshlaydi. Ma’lum vaqt birligida idish devorlari orqali tarqalayotgan issiqlik miqdori, idish devori va aralashma harorati orasidagi ayirmaga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi, ya’ni V = A*S(T-Ti) (5.1) bu erda: V-idish devori orqali tarqalayotgan issiqlik tezligi; A-issiqlik tarqatish koeffitsienti; S-idish devorlari yuzasi; T-aralashma harorati; Ti-idish devori harorati. Moddalar uchun o‘z-o‘zidan alangalanish harorati har xil bo‘ladi. Masalan, A - 73 benzinining o‘z- o‘zidan alangalanish harorati - 255°Cga, yog‘ochniki - 400°C, linoleumniki - 400°Cga teng. Tabiatda shunday aralashmalar uchraydiki, ularning xaroratini tashqaridan oshirmagan xolda kimyoviy jarayonlar ruy berishi va bu jarayonlar o‘zo‘zidan alangalanish xodisasini vujudga keltirishi mumkin. Bunday xodisalarni zanjirli kimyoviy jarayonlar deb yuritiladi. Bu xodisaning bo‘lishiga asosiy sabab aralashma xolidagi yonuvchi moddalarda, ma’lum sharoit taqozosi bilan, xarorat o‘zgarmagan xolda, bir necha markazda moddaning aktiv atomlari hosil bo‘ladi hamda ular modda tarkibidagi molekulalar bilan aktiv reaksiyaga kirishadi, natijasida yonuvchi modda molekulalari parchalanadi va yangi aktiv markazlar xosil qiladi. Predmetlar yonishining quyidagi turlari mavjud: alangalanish, yonish, o‘z-o‘zidan alangalanish va o‘zo‘zidan yonish.

«Yong‘inning oldini olish uni o‘chirishdan afzalroqdir». Yong‘inning oldini olish chora-tadbirlari quyidagilardan iborat: - tashkilot va muassasalarda doimiy ravishda tekshiruvlar o‘tkazish, yong’in chiqishi va portlashlarga sabab bo’luvchi kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish; - qurilish me’yorlari va qoidalari, davlat standartlariga doir maxsus buyruqlarni so‘zsiz bajarish; - muntazaim tarzda davlat maxsus tekshiruv idoralari tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularga yo‘l qo’ymaslik; -yong’inni bartaraf etish chora-tadbirlarini bilish, qolaversa, yong’inni o‘chirish uchun birinchi daqiqada bir piyola, ikkinchi daqiqada bir chelak suv yetarli bo‘lishini, uchinchi daqiqada esa bir sistema suv ham yetmay qolishi mumkinligini yodda saqlash; - muntazam ravishda aholini yong‘inning oldini olish chora-tadbirlarini bajarishga va boshqalardan ham talab qilishga o'rgatish.
Download 28,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish