TARIX
31. Quyidagi Rim sarkardalaridan qaysi biri nisbatan oldinroq yashagan?
A)
Mark Krass B)
Ssipion C)
Sezar D)
Trayan
32. Quyidagilardan bir davrda sodir bo'lgan voqealarni aniqlang.
1) Yevropada
iqlimning soviy boshlashi; 2) Shumer-Akkad davlatining qulashi; 3) Dovon davlatining barham topishi; 4) Kushon davlatining inqirozga yuz tutishi
A)
1, 3 B)
2, 4 C)
1, 2 D)
3, 4
33. Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun etrusklar yunon koloniyalari bilan kurash boshlagan davrda vatanimiz tarixida bo'lgan voqeani belgilang?
A)
Qadimgi Baqtriya davlati tashkil topdi.
B)
Ilk temir davriga o'tish boshlandi.
C)
Saklar o'z yerlarini boshqa qabilalar hujumidan himoya qilish uchun
harbiy ittifoq tuzdilar.
D)
Saklar Qang' davlatiga asos soldilar.
34. Abulqosim Bobur vafotidan keyin qaysi temuriy shahzodaning isyonlari ko'proq Abu Saidni tashvishga solgan edi?
A)
Mirzo Abdullo B)
Shoxrux Mirzo C)
Sulton Ahmad D)
Sulton Husayn
35. Ilk o'rta asrlarda Xuroson deb atalgan hududni aniqlang?
A)
Eronning shimoli sharqiy, Afg'onistonning shimoliy, qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo'lgan hududlar
B)
Afg'onistonning shimoliy, Eronning shimoli sharqiy qismi hamda Janubiy Bolujistondan to Amudaryogacha bo'lgan hududlar
C)
O'zbekistonning janubi, Eronning shimoli sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo'lgan hududlar
D)
Afg'onistonning shimoliy, Eronning shimoli sharqiy qismi hamda Hindiston to Amudaryogacha bo'lgan hududlar
36. Movarounnahrda humronlik qilgan temuriy shahzodalar to'g'ri xronologik ketma-ketlikda joylashtirilgan javobni belgilang?
1) Sulton Ali; 2) Sulton Ahmad; 3)
Sulton Mahmud; 4) Abu Said
A)
4, 1, 3, 2 B)
4, 3, 2, 1 C)
4, 2, 3, 1 D)
1, 2, 3, 4
37. XIX asrning 60-yillarida Qo'qon xonligi va Buxoro amirligi o'rtasida Toshkent, Qo'qon, Balx, Buxoro shaharlarini bog'lovchi hududni aniqlang?
A)
Samarqand B)
Jizzax C)
Sirdaryo D)
Xo'jand
38. Qo'qon xonligi hukmdorlari o'z tasarrufiga olgan hududlar mos ravishda ko'rsatilgan javobni aniqlang.
1) Erdonabiy; 2) Olimxon; 3) Muhammad Alixon;
4) Abdurahimbiy
a) Sayram; b) O'zgan; c) O'ratepa; d) Ko'lob
A)
1-c, 2-d, 3-b, 4-a B)
1-b, 2-a, 3-d, 4-c
C)
1-b, 2-d, 3-a, 4-c D)
1-c,2-a, 3-d, 4-b
39. XIX asr Buxoro amirligida yashab, ijod qilgan Muhammad Ya'qub ibn Doniyolbiy Buxoriy qalamiga mansub asar nomini belgilang?
A)
"Fathnomayi sultoniy" B)
"Axloqi muhsiniy"
C)
"Yilnomalar to'plami" D)
"Gulshan ul-mulk"
40. Ma'lumki, XX asr boshlarida Turkistonda bir qator jadid ziyolilarining butun bir avlodi o'lkaning ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotiga katta hissa qo'shganlar.Shunday ziyolilar bo'lgan Saidahmad Siddiqiy-Ajziy qaysi shaharda faoliyat
ko'rsatgan?
A)
Farg'ona B)
Samarqand C)
Buxoro D)
Toshkent
41. Turkiston o'lkasida sud tizimida amalga oshirilgan quyidagi o'zgarishlardan qaysilari 1886-yilgi "Nizom" asosida joriy etilgan?
1) xalq sudyalari
qurultoyining tashkil etilishi; 2) uyezd sudlarining bekor qilinishi; 3) uchastka mirovoy sudlarining tuzilishi; 4) viloyat boshqaruvi sud bo'limlarining viloyat sudlari bilan almashtirilishi; 5) Bosh qozi lavozimining bekor qilinishi; 6) general-gubernatorlik devoni sudlov
bo'limining tuzilishi; 7) sud tergovchisi lavozimining joriy etilishi
A)
1, 3, 5, 6 B)
3, 4, 5, 6 C)
2, 3, 4, 7 D)
1, 2, 6, 7
42. Turkiston Muxtoriyatida yer va suv boyliklari vaziri kim hisoblangan?
A)
Mustafo Cho’qay B)
Islom Sulton Shoahmedov
C)
Hidoyatbek Yurg’uli Agayev D)
Obidjon Mahmudov
43. O’zbekistonda ‘’Ta’lim to’g’risida’’gi qonunning yangi tahriri qachon qabul qilingan?
A)
1992-yil iyul B)
1994-yil mart
C)
1997-yil avgust D)
1998-yil dekabr
44. Yaponiya va O'zbeksiton Respublikasi o'rtasida nechanchi yilda diplomatik aloqalar o'rnatilgan?
A)
1992-yilda B)
1991-yilda C)
1993-yilda D)
1994-yilda
45. O'rta asrlar Afrika madaniyatiga oid to'g'ri ma'lumotni toping?
A)
Afrikada taraqqiyot Osiyo va Yevropaga nisbatan birmuncha yuqori bo'lgan.
B)
Aksumda VI asrda mahalliy yozuv islohoti o'tkazilgan
C)
Aksumda, ayniqsa, qurilishda katta yutuqlarga erishilgan.
D)
Tombuktu madrasasida faqat ilohiyotdan dars berilgan
46. O'rta asrlarda Angliyada qaysi qirolning o'z kuchiga ishongan baronlar mulkini tortib olishi va vassallaridan katta to'lov talab etishi unga qarshi norozilik harakatlarining kuchayishiga sabab bo'lgan?
A)
Ioann B)
Karl VIII C)
Vilgelm I D)
Genrix II
47. Quyidagi davlatlar o'z qudratining cho'qqisiga erishgan va inqirozga yuz tutgan davrlari to'g'ri ko'rsatilgan javobni toping?
1) Aksum; 2) Mali; 3) Songai;
a) XIV-XV asrlar; b) IV-V asrlar; c) XIII asr; d) XV asr; e) XI asr; f) XVI asr
A)
1-e, d; 2-b, f; 3-c, d B)
1-b, e; 2-c, f; 3-e, d
C)
1-b, e; 2-c, d; 3-a, f D)
1-b, d; 2-a, f; 3-c, e
48. 1640-yilda Angliyada Parlament ish boshlashi bilan quyidagi qaysi ishlarni amalga oshirgan edi?
1) Favqulodda sudlar tarqatib yuborilgan;
2) Parlament roziligisiz bironta ham soliq joriy etilmaydigan bo‟ldi;
3) Sudning roziligisiz qamoqqa olishni ta‟qiqlash
majburiyati yuklandi;
4) Siyosiy mahbuslar ozodlikka chiqarildi;
5) Mavjud siyosiy raqiblar sud ta‟qibiga duchor buldi;
6) Qonunsiz to’lov va jarimalar bekor qilindi
A)
1, 4, 6 B)
1, 3, 5 C)
2, 4, 6 D)
2, 3, 5
49. Buyuk Britaniya XVIII asr - XIX asrning birinchi yarmi mobaynida bosib olgan dengiz va okeanlar o'tadigan jahon yo'llaridagi tayanch punktlarining joylashgan o'rni to'g'ri ko'rsatilgan javobni belgilang?
1) Gibraltar; 2) Adan; 3) Keyptaun; 4) Singapur; 5) Gongkong;
a) O'rta Yer dengizidan
Atlantika okeaniga chiqish; b) Xitoy bo'sag'asi; c) Hindiston bo'sag'asi; d) Qizil dengizdan Hind okeaniga chiqish; e) Afrika janubidagi Yaxshi Umid burni
A)
1-a, 2-d, 3-e, 4-c, 5-b
B)
1-a, 2-d, 3-c, 4-e, 5-b
C)
1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e
D)
1-a, 2-c, 3-e, 4-d, 5-b
5 0. Quyidagi qaysi davlat Paragvay va Chili davlatlari mustaqillikka erishgan yillar oralig'ida o'z mustaqilligiga erishgan?
A)
Kuba B)
Argentina C)
Venesuela D)
Meksika
51. Kongo havzasidagi yerlar Belgiya mustamlakasi deb e'lon qilingan yilda sodir bo'lgan voqeani toping.
A)
Yaponiya-Buyuk Britaniya bitimi imzolandi.
B)
Qo'qon xonligi tugatildi.
C)
Turkiston o'lkasini boshqarish to'g'risida Nizom qabul qilindi.
D)
"Mehnatni ozod qilish" guruhi tuzildi.
52. Germaniya Togo va Kamerun hududlarini bosib, Zanzibarni zabt etgan
yillarda jahonda sodir bo'lgan voqealarni aniqlang.
A)
Fransiya Tunisni bosib oldi; "Yosh xivaliklar" tazyiqi tufayli xon"islohotlar loyixasi"ni qabul qildi.
B)
Qirolicha Viktoriya Hindiston imperatori deb e'lon qilindi; Buxoro amirligining Boljuvon bekligida Vose boshchiligida dehqonlar qo'zg'oloni ko'tarildi.
C)
Fransiya-Rossiya o'rtasida ittifoq bitimi imzolandi; Xiva xonligiga qarshi Xonqa, Hozarasp, Bog'ot shahrida Matyoqub pishiq boshchiligidagi dehqonlar qo'zg'aloni sodir bo'ldi.
D)
Fransiya Vyetnamni bosib oldi; Buxoro amirligining Boljuvon bekligida Vose boshchiligida dehqonlar qo'zg'aloni ko'tarildi.
53. XIX asrning oxirgi choragiga kelganda Lotin Amerikasi mamlakatlarining iqtisodiyotida …
A)
kapitalistik munosabatlar bilan bir qatorda feodal munosabatlar, qulchilik qoldiqlari hindularning urug'-qabilachilik jamoalari ham mavjud edi
B)
kapitalistik munosabatlar hamda industrlashtirish tez sur'atlarda feodal munosabatlar o'rnini egalladi
C)
feodal munosabatlar shakllanishi qatorida harbiy diktaturaning asosiy o'rni pasaydi
D)
hali ham quldorlik qoldiqlarini saqlagan feodal munosabatlar asosiy o'rinni egallagan, kapitalistik munosabatlardan asar ham yo'q edi
54. Suvaysh kanali ochilgan yili…
A)
Ispaniyada inqilob yuz berdi
B)
Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi
C)
Vena shahrida ishchilarning ommaviy namoyishi bo'ldi
D)
Buyuk Britaniya va Fransiya o'rtasida savdo shartnomasi tuzildi
55. KPSS MKning qaysi plenumida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish kursi yangi rahbariyat va butun sovet jamiyatining maqsadi deb e’lon qilindi?
A)
1985-mart B)
1985-aprel
C)
1987-iyun D)
1988-may
56. Quyidagilarni moslashtiring?
1. O’IYK 2. NATO 3. WARSHAVA SHARTNOMASI TASHKILOTI
4. QO’SHILMASLIK HARAKATI
a) 1949-aprel b) 1955 c) 1961 d) 1949-yanvar
A)
1-a, 2-d, 3-c, 4-b
B)
1-c, 2-b, 3-a, 4-d
C)
1-d, 2-a, 3-b, 4-c
D)
1-b, 2-d, 3-a, 4-c
57. ’’Uotergeyt ishi’’ qaysi AQSH prezidenti davrida amalga oshirilgan?
A)
Richard Nikson B)
Duayt Eyzenxauer
C)
Ronald Reygan D)
Jon Kennedi
58. Quyida yulduzcha bilan belgilangan davlatga Germaniya to’lagan 132 mlrd marka reparatsiyaning necha foizi to’g’ri kelgan?
A) 27 % B) 48 % C) 52 % D) 36 %
59. Suratdagi shaxsga oid to’g’ri ma’lumotni aniqlang?
A)
Metallurgiyada avtomatlashtirishni kashf etishgan
B)
Radioni kashf etgan
C)
Bijg’ish jarayonini o’rgangan
D)
Tikuv mashinalarini dasturlashni kashf etgan
60. Quyidagi jadvalda harflar bilan belgilangan kataklar o’rniga mos keluvchi ma’lumotlarni qo’ying?