310 V guruh talabasi



Download 198 Kb.
bet1/7
Sana04.06.2022
Hajmi198 Kb.
#634249
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
310 V guruh talabasi




OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI OZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETl XORIJIY FILOLOGIYA FAKULTETI NEMIS FILOLOGIYASI KAFEDRASI
310 V guruh talabasi





KURS ISHI
Mavzu: Nemis tilini o´qitishda lug'atlar yordamida kommunikativ kompetentsiyani shakllantirish.

Ilmiy rahbar:
Tayyorladi:

Nemis tilini o´qitishda lug'atlar yordamida kommunikativ kompetentsiyani shakllantirish.
Reja
I. BOB. Chet tili darslarida kommunikativ komptensiyaning ahamiyati
1.1. Chet tillarini o'qitishda kommunikativ kompetensiyaning asosiy roli
1.2. O'quvchilarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish va qo'llashning ustivor yo’nalishlari
II. BOB.
2.1. Chet tili kommunikativ kompetensiyasi shakllanishida muloqotdagi o’zgarishlar
2.2. Nemis va o’zbek tillarini o’qitish jarayoning qiyosiy taxlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati


Kirish
Globallashuv jarayoni tezlashgan sari chet tillarini o‘rganish zamon talabi bo‘lib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining qarorida “Zamonaviy pedagogic va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or usullarini joriy etish yo‘li bilan o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillariga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish” ta’kidlangan. Shu sababli bugun hayot tarzini chet tillarisiz faraz qilib bo‘lmaydi. Hozirgi davrda ham bir sohani yaxshi bir mutaxassisi bo‘lish uchun chet tilini bilish oddiy talabga aylanib qoldi. Bizning yurtimizda ham xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan e’tibor doim yuqori bo‘lgan. Ayni kundalarda ta’lim muassasalarida xorijiy tilni o‘rganishga bo‘lgan e’tibor kundan-kun ortib bormoqda. Shu maqsad yo‘lida yangi izlanishlar, nashrlar va zamonaviy uslub yo‘llari ustida ilmiy tadqiqotlar olib borilib, o‘quvchi va talabalarda xorijiy tilga bo‘lgan talab juda katta bo‘lib, unga qo‘yilgan yo‘ldagi mashaqqatlar esa undan-da ulkandir. Ushbu maqolada esa, shu tilga oid bo‘lgan so‘zlarni qulay va oson o‘rganish yo‘llari keltirib o‘tilgan. Biz chet tillarini o‘rganish davomida ba’zi bir qiyinchiliklarga uchrashimiz tabiiy xol. Biror bir tilni mukammal o‘rganish uchun eng muhimi hayotdagi har bir sohada bo‘lgandek ishtiyoqdir. Har doim o‘rganuvchi shaxs doim bu tilni nima uchun o‘rganishim kerak degan savolni berishi va har qanday qiynalgan vaziyatida maqsadini eslashi shart. Endigi navbat esa, chet tilidagi so‘zlarni qay yo‘sinda oson va tez o‘rganish. Ba’zi odamlar uchun yangi so‘zlarni o‘rganish oson kechadi, chunki ular eslab qolmoqchi bo‘lgan so‘zlarini va ta’rifini ko‘radilar, so‘ngra o‘sha ma’lumotni o‘z miyalarida saqlaydilar. Ko‘pchilik esa so‘zlarni eslab qolish, ularni va jumlalarni qanday ishlatish bilan kurashadilar. Agarda yangi so‘zlarni eslab qolishga qiynalsangiz ushbu keltirib o‘tilgan yo‘llarni sinab ko‘ring. Ba’zi odamlar borki, ular tinglash orqali yaxshi o‘rganadilar, ba’zilar esa yozish orqali. Avvalo, qaysi toifaga mos ekanligimizni aniqlab olishimiz kerak. Misol uchun, siz so‘zlarni yozganingizda yaxshiroq eslayotgan bo‘lsangiz, yozishni ichiga olgan qiziqarli va samarali ishlarni qilishingiz mumkin. Qaysi o‘rganish uslubi siz uchun eng yaxshisi ekanligiga amin bo‘lsangiz, unda quyida tavsiya etilgan barcha usullarni qo‘llash orqali o‘zingiz va miyangiz haqida ko‘p narsalarni bilib olasiz: Tillarni o‘rganayotgan olimlarning fikricha, til o‘rganishning biz bilmagan bir usuli mavjud. Bu ongsiz va yopiq til o‘rganishdir. Bunday o‘rganish biz harakat qilmasak ham sodir bo‘ladi. Bu usul biz stolda o‘tirib, qoidalarni qayta-qayta takrorlash orqali ro‘y bermaydi. Buning o‘rniga, ko‘plab chet tillarini tinglaganimizda va e’tibor bermaganimizda sodir bo‘ladi. Ajablanarlisi shundaki, biz so‘zlar nimani anglatishini tushunmasak ham, tinglashni o‘rganamiz. Tadqiqotlardan so‘ng o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, odamlar bu usulni tinglab, har qanday tilni o‘rganishlari mumkin. Buning sababi biz tilni tinglaganimizda, har xil so‘z va tovushlarni eshitamiz. Bu o‘rganishning tabiiy yo‘li. Bolalar doim buni amalga oshirishadi. O‘ylab ko‘ring, bolalar juda yosh bo‘lishganida gapira olish qobiliyatiga ega bo‘lishmaydi. Tinglashlari mumkin xolos. Ular so‘zlashuvlarni to‘liq tushunishdan oldin va tilni o‘zlarida foydalanishlari uchun ular soatlab tinglaydilar va so‘ngra o‘sha so‘zlarni birma-bir qo‘llaydilar. Xullas, shuning uchun barchamizda bu qobiliyat bolaligimizdan buyon shakllanib boradi, lekin biz bundan oqilona foydalanolmaymiz. Shuning uchun doim xorijiy tillardagi har xil musiqa va audio kitoblarni ko‘proq tinglang. Mahalliy chet tilidagi ma’ruzachilar bir-birlari bilan gaplashadigan joylarga borish shart. Siz diqqat bilan tinglashingizni hojati yo‘q. Bugungi tezkor rivojlanayotgan zamonda ilm-fan, texnika ham shiddat bilan o’sib bormoqda. Har bir sohada taraqqiyot ilgari qadam tashlamoqda. Xususan, ilm-fanda ham katta o’zgarishlar, sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Har bir fanni yangi innovatsion pedagogik texnlogiyalardan foydalanib talabalarga yetkazib berish bugungi kundagi ta’limning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning 2012 yil 13 dekabrdagi PQ 1875 –sonli qarori qabul qilingandan so’ng mamlakatimizda chet tillarni o’qitishga, o’rganishga bo’lgan e’tibor yanada kuchaydi. Yurtimizda chet tillarni o’qitilishida yangicha bosqich, yangucha davr boshlandi. Chet tili darslarining o’itilishi jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalarni, interfaol, innovatsion usullardan, kommunikativ-axborot vositalaridan foydalanish talab qilinmoqda. Respublikamizda chet tilining o’qitilishi, chet tili o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashning umumevropa ramkalari tavsiyanomalariga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko’ra umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o’quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili o’rganishga bo’lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda. Chet tili fani to’rt aspectga (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish) bo’linib, ularning har biri bo’yicha alohida tushuncha va ko’nikmalar berilmoqda. Ta’lim texnologiyalari, bu ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy innavatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o’rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnoogiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir. Til o’rganish va o’qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyosdir. Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o’rganishning har bir aspect (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish)ida qo’l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player,CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til o’rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o’quvchi bir paytning o’zida so’zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so’z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor berishi talab qilinadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o’quvchilar ham axborot — kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o’rgatish va o’rganish eng samador usullardan biridir.


Download 198 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish