2- vaziyat
Sizni maktabga ishga qabul qilishdi va bir necha dars o‘tganingizdan so‘ng bir o‘quvchi oldingizga kelib shunday dedi: “Siz pedagog sifatida bizga biron-bir narsani o‘rgatasiz, deb o‘ylamayman”
Sizning munosabatingiz:
1. «Seni ishing o‘qish, menga aql o‘rgatish emas».
2. «Senga o‘xshaganlarni men albatta, hech narsaga o‘rgata olmayman».
3. «Balki sen boshqa sinfga o‘tib o‘qisang yaxshi bo‘larmidi?»
4. «Sen o‘zing o‘qishni hohlamaysan».
5. «Nima uchun bunday o‘ylashing meni qiziqtirmoqda».
6. «Kel, bu haqida ikkalamiz gaplashib olamiz. Balki mening hulq-atvorimda seni bunday fikrga borishing uchun biror bir asos bordir».
3- vaziyat
O‘qituvchi o‘quvchiga vazifa beradi. O‘quvchi esa vazifani bajargisi kelmay “Men bu ishni qilishni hohlamayman” deydi. O‘qituvchining munosabati qanday bo‘lishi kerak
1. «Hohlamasang majbur qilamiz!»
2. «Nima uchun maktabga kelasan?»
3. «O‘zing uchun yomon, savodsiz bo‘lib qolaver».
4. «O‘zingni bunday tutishing sen uchun nima bilan tugashini tasavvur qila olasanmi?»
5. «Nima uchun bunday qilyapsan. Tushuntirib bera olasanmi?»
6. «Balki sen haqdirsan, kel o‘tirib gaplashib olamiz».
7.
4- vaziyat
O‘quvchi o‘zining qobiliyati va o‘qishdagi yutuqlaridan qoniqish hosil qilmaydi, qachondir bilimlarni mukammal egallashiga ko‘zi etmaydi va o‘qituvchiga shunday deydi: “Sizningcha men sinfdagi o‘quvchilardan orqada qolmay a’lochi o‘quvchi bo‘la olamanmi?” –O‘qituvchi bunga qanday javob berishi kerak?
1. «Rostini aytsam men bunga ishonmayman».
2. «Albatta, bunga ishonching komil bo‘lsin».
3. «Sen juda qobiliyatlisan, men senga katta umid bildiraman».
4. «Sen nimaga tushkunlikka tushib qolding?»
5. «Kel, muammolaringni birga hal etamiz».
6. «Ikkalamiz birgalashib harakat qilsak, maqsadga erishamiz».
7.
5- vaziyat
O‘quvchi o‘qituvchiga: “Sizning keyingi ikkita darsingizga kirmayman, chunki men bu vaqtda konsertga bormoqchiman (yoki sport musobaqasiga, do‘stlarim bilan dam olgani boraman, juda charchadim)” — Unga qanday javob bergan bo‘lardingiz?
1. «Qani ketib ko‘r-chi!»
2. «Ertaga ota-onang bilan kelishingga to‘g‘ri keladi».
3. «O‘zing bilasan, oldingda imtihonlar bor. Qoldirgan darslaringni men baribir so‘rayman».
4. «Sen menimcha darslarga juda sovuqqonlik bilan qarayapsan».
5. «Balki sen umuman maktabdan ketarsan?»
6. «Sen o‘zi keyin nima qilmoqchisan?»
7. «Nima uchun konsertga borish (do‘stlar bilan sayr qilish, musobaqaga borish) sen uchun maktabda o‘qishdan muhimroq, men shuni bilmoqchiman»
8. «Men seni tushunaman konsertga borish, do‘stlar bilan sayr qilish, musobaqaga borish maktabda o‘qishdan qiziqroq. Lekin men buning asl sababini bilmoqchi edim».
9.
Do'stlaringiz bilan baham: |