Tadqiqotning maqsadi: Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o’qituvchi faoliyatida pedagogik texnikani rivojlantirish yo`llarini ishlab chiqish va ahamiyatini aniqlashdan iboratdir.
Tadqiqot predmeti: Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o’qituvchi faoliyatida pedagogik texnikaning pedagogik faoliyatdagi o‘rni va ahamiyatini o`rganish deb oldik.
Tadqiqot obekti: tadqiqot obekti sifatida Andijon viloyati Jalolquduq tumanidagi 24-maktab pedagogik jamoasi yosh o‘qituvchilari olindi.
Tadqiqotning vazifalari belgilab olindi:
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o’qituvchi faoliyatida pedagogik texnikaning ahamiyatini aniqlash;
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o’qituvchi faoliyatida pedagogik texnikani yanada rivojlantirish uchun qo’llaniladigan samarali usul va vositalarini tasniflash;
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o’qituvchi faoliyatida pedagogik texnikani rivojlantirish yo’llarining pedagogik shart-sharoitlarini nazariy va metodik jihatdan asoslash;
To’plangan nazariy-metodik ma’lumotlar va tajriba-sinov natijalari asosida uslubiy tavsiyalari berish.
Tadqiqot metodlari. Tadqiqotning maqsadi va masalalariga mos ravishda quyidagi metod va metodikalardan foydalanildi:
Tadqiqot davomida bir-birini to`ldiradigan va nazorat qiladigan metodlar majmui qo`llandi, ilmiy adabiyotning tizimli, ilmiy nazariy tahlili, kuzatishlar, suhbatlar, kuzatuvchi eksperimentlar, statistik metodlar.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati:unda tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o’qituvchi faoliyatida pedagogik texnikani rivojlantirishning samarali vosita va usullarini ochib beriladi. Yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda guruh rahbarining pedagogik texnika va mahorati mazmunini o’rganish va pedagogik mahoratni aniqlash usullarining ahamiyatini tajriba-sinov ishlari natijalari bilan asosladik.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: O’rganilgan adabiyotlar va o’tkazilgan tadqiqot natijalari asosida to’plangan ma`lumotlar tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o’qituvchi faoliyatida pedagogik texnikaning ahamiyatini o`rganishda yordam beradi.
- tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o’qituvchi faoliyatida pedagogik texnikaning ahamiyati o`rganildi hamda uni amalga oshirish vositalari belgilandi;
- tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o’qituvchi faoliyatida pedagogik texnikaning ahamiyatini aniqlash uchun muassasa, pedagog-o`qituvchilar faoliyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlash imkonini beradi;
Shu bilan birga tadqiqot natijalaridan olingan ma`lumotlarni ta`lim muassasalari amaliyotiga tadbiq qilish tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o’qituvchi faoliyatida pedagogik texnikani va pedagogik mahoratini rivojlantirish mexanizmlaridan samarali foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, to’plangan ma`lumotlardan pedagog-o`qituvchilar, guruh rahbarlarida keng doirada qo’llash imkoniyatini beradi.