30-guruh Ortiqboyev Akmal 36-variant



Download 20,81 Kb.
Sana08.02.2022
Hajmi20,81 Kb.
#436109
Bog'liq
30-guruh Ortiqboyev Akmal


30-guruh Ortiqboyev Akmal
36-variant
1. Aholining huquqiy onggi va huquqiy ma’daniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrpsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
2. O’zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi tutgan o’rni.

1.Bugungi kunda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Xalqning huquqiy madaniyat bu huquqqa bo‘lgan oddiygina munosabatni emas, balki huquqiy normalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlarini bildiradi. Qonunga, uning normalariga hurmat esa ularning to‘laqonli ishlashi, ular oldida hamma teng bo‘lishini taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bu borada inson va fuqarolarning teng huquqli ekanligini kafolatlangan bo‘lsa-da, fuqarolarimiz tomonidan, davlat va davlat boshqaruvi organlari xodimlari tomonidan hali hanuz o‘z huquqlarini to‘g‘ri va to‘liq anglab yetmaganliklari oqibatida mamlakatimizda turli xildagi huquqbuzarliklar sodir etilib kelinmoqda. Afsuski, bu holatni ham yoshlar, ham yoshi kattalar, ham ayollar, ham erkaklar orasida kuzatishimiz mumkin. Shu maqsadda, demoqchimizki xalqimizning huquqiy ongini rivojlantirish va ularda huquqiy madaniyat ko‘nikmalarini shakllantirish suv va havodek zarur.

Ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatimizda 100 ming aholiga o‘rtacha 13,3 ta jinoyat to‘g‘ri keladi (bu ko‘rsatkich Tojikistonda – 40, Ozarbayjonda – 44, Moldovada – 150, Rossiyada – 225, Qozog‘istonda – 240 tani tashkil etadi). O‘zbekiston jinoyatchilik ko‘rsatkichi bo‘yicha har yuz ming aholi soniga nisbatan jinoyatlar soni eng kam bo‘lgan davlatlar qatoriga kiradi. Bu borada nufuzli “Xalqaro huquqiy baholash” nodavlat agentligining 2019 yil uchun berilgan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston

126 ta mamlakat ichida “Tartib va xavfsizlik” indikatori bo‘yicha

9-o‘rinni egallaydi. Bu esa, mamlakatimizda huquqbuzarliklarni kamaytirish, aholi huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish borasida islohotlar to‘g‘ri yo‘nalishda olib borilayotganligidan dalolat beradi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Buning yorqin namunasi sifatida 2019 yil yanvarda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” Farmonini keltirishimiz mumkin. Mazkur Farmonga ko‘ra, vazirlik va idoralar rahbarlari Konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qo‘yilgan va barcha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilgan.

Jamiyatimizda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta’lim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borish, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining samarali ishtirokini ta’minlash, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullaridan, targ‘ibotning ilg‘or va ta’sirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalaridan, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo‘yicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish muhim sanaladi. Bu ishlarni tizimli amalga oshirishda nafaqat huquqni muhofaza qilish organlari balki, Sud organlari xodimlari, ta’lim muassasalari xususan Oliy ta’lim muassasalari tizimli ishlarni tashkil etishlari lozim. Bu borada Farmonda nazarda tutilgan “shaxs – oila – mahalla – ta’lim muassasasi – tashkilot – jamiyat” prinsipi bo‘yicha tizimli va uzviy ishlar amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.

Eng asosiysi, olib borilayotgan ishlarni tizimli va mas’uliyat bilan yondashgan holda amalga oshirish har birimizning fuqarolik vazifamiz ekanligini unutmasligimiz lozim.



Maʼlumki, mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda. Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni taʼminlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Jumladan, Inspeksiya tizimida Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish maqsadida, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari - Foydalanish bo‘yicha xalqaro talablar va tavsiyalar” xalqaro standarti talablari va tavsiyalariga asosan “O‘zagroinspeksiya” tizimida va xodimlari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik va bu borada samarali tizimni shakllantirish maqsadida 15 ta chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan Inspeksiyaning 2021 yilda korrupsiyaga qarshi-kurashish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarining “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Inspeksiya boshlig‘ining 2021 - yil 12 - fevraldagi ““O‘zagroinspeksiya” tizimida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan asosiy talablar va tamoyillarni belgilash to‘g‘risida”gi S-4-son buyrug‘i bilan:
Inspeksiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati;
Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga kiritish uchun korrupsiyaga qarshi qoidalarning mazmuni bo‘yicha asosiy shartlar;
Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan kontragentlar bilan tuziladigan shartnomalarga kiritish uchun korrupsiyaga qarshi qoidalarning mazmuni bo‘yicha asosiy shartlar;
Inspeksiyaning korrupsiyaga oid harakatlar to‘g‘risida axborot berish uchun aloqa kanallari orqali kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va qayta ishlash reglamenti;
Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holati haqidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish reglamenti;
Inspeksiyasi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom;
Inspeksiya tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti;
Inspeksiya tizimi xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalar;
Inspeksiya tizimida korrupsiyaga qarshi tamoyillar va talablarga rioya qilinishini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti tasdiqlanib, ijroga qaratildi.
Inspeksiya va tizim idoralariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishga qodir bo‘lgan yuqori malakali xodimlar bilan taʼminlash, ularni joy-joyiga qo‘yish, malakasini oshirish va kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda ular bilan ishlash, boshqarish va nazorat qilish bo‘yicha HR-menejment tizimini tartibga soluvchi idoraviy hujjat ishlab chiqildi. Inspeksiyada kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi tasdiqlandi, onlayn efirga uzatishga mo‘ljallangan alohida xona ajratilib, jihozlandi va bu sohada masʼul xodimlarning malakasi oshirildi.
Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy bilimlarini yana-da oshirish maqsadida esa Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish va uning ehtimoliy oqibatlarini kamaytirish maqsadida o‘rnatilgan cheklovlarga muvofiq har turli yig‘ilishlarni o‘tkazish vaqtincha to‘xtatilganligi sababli:
“Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi asosiy tushunchalar, unga qarshi kurashish tarixi va asosiy yondashuvlar”;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari”;
“Transparency International” Xalqaro nodavlat Tashkilotining “Korrupsiyani idrok etish indeksi”da O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash masalalari”;
“korrupsiyaviy xavf-xatarlar, korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirish masalalari”;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida komplayens nazorat tizimining o‘rni va ahamiyati”;
“Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari” mavzulari bo‘yicha tayyorlangan taqdimot materiallari xodimlar tomonidan mustaqil ravishda o‘qib o‘rganilishi taʼminlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi vazifasi va ichki nazorat Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari hamda “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUKning Kadrlar sohasiga masʼul xodimi zimmasiga yuklatilib, quyidagilar:
xodimlar faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlarni belgilash;
xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga, xodim mehnat shartnomasi bo‘yicha o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda, korrupsiyaviy hatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga taʼsir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida pora taklif qilmaslik, vaʼda bermaslik, pul tulamaslik, tovlamachilik qilmaslik, bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik va pora olmaslik, biron-bir shaxs foydasiga yoki biron bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik, mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik, shuningdek o‘z vakolatlarini suiisteʼmol qilmaslik majburiyatini olish bo‘yicha o‘zgartirish kiritish;
kontragentlar bilan tuziladigan shartnomalarga, taraflar shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarayotganda O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablariga zid keladigan har qanday harakatlarni amalga oshirmaydilar, shu jumladan, pora berishni taklif qilmaydi, vaʼda bermaydi, tovlamachilik qilmaydi, pora sifatida pul to‘lamaydi, bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaydi yoki pora, yaʼni Inspeksiya xodimi o‘z xizmat majburiyatlaridan foydalangan holda pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab muayyan harakatlarni sodir etishi yoki sodir etmasligi shartligi yoki mumkinligi uchun moddiy qimmatliklarni yoki mulkiy naf olmasligi, taraflar ushbu harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rilishiga kafolat berishi kabi shartlarni kiritish;
korrupsiyaga oid harakatlar haqida axborot berish uchun o‘zining aloqa kanallari ishlashini, shuningdek, xabarlarni qabul qilish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va kelib tushgan xabarlarga o‘z vaqtida munosabat bildirish choralarini ko‘rish;
faoliyatda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish va ularni sodir etishga olib kelishi mumkin bo‘lgan sabablarni bartaraf etish, xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirib borish va ularni qonun hujjatlariga hamda Inspeksiya ichki hujjatlariga qatʼiy rioya etishini taʼminlash;
tizimda korrupsiyaga qarshi tamoyillar va talablarga rioya qilinishini doimiy monitoring va nazorat qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Inspeksiya tizimida korrupsiya holati va omillari, shuningdek, ishni to‘g‘ri tashkil etish, rahbarlarning xodimlar bilan munosabati yuzasidan xodimlarning fikrini o‘rganish uchun anonim so‘rovnoma o‘tkazildi va bir qator ustuvor hamda istiqbolli vazifalarni amalda hal qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rildi. Xususan:
- ijro uchun yuborilayotgan hujjatlarning mazmuni va ahamiyatini mansabdor shaxslar tomonidan yetarli darajada o‘rganilishi hamda xodimlarga tushuntirilishi;
- ijro uchun yuborilgan hujjatlar ijrosini samarali tashkil etish, ularda belgilangan maqsadlarga erishishni so‘zsiz taʼminlash bo‘yicha barcha darajadagi rahbarlar va xodimlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish;
- tekshirishlar o‘tkazish vaqtida va xizmat safarlari davomida xodimlar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish;
bunda:
tekshirish obyektiga rahbarini xabardor qilmasdan bormaslik;
tekshirish o‘tkazilayotgan tashkilot xodimlarini qonun hujjatlari normalarini noto‘g‘ri talqin qilish va maʼlum bo‘lgan faktlarni huquqni muhofaza qilish organlariga topshirish bilan qo‘rqitmaslik;
o‘zining tekshirish sohasi bo‘yicha guruh rahbarini nazorat tadbirining borishi haqida xabardor qilib borish;
tekshirish o‘tkazilayotgan tashkilot xodimlariga do‘q-po‘pisa qilmaslik;
tekshirish predmeti bo‘lmagan masalalarni ko‘rmaslik, hujjatlarni talab qilmaslik;
tekshirish vaqtini o‘rganilayotgan tashkilot ish vaqti bilan muvofiqlashtirish;
tekshirish davomida aniqlangan har bir qonunbuzilishi holatiga qonun hujjatlari nuqtai nazaridan va huquqiy baho berish;
tekshirish davomida xizmat vazifasi bilan bog‘liq bo‘lmagan ish bilan shug‘ullanmaslik, mansabidan shaxsiy yoki boshqa shaxslar va tashkilotlarning manfaatlarini himoya qilish uchun g‘arazli maqsadlarda foydalanmaslik;
tekshirish o‘tkazilayotgan tashkilot xodimlari tomonidan har qanday ko‘rinishdagi moddiy boyliklar, mulkiy mohiyatga molik bo‘lgan xizmatlar taklif qilinganda, o‘rganish guruhi rahbariga zudlik bilan xabar berish;
tekshirish yakunlari bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalarni tekshirish yakunlangan kunning o‘zida imzolash choralarini ko‘rish;
tekshirish o‘tkazilayotgan tashkilot xodimlari bilan xolis, prinsipial va qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqib muomala qilish;
tovlamachilik va shu kabi boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
- Inspeksiya xodimlari xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holatlarda bevosita tekshirish o‘tkazilayotgan tashkilotlar xodimlari bilan, shuningdek, xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan Inspeksiya xodimi bilan birga umumiy ovqatlanish (restoran, bar, kafe, choyxona va boshqalar) hamda ko‘ngilochar joylarga birga borishini taqiqlash;
- xodimlar bilan huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazish;
- xodimlar tomonidan Inspeksiya xodimlarining odob-axloq qoidalariga, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizomga, Ichki mehnat tartibi qoidalariga va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tasdiqlangan qoidalarga rioya qilishlari bo‘yicha choralar ko‘rish.
Xulosa qilib aytganda – qabul qilingan ichki meʼyoriy hujjatlar, chora-tadbirlar, topshiriq va ko‘rsatmalar Inspeksiyaning yuqori axloqiy meʼyorlarga sodiqligini, shuningdek, tizim xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik maqsad qilingan. Shu bilan birga, korrupsiyani tubdan yo‘qotishga erishish, xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish, faoliyatning barcha sohalarida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, barham berish, oqibatlari, ularga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini taʼminlashga qaratilgan.

  1. Bugungi kunda xorijiy reytinglar xalqaro iqtisodiy munosabatlar darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi yetakchi omillardan biri ekanligi hech kimga sir emas. Mustaqil ekspertlar xulosasi sifatida xalqaro reytinglar mamlakatlarning xalqaro imijiga, ularga kirib kelayotgan investitsiyalar miqdoriga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, rivojlanib borayotgan va o‘z iqtisodiyotiga investitsiyalarni keng jalb qilishdan manfaatdor bo‘lgan davlatlar ushbu reytinglarga kirish va o‘z o‘rnini bosqichma-bosqich ko‘tarib borishga alohida urg‘u bermoqda. So‘nggi paytda Sharqiy Yevropa hamda MDHga a’zo ayrim mamlakatlarda eng muhim xalqaro reytinglarga kirish va ularda yuqori darajaga ko‘tarilish yuzasidan maxsus dasturlar asosida ish olib borilayotgani fikrimiz tasdig‘idir.

Ma’lumki, har qanday chet ellik investor xulosa chiqarganda o‘zi qiziqayotgan davlatdagi mavjud iqtisodiy holat to‘g‘risida ob’ektiv, mustaqil baho beruvchi omillarga ham e’tibor qaratadi. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, unga birgina xalqaro reyting ko‘rsatkichi kamlik qiladi. Sarmoyadorga, shuningdek, mahalliy indikatorlar ta’siri ham sezilmog‘i kerak. O‘z navbatida xalqaro reytinglarni belgilab beruvchi xalqaro agentliklar iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarni baholashda turli xil usullardan foydalanadilar. Usullarning turliligi sababli investorlar o‘z tahlillarida faqatgina bitta reyting agentligining ma’lumotlariga tayanib qolmaydi, balki bir qator reyting ko‘rsatkichlarini kompleks tahlil qilishga harakat qiladilar.
Soha vakillarining ma’lumotlariga ko‘ra, hozir jahonda 160 dan ortiq xalqaro reytinglar mavjud bo‘lib, ulardan 50 ga yaqini ta’sir doirasi yuqori reytinglar sanaladi. Masalan, raqobatbardoshlik, qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini baholab borish bo‘yicha, global raqobatbardoshlik indeksi, biznesni yuritish yengilligi indeksi, sanoat raqobatdoshligi indeksi, global innovatsion indeksi, inson salohiyati rivojlanishi indeksi, transchegaraviy investitsiyalash indikatorlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni tartibga solish indeksi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorlik indeksi kabilar shular jumlasidandir.
Ushbu asosiy xalqaro reytinglar va indekslarda O‘zbekistonning ham munosib o‘rinlarda bo‘lishi muhim ahamiyatga egadir.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy obro‘sini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini xolis va haqqoniy baholashni ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 25 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni baholashning yaxlit va mustaqil tizimini shakllantirish, shuningdek, respublikaning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashni ta’minlash yo‘llari belgilab berildi.
Mazkur Qaror asosida joriy etilayotgan 3 ta muhim yangilikka alohida e’tibor qaratib o‘tmoqchiman.
Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini monitoring qilish va baholash milliy tizimi, ya’ni Milliy monitoring tizimining yaratilishidir.
Boshqaruv sifati va siyosatning samaradorligini o‘lchash, mamlakatda yuz berayotgan o‘zgarishlar jarayonini baholash, tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqqan holda islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishga yordam beruvchi ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari Milliy monitoring tizimining tarkibiy qismi etib belgilandi.
Ikkinchidan, ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, aholining davlat organlari faoliyatidan qoniqishi darajasini hamda ularning xodimlari kasbiy mahoratini oshirish maqsadida “davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutining joriy etilayotganligi.
Joriy etiladigan “davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti ma’muriy tartib-qoidalar amalga oshirilishi qulayligi va davlat organlari, shuningdek, ularning xodimlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda normativ-huquqiy hujjatlar talablari, xodimlarning professionalligi va tezkorligi, ularning aholi bilan muomala qilish etiketi darajasini baholaydi. Ushbu xolis baholash monitoring natijalari shaxsiy bo‘lmagan shaklda rasmiylashtiriladi hamda qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish uchun tegishli davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan vazirlik va idoralarga majburiy tartibda ko‘rib chiqish uchun taqdimnomalar yuboriladi.
Uchunchidan, “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalining yaratilishi ushbu yo‘nalishda samarali muloqot va axborot almashishga xizmat qiladigan quyidagi imkoniyatlarni ta’minlaydi:
xalqaro reytinglar bo‘yicha yillik hisobotlar, shuningdek, hisobotlarni o‘rganish va e’lon qilish muddatlarini ko‘rsatgan holda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning tavsiyalari;
xalqaro reytinglar indikatorlari bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasiga oid axborotlar;
tegishli reytinglar yo‘nalishlari bo‘yicha jamoatchilik fikri so‘rovnomalari, shuningdek, ijtimoiy va ilmiy tadqiqotlar natijalari;
xalqaro reytinglar savolnomalari shaklida har bir indikator kesimida to‘liq va aniq ma’lumotlar, shu jumladan, statistik ma’lumotlar;
tegishli reytinglar bo‘yicha turli ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish imkoniyati;
tegishli xalqaro reyting metodologiyasi bo‘yicha onlayn o‘qitish resursi;
respondentlar tomonidan joylarda qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni taqdim etish imkoniyati.
Prezidentimiz qarorida ko‘rsatib o‘tilgan bu kabi muhim ustuvor vazifalar O‘zbekistonning global reytinglardagi ishtirokiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qolaversa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar hajmining sezilarli darajada o‘sishiga, mamlakatimiz bo‘ylab investitsiya borasidagi qulay axborot maydonini paydo bo‘lishiga, eng muhimi yurtimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Download 20,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish