33-BIQ-16 Ataxanova Maftuna
14- вариант
1. Ўт ўчириш ва ёнғин сигнализацияси
2. Электр токидан жароҳатланиш сабаблари
3. Ёнғиннинг олдини олиш чора ва тадбирлари
1)
Korxonalarda sodir bo`lishi mumkin bo`ladigan xavfli vaziyatlarda ogohlantirish vositasi sifatida signal tizimlari mavjud bo`lib, qo`llanilishiga ko`ra amaliy,
141
ogohlantiruvchi va belgilovchi turlarga bo`linadi. Bundan tashqari signal tizimlari tovushli va ko`rinadigan bo`lishi mumkin. A) Tovushli signal tizimiga sirena, qo`ng’iroq, gudok va boshqalar kiradi. Tovush yordamida beriladigan signal, korxona muhitida bo`lishi mumkin bo`lgan har qanday tovush va shovqinlardan farqli ravishda iloji borcha quyi chastotadagi (2000 Gts gacha) tovushdan tashkil topgan bo`lishi va korxonaning har bir hududida yaqqol eshitilishini ta`minlashi kerak. B) Ko`rinadigan turlariga xar xil yorug’lik tarqatuvchi vositalar yordamida qizil, sariq, yashil, ko`k va boshqa ranglar yordamida xavf darajalarini belgilash va ularga kerakli bo`lgan harakatlar bilan javob berish tartibi belgilangan. - Qizil rang - umuman taqiqlovchi rang bo`lib, agar u biror – bir avtomatlashtirilgan vositaga o`rnatilgan bo`lsa, qizil lampa yonishi odam aralashishi kerak bo`lgan holat paydo bo`lganini ko`rsatadi, yoki bo`lmasa bajarilayotgan jarayon to`xtab qolganidan dalolat beradi. - Sariq rang – ogohlantiruvchi hisoblanadi. Bunda, mashina va qurilmalarning avtomat rejimiga o`tishini yoki ba`zi bir chegara nuqtaga yaqinlashib qolganini ko`rsatuvchi, qurilishda esa xavfli mintaqalarni to`suvchi vositalarda va zararli moddalar solingan idishlarni belgilashda qo`llaniladi. - YAshil rang – xabar beruvchi hisoblanadi. Uni ruxsat etiladigan, masalan, mashina jihozlarning ishga tayyorligini bildiradigan, xavfli vaziyatlardan chiqish yo`llarini belgilovchi lampalar sifatida qo`llash mumkin. - Ko`k rang – ko`rsatma, yong’in xavfsizligi belgilari, axborot. YOrug’lik signali keng tarqalgan vositalar qatoriga kirsa ham, uning asosiy kamchiligi signal berilayotgan tomondan qarama-qarshi tomonga qarab turgan odam bu vositalarni ko`rmay qolishi mumkin. SHuning uchun ham yorug’lik signallari doimiy kuzatib turuvchi operator bo`lgan vaqtda yaxshi natija beradi. Ogohlantiruvchi signal vositalari biron-bir xavfli vaziyat vujudga kelishini ogoh etadi. Bunday signallar har xil plakatlar, ogohlantiruvchi yozuvlar, har xil datchiklarga asoslangan signal tizimlari, mashinalarning ishlash holatini ko`rsatuvchi moslamalar (masalan, qizib ketishi, moylash tizimlarida moy borligini ko`rsatuvchi moslamalar) shular jumlasiga kiradi. Bular uchun maxsus ranglardagi moslamalardan (ranglari GOST 15548-70) foydalaniladi. Yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi
Yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi yong‘inni o‘z
vaqtida sezish, aniqlash va u to‘g‘risida yong‘in
o‘chiruvchilarga xabar berish uchun ishlatiladi. Ularga tele
va radio aloqa, yong‘in signalizatsiyasi qurilmalari, elektrik
signallar, qo‘ng‘iroqlar va transport vositalarining signallari
kiradi.
А, В va V kategoriyasidagi yong‘inga xavfli оbyektlarda
yong‘in xabar beruvchilari (datchiklar) o‘rnatiladi.
Ular yong‘in bo‘lgan taq-dirda qabul qilish apparatiga signal
yuboradi. Bunday tizimlar yong‘in signalizatsiyasi deb
ataladi. Yong‘inni avtomatik signalizatsiya qurilmasi
(YeASK) to‘g‘ri va aylanasimon shaklda o‘rnatiladi. Ular
ishlatiladigan datchiklar turiga bog‘liq holda issiqlik, tutun,
183
muhofa-zalovchi va kombinatsiyalashgan turlarga bo‘linadi.
Bu qurilmalar yong‘in va muhofaza-yong‘in turlariga
bo‘linadi. Muhofaza-yong‘in tizimlari qimmatbaho
materiallar saqlanadigan omborlarda hamda odamlar ko‘р
bo‘ladigan tashkilotlarda, aholi turar joylarida ishlati-ladi.
Yоng‘in va muhofaza-yong‘in signalizatsiyasining asosiy
ele-mentlariga yong‘in to‘g‘risida xabar beruvchi qurilma,
qabul qilish stansiyasi, aloqa liniyasi, kuchlanish manbai,
tovushli yoki yorug‘likli signal qurilmasi kiradi.
Yong‘in avtomatik signalizatsiyasiga APST-1,
signalizatsiyali issiqlik yong‘in qurilmasiga - STPU-1 lar
misol bo‘la oladi.
Ushbu qurilmalardagi yong‘in to‘g‘risida avtomatik
хаbаr beruvchi moslamalar muhitdagi issiqlik o‘zgarishi,
tutun va issiqlik o‘zgarishi hamda yorug‘lik energiyasining
o‘zgarishini qayd etish asosida ishlaydi
2)
xavf manbai hamdir. Boshqa xavf manbalardan farqli, ularoq elektr toki xavfini masofadan, o`lchash asboblarisiz aniqlab bo`lmaydi. Elektr tokidan jarohatlanish quyidagi har xil sharoitlarda sodir bo`lishi mumkin: 1. izolyatsiyasi ishdan chiqqan o`tkazgichlar yoki ochiq tok uzatish qismlarga tekkanda; 2. yoy orqali elektr toki ta`siridan; 3. tasodifan kuchlanish ostida bo`lgan uskunalarning metall qismlaridan; 4. katta o`lchamdagi mashinalarni elektr uzatish tarmoqlariga ruxsat etilmagan yaqinlikda joylashgan (avtokranlar, g’alla kombaynlari) va boshqa shunga o`xshash hollarda. Statik ma`lumotlardan ma`lumki, elektr tokidan jarohatlanganlar ichida kishilarning ko`pchiligi elektrotexnik kasbga ega bo`lmagan odamlardir. Ishlab chiqarishda elektr tokidan jarohatlanishlarni tekshirish shu narsani ko`rsatadiki, ko`pchilik baxtsiz voqealar elektr uskunasi bilan ishlashga o`qimagan, elektr xavfsizligi haqida ma`lumoti yo`q ishchilarni ishlatish natijasida sodir bo`ladi. Elektr xavfsizligi - bu odamlarni elektr tokining elektr yoyining, elektromagnit
102
maydon va statik elektr zaryadlarining zararli va xavfli ta`sirlaridan himoyasini ta`minlovchi vositalar, texnik hamda tashkiliy tadbirlar sistemasidir.
1. Elektr tokidan jarohatlanishning xavfliligi Elektr tokining inson organizmiga ta`siri murakkab va o`ziga xos formalarda namoyon bo`ladi. Organizmdan elektr toki o`tishi bilan unga kimiyoviy, issiqlik bilan va biologik ta`sir ko`rsatadi. Organizmga elektr tokining kimiyoviy ta`sirida qon va boshqa organik suyuqliklar parchalanadi. elektr tokining organizmga issiqlik bilan ta`sirida esa tananing jarohatlangan joylari ko`yishi mumkin. elektr tokining organizmga biologik ta`sirida esa og’riq, to`qimalari joyidan qo`zgalishi hamda ixtiyorsiz holda muskullarining qisqarishi kuzatiladi. elektr toki urishi (shoklantirishi) juda xavfli hisoblanadi. elektr toki inson tanasidan o`tishi bilan butun organizmni zararlaydi va bunda qisman yoki to`liq yurak, nafas olish organlarini va asab sistemasini falaj (shol) qilishi kuzatiladi. Organizmga elektr tokining ta`siri natijasiga quyidagi qator omillar ta`sir qiladi: -tok kuchi; -inson tanasining qarshiligi; -kuchlanishning kattaligi; -tok turi va chastotasi; -tok yo`li; -tok ta`sirining davomiyligi; -inson organizmining individual xususiyatlari. Tok kuchi organizmni jarohatlashda hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadi. Tokning quyidagi ta`sir ko`rinishlarini misol qilib keltirish mumkin. 1.sezilarli tok (2 mA gacha) – organizm orqali o`tganda sezilarli og’riq kuzatiladi; 2.qo`yib yubormaydigan tok (10…25 mA) – organizm orqali o`tganda o`tkazgichni qisgan qo`lni qisqargan muskullarini bo`shatib bo`lmaydi; 3.fibriliyatsion tok (50 mA dan yuqori) – organizm orqali o`tganda yurak fibriliyatsiyasiga (yurak muskullarining tartibsiz qisqarishiga) olib keladi. Elektr tokidan jarohatlanishda inson tanasining qarshiligi katta ahamiyatga ega bo`ladi. Tananing elektr tokiga qarshiligi Rz 100000 om dan 1000 om gacha qiymatlarda o`zgaradi va u teri qoplamasi holatiga (quruq, nam, jarohatlangan yoki jarohatlanmaganiga), tegish maydoni va tegish zichligiga, tokni kuchi va chastotalariga hamda uning ta`sirini davomiyligiga bog’liq bo`ladi. Jarohatlanish natijasiga organizmdagi tokning yo`li ham ta`sir qiladi. elektr toki qo`l orqali oyoqqa etganda eng katta xavf tug’diradi, ya`ni bunda tok organizmning eng ko`p organlarini (yurakni va o`pkani) qamrab oladi. elektrdan jarohatlanish statistikasidan ma`lumki, inson qo`lining orqa tomonidan, chakkalardan, umurtqadan,
103
tizzalardan, asab tolalarning birikish joylar va boshqa joylardan nisbatan uncha katta bo`lmagan toklar o`tganda ham halokatlarga olib keladi. Elektr tokidan jarohatlanish natijasida insonning individual xususiyatlariga sezilarli darajada bog’liq bo`ladi. Masalan, bir xil miqdordagi tok ikki kishidan o`tganda birinchisida kuchsiz sezgi uyg’otsa, ikkinchi kishining muskullarini qisqarishiga olib kelishi mumkin. Kishiga ta`sir etuvchi tok qiymati insonning jismoniy va ruhiy holatiga bog’liq holda o`zgaradi. Insonni mast holatida bo`lishi, uning organizmini elektrga qarshiligini kamaytiradi va shunga ko`ra uning jarohatlanishi xavfini ko`paytiradi. YUrak, o`pka, asab kasalliklari bilan xastalangan insonlar uchun tok xavfli ta`sir ko`rsatadi. SHuning uchun elektr qurilmalarida ishlashga tibbiy ko`rikdan o`tgan va maxsus ma`lumotli kishilarga ruxsat etiladi. Hayvonlar organizmiga elektr toki inson organizmiga ta`sir qilganidek ta`sir qiladi. Hayvonlarda olib borilgan tajribalar shuni ko`rsatdiki, uning massasi qancha katta bo`lsa elektr toki ta`siri xavfi shuncha kam bo`ladi. 100 mA miqdordagi tok kuchi hayvonlarni nafas olishi va yurak faoliyatida hech qanday o`zgarish hosil qilmaydi. Ammo hayvon tanasi qarshiligi inson tanasi qarshiligidan juda kamdir. Yirik shoxli hayvonlarning oldingi va orqa oyoqlari orasidan qarshiligi 400…600 om bo`lib, hayvon yiqilayotgan holatida tanasini namligiga bog’liq ravishda 50…100 om gacha kamayadi. Hayvon organizmiga doimiy ravishda ta`sir etadigan eng kam kuchlanish ham uning mahsuldorligini kamayishiga olib kelishi isbotlangan. Qoramollarga ta`sir etuvchi kuchlanish miqdori 4…8 V bo`lganda uning sut berishi 20…40% ga kamayar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |