303-guruh talabasi MUHAMMADIYEVA MUNISANING o‘zbek terminologiyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti “Devonu lug'ati-t-turk” ning lug'at qismida 7500 so'z sakkiz bo'limda izohlanadi. Mahmud Koshg'ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy usuldan
O'zbek lug'atchiligi shakllanishining ilk bosqichlari XI asrda buyuk bobokalonimiz Mahmud Koshg'ariyning “Devonu lug'ati-t-turk” asari bilan boshlanadi.Mahmud Koshg'ariy “Devonu lug'ati-t-turk” asarini yaratib o'zbek lug'atchiligining shakllanishiga ilk tamal toshini qo'ygan desak mubolag'a bo'lmaydi.
Haraviy lug'atni Husayn Boyqaro topshirig'i bilan 1500- yillarda tuzgan. Bu haqida muallif asarning muqaddima qismida ma'lumot berib o'tadi.Hozircha lug’atning ikki nusxasi ma’lum bo’lib biri Eronda , Sipohsolar kutubxonasida , ikkinchisi Sankt-Peterburg xalq kutubxonasida saqlanmoqda.
A.Navoiy asarlariga tuzilib bizgacha yetib kelgan lug'atlarning eng qadimiysi ”Badoyi al-lug'at” idir. Bu lug'at muallifi Tole al- Imoniy al-Haraviy haqida deyarli ma'lumotlar yo'q.Ushbu lug'at qo'lyozmasi bilan tanishgan kishi Tole Haraviyning o'qimishli kishi bo'lganiga ishonch hosil qiladi. Uning fors, turk va arab tillarini bilgani adab ilmlarini egallagani lug'at kirishining qofiyali saj bilan yozilganidan ko'rinib turibdi.
Alisher Navoiy asarlariga tuzilgan lug’atlardan “Abushqa” o’zining leksik materialni qamrab olishi jihatidan ”Badoyi al-lug'at” ga nisbatan boyligi va keng o’quvchilar ommasi foydalanishi uchun qulayligi tufayli uning qo’lyozma nusxalari keng tarqalgan. Bu esa lug’atni ilmiy muomalaga kiritish ishini birinchi navbatda amalga oshirishning omili bo’ldi. Natijada “Abushqa” navoiyshunoslar, turkologlar va o’zbek klassik adabiyoti mutaxassislari uchun tez-tez murojaat qilib turiladigan kitobga aylanishiga olib keldi. Shunday qilib “Abushqa” lug'ati ham boshqa lug'atlar kabi Navoiy asarlariga yaratilgan mukammal asarlardan biridir
“Abushqa” lug'ati Navoiy davridan boshlab hozirgi kunga qadar Navoiy asarlarini o'rganishda qimmatli manba hisoblanadi. “Abushqadan so'ng ikki asr davomida Alisher Navoiy asarlariga bag'ishlangan katta lug'at tuzilgani ko'zga tashlanmaydi. Bu davr ichida Navoiy asarlari qo'lyozmalari hoshiyalariga bitilgan kichik lug'atlargina shu qo'lyozmalar bilan birga bizgacha yetib kelgan.
Eski o'zbekcha - forscha lug'atnavislik an'analarining XVIII asrdagi ravnaqi Mirza Muhammad Mahdiyxon nomi bilan bog'liq , lekin uning hayot yo'li haqida ma’lumot juda kam.Mirzo Mahdiyxon Navoiy asarlariga bag‘ishlab o‘zining ‘Sangloh” lug’atini tuzdi
Bu lug'at Navoiy asarlari bo'yicha tuzilgan eng katta lug'at hisoblanadi. “Sangloh”ning o’zidan oldingi lug’atlarga nisbatan beqiyos katta hajmi ko’zga tashlanadi.6181 lug’at maqolani o’z ichiga olgan bu lug’at ”Badoyi al-lug'at” va “Abushqa” dagi hamma so’z va so’z formalarini birga qo’shib sanaganda ham ulardan ko’ra bir necha marta ko’p o’rin egallashi aytilgan. Mirza Mahdiyxon turkiy xalqlarning afshar urug'idan bo'lib, u Eron shohi Nodirshohning kotibi bo'lgan.
Ushbu lug'atning boshqa mumtoz lug'atlardan farqi shuki, “Sangloh” da birinchi marta nasriy asarlardan ham misollar keltirilgan. Lug'atda Alisher Navoiy asarlarida uchraydigan juda ko'p nodir so'zlar ma'nosi ochib berilgan. Bunday so'zlar boshqa lug'atlarda uchramaydi. Shulardan biri qadam tashlash, yurish ma'nosidagi ”Mangish” so'zidir. Bu so'z ma'nosi Mahdiyxon tarafidan quyidagicha izohlanadi: mangish- kun ustida sukun, forsiy “k” (ya'ni “g”) kasrali, ma'nosi xirom va raftor qadam tashlamoq, chunonchi, “Layli va Majnun” da uchraydi. Bir- bir mangishda yuz latofat, Yo'q- yo'qki sochib jahonga ofat.
1
2
3
4
Biz yuqorida keltirgan lug'atlar eski o'zbek lug'atlarining eng asosiylari hisoblanadi. Bulardan tashqari o'nlab lug'atlar bor. Ular jumlasiga “ Kitobi lug'ati atrokiya” , “Farhangi Hazrati Alisher mullaqab ba al-Navoiy” kabi lug'atlar ham kiradi
5
Devoni lug’ati turning leksigografiyadagi o‘rni
Devonu lugʻotit turk“ arab tilida yozilgan, 8 mingdan ortiq turkiy soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qilish maqsadida arabcha hara-katlar (harflardagi ost-ust ishoralar)dan foydalanilgan. Bunda, albatta, muallif ancha qiyinchilikka uchragan, chunki arabcha harf va alif, vov, yo ishoralari bilan turkiy tovushlarni berib boʻlmas edi. Turkiy tildagi choʻziq va qisqa unlilar, yumshoq va qattiq tovushlar uchun Maxmud Koshgʻariy maxsus belgilar (harakatlar)ni qoʻllaydi yoki soʻz boshidagi choʻziqlikni ikki alif bilan koʻrsatadi yoki 2 xil talaffuz qilinadigan soʻzlarga 2 xil ishora qoʻyadi: azuqluq, eritmak soʻzlaridagi 3 va R harflari ustiga ham kasra, ham damma ishorasini qoʻygan, demak, bu soʻzlar oʻsha davrda ikki xil talaffuz etilgan: azmqluq — azuqluq, eritmak — erutmak kabi. Arabcha harf bilan koʻrsatish mumkin boʻlmagan turkiy talaffuzni „Devonu lugʻotit turk“da izohlab, taʼriflab oʻtgan. „Devonu lugʻotit turk“da, avvalo, otlar, soʻng feʼllar izohlanadi. Soʻzlar tartibi ularning tarkibidagi harflarning orta borishiga (2 harfdan 7 harfgacha) qarab amalga oshirilgan.
Bunda har soʻzning maʼnolari (polisemiya, omonim, sinonim, antonim va arxaik soʻzlar) chuqur tahlil qilinadi, ayrim soʻzlarning etimologiyasiga toʻxtalib oʻtadi. Tovushlar (fonemalar)ning taxlili ancha mukammal: unli va undosh fonemalar, choʻziq va qisqa unlilar, ularning urugʻ tillaridagi talaffuzi va orfografiyasi, tildagi fonetik hodisa va qonuniyatlar batafsil izohlangan. Morfologiya sohasida soʻz turkumlarini, davr anʼanasiga koʻra, 3 soʻz turkumiga: feʼl, ism, bogʻlovchiga boʻlib, ularning yasalish va turlanish yoʻllarini koʻrsatib oʻtadi. „Devonu lugʻotit turk“da 250 dan ortiq maqol va matallar, oʻnlab sheʼriy parchalar keltirilgan.
Bunda har soʻzning maʼnolari (polisemiya, omonim, sinonim, antonim va arxaik soʻzlar) chuqur tahlil qilinadi, ayrim soʻzlarning etimologiyasiga toʻxtalib oʻtadi. Tovushlar (fonemalar)ning taxlili ancha mukammal: unli va undosh fonemalar, choʻziq va qisqa unlilar, ularning urugʻ tillaridagi talaffuzi va orfografiyasi, tildagi fonetik hodisa va qonuniyatlar batafsil izohlangan. Morfologiya sohasida soʻz turkumlarini, davr anʼanasiga koʻra, 3 soʻz turkumiga: feʼl, ism, bogʻlovchiga boʻlib, ularning yasalish va turlanish yoʻllarini koʻrsatib oʻtadi. „Devonu lugʻotit turk“da 250 dan ortiq maqol va matallar, oʻnlab sheʼriy parchalar keltirilgan.
Yozma yodgorliklar bo’yicha tuzilgan lug’atlar
“Drevnetyurkskiy slovar” (L., 1969) hozirgi zamon turkologiya ilmida qadimgi turkiy yodgorliklar bo‘yicha yaratilgan ilmiy lug‘atdir (“Drevnetyurkskiy slovar” (L., 1969) hozirgi zamon turkologiya ilmida qadimgi turkiy yodgorliklar bo‘yicha yaratilgan ilmiy lug‘atdir Lug‘at rus turkologiyasining yetakchi mutaxassislari tomonidan tuzilgan. Ishda qamrab olingan yozma yodgorliklarning ko‘lami nihoyatda keng: unda vii-XIII asrlarda ko‘k turk (turk-runiy), arab, uyg‘ur, moniy, brahma yozuvlarida turkiy tilda bitilgan turli xildagi adabiy, tarixiy, diniy-falsafiy mazmundagi asarlar, rasmiy hujjatlar, fanning turli sohalariga oid bitiglarda qo‘llangan so‘zlar jamlangan
Bular qadimgi turk xoqonliqlari davridan qolgan urxun va yenisey yodgorliklari, uyg‘ur xoqonliq va davlatlarida yaratilgan budda, moniy va xristian mazmunli bitiglar, rasmiy hujjatlar, “O‘g‘uzxoqon” dostoni, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asari, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibatu-l-haqoyiq” asari, “Turkiy tafsir” singari nihoyatda ulug‘ manbalar bo‘lib, misollar ularning turkshunoslikda e’tirof etilgan ilmiy nashrlaridan olingan.
A.K. Borovkovning “Leksika sredneaziatskogo tefsira XII-XIII vv.” asari Qur’on-i karimning tarjimalari va tafsirlarining eng eskisi “Turkiy tafsir” (“O‘rta Osiyo tafsiri”) otini olgan. Qo‘lyozmasi Qarshidan topilgan. Asar Quron-i karim suralarining tarjimasi va sharhidir. Tarjimon va qo‘lyozma kotibining oti ma’lum emas. Asarning tuzilgan davri va qo‘lyozma sanasi ham noma’lum. Matnning til xususiyatlariga asoslanib, asar XII-XIII yuzyilliklarda yaratilgan deya taxmin etadilar. Asarning dastlabki bo‘limi XLIX suraga qadar Qur’on-i karim tarjimasidir. So‘ngra ayrim bo‘limlarning sharhi beriladi. Suralar tarjimasida satr osti o‘girmalari arabcha matnga monand bo‘lib, turkiy tilning sintaktik qurilishiga uqadar mos tushavermaydi. Tafsir qismi bunday emas, undagi matn turkiyning gap qurilishi bo‘yicha bitilgan. A.K. Borovkovning “Leksika sredneaziatskogo tefsira XII-XIII vv.” kitobi ana shu “Turkiy tafsir” ning tiliga bag‘ishlangan (qarang: Borovkov 1963). Kitob ikki bo‘lim: kirish va glossariy (so‘zlik)dan iborat.
A.Baskakovning ta'kidlashicha, asar qipchoq tilini o'rganuvchilar uchun moʻljallab yozilgan amaliy qo’llanmadir. Asarda turkiy tillar leksikasi va grammatikasiga doir qiyosiy ma'lumotlar ham bor. Asar 2 qismdan iborat. 1) lug'at; 2)grammatika. Lug'atda so'zlar alfavit asosida joylashtirilgan. So'uqaddima qismida ma'lum bo'lishicha, Abu Hayyon tilning struktura elementlarini o'sha davrdayoq lug’at tarkibi, morfologiya va sintaksisdan iborat deb hisoblaydi. Chunki u til o'rganish uchun uch narsani: 1) ayrim olingan so'zlarning ma'nolarini; 2) so'zlarning turlanish va tuslanish qoidalarini, 3) so'z birikmalarini bilishni tavsiya qiladi.zning lug’atdagi o'rni so'z boshidagi 2 harf (tovush) asosida belgilangan.
Asar 1312 yilda Qohirada yozilgan bo'lib, qo'l yozma nusxasi 132 betdan iborat. Bu asarning 2 qo'lyozmasi mavjud. Ular Istanbulda saqlanadi. Mazkur qo’lyozmalar asosida 1891-yilda Mustafo Bey, 1931-yilda Ahmad Ja'far o'g'li asarni nashr ettiradi. Keyingi davrlarda A.Zayanchkovskiy, K.Brokkelman, L.Bouvat, E.Fozilov, A.Kurishjonov, N.Rasulova singari olimlar bu asar yuzasidan maxsus tadqiqot ishlari olib bordilar.abu hayyonning kitobi/
Morfologiya qismida so'zlar odatga ko’ra 3 turkumga ajratilgan: ot, fe'l, harf (yordamchi so'zlar va qo'shimchalar). Bu qismda turkiy tillarning so'z yasash, so'z o'zgartish va shakl yasash tizimi aks ettiriladi. Sifatlarning orttirma darajasi «yavlak» so'zi orqali hosil qilinadi: yavlak ko'rkludur-juda chiroylidir. «Yarim» ma'nosini bildiruvchi son manbada «yaru» so'zlari bilan ifodalanadi.
Muhammad Abdulloh turkiyning«Kitobu bulgot al-mushtoq fi-l-lug'ati at-turk va-l-qipchoq» («Turk va qipchoq tillariga mushtoqlarni qoniqtiruvchi kitob») lug'atigina bizgacha etib kelgan. Bu nodir asar birgina nusxaga ega bo'lib, hozirda Parij Milliy kutubxonasining Sharq qo'lyozmalar fondida saqlanadi. Asar 4 bobdan iborat bo'lib, ularning har qaysisi mavzuviy guruhlarga- fasllarga ajratilgan. Asarning birinchi bobi tangrining ismi va fazoda unga tobe boʻlgan mavjudotlarga hamda diniy terminlarga bag'ishlangan. M: tangil, yalavach, farishta, quyosh, yog'mur, ko'kram ak, ay tutulmak kabilar.
Asarning ikkinchi bobi er, uning osti va ustidagi narsalar izohiga bag'ishlangan bo'lib, ularga oid so'zlar bir qancha guruhlarga bo'lingan: M: foydali qazilmalarga oid so'zlar: altun, kumush, baqo'r (mis), kamur, qurshun (qo'rg'oshin), tamur; - harbiy sohaga old so'zlar: kozari (Josus), chari (qo'shin), chalo'sh (olishuv, kurash), sano'sh (sanchilmoq), qonush (bosqinchilik);
Asarning uchinchi bobida payt va o'rin ravishlari, kelishik, ko'rsatish va so'roq olmoshlari, ko'makchilar haqida, hafta kunlari va yil fasllari nomlari to'grisida ma'lumot beriladi.
Alisher navoiyning “Muhokamat ul lug’atayin” asarini o‘rganish.
Muhokamatul-lug‘atayn” asari dastlab so‘z ta’rifi bilan boshlanadi: so‘z go‘yo durdur. Durnining joylashish o‘rni dengiz tubi bo‘lsa, so‘zning joylashishi o‘rni ko‘ngil (xotira)dir.
Navoiyning «Lison ut-tayr» asarida 5004 ta, Navoiy asarlari tilida 26035 ta, 1400 ga yaqin qadimgi turkiy va eski turkiy tilga oid so‘zlar mavjudligi aniqlangan.
Eski o‘zbek adabiy tilining dialektal asoslari borasida hozirgacha turli munozaralar mavjud. Shuni aytish kerakki, lingvistik adabiyotlarda eski o‘zbek tilining xususiyatlari haqida gap borganda buyuk Alisher Navoiy asarlariga asoslaniladi, chunki u o‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkiri, bo‘lishi bilan birga eski o‘zbek adabiy tilini shakllantirish va rivojlantirish ishiga ulkan hissa qo‘shgan siymo. X.Doniyorov ta’biri bilan aytganda, «Haqiqatan ham Alisher Navoiyning tili butun bir davrning tilidir, butun bir xalqning adabiy tilidir».
Tadqiqotlar
“«Lison ut-tayr» asari leksik-semantik va lingvopoetik xususiyatlari” Z.Hamidov. 1982-yil. “Navoiy asarlari leksikasi” B.Bafoyev. 1983-yil Alisher Navoiy asarlari tilidagi qadimgi turkiy leksika tadqiqi. Egamova Sh. 2008.
Do'stlaringiz bilan baham: |