Antratsit. Solishtirma og’irligi 1,4-1,7 2 g/sm
3
. Rangi qora. Metallsimon yaltiraydi.
Uchuvchan moddalar 8% dan kam. Shuning uchun ham u o'z-o'zidan yonmaydi.
Uzoq saqlash
mumkin. Uni katta masofaga olib borish mumkin.
Organik moddalarning parchalanish jarayoni kislorodli sharoitda ro'y beradi va bitumlar deb
ataladigan neftni yoki yonuvchi, uchuvchi moddalarni
hosil qiladi va bu jarayon
bitumlanish
deb yuritiladi. Neftning paydo bo'lishi to'g’risida birinchi marta D.I. Mendeleev tomonidan
aytilgan fikr ham bordir. Unga ko'ra neft’ noorganik yo'l bilan hosil bo'ladi. U Yer qobig’ining
cho'nqir qismida sintezlanadi, keyinchalik Yuqoriga ko'tarilib, Yaxshi kollektor xususiyatiga ega
bo'lgan Cho’kindi jinslar orasida to'planadi. Bitumlar ko'pincha dengizda, gillar bilan aralashib
cho'kadi.
Natijada
yonuvchi slanetslar
deb ataluvchi jinslar hosil bo'ladi.
Ular yupqa qatlamli,
qat-qat qoplangan, to'q kulrang, malla yoki qoramtir jinslardir. Ko'pincha
slanetslarning yuzasi
turli qazilma tamg’alar bilan qoplangan bo'ladi.
Quruq yonuvchi slanetsga olov tutilsa is chiqarib yonadi yoki quyuq tugun chiqarib tutaydi,
ayni vaqtda bitumning kuchli hidi kelib turadi.
Neftning Yuqorida tasvirlangan jinslardan farqi, uning suyuq bo'lishidir.
Uning rangi
solishtirma og’irligiga qarab och-sariqdan (engil xillari) malla-qoragacha (og’ir neft) bo'ladi.
Neftga moydek yaltirab turish xosdir. Neftning o'ziga xos hidi bor. Agar neftda ko'p miqdorda
oltingugurt bo'lsa (masalan, Uraldagi neft’), vodorod sul’fid hidiga o'xshagan o'tkir hidi bo'ladi.
Suvga tushgan kichik neft tomchisi rangdor toblanuvchi
pardani hosil qiladi
(flyuorestsentsiya).
Ba'zan juda katta neft konlari har xil g’ovak yoki yoriklari ko'p bo'lgan jinslar orasida
uchraydi. Bunday jinslar (qum,
qumtosh-konglomerat, ohaktosh va boshqalar) ayni vaqtda neft
konlari kollektorlarning rolini bajaradi.
Bitumli jinslar ichida oksidlangan (quyuqlashgan) holdagi neft siyrak tarqalgan bo'ladi.
Bunday
jinslarga qoramtir rang, bolg’a bilan urganda bitum hidini berishi xosdir. Jins kukuni
erituvchini bitumi bilan bo'yaydi. Erituvchilar sifatida benzin va benzol ishlatiladi.
Jinsning
bitumi ko'p bo'lsa, bu erituvchilar har xil quyuqliqtsagi malla rangga bo'yaladi. Yogli dog’
qoldiradigan reaktsiya ancha sezgirdir - 1-2 sm
3
xloroformli idishga tekshiriladigan jins bo'lagini
tushirib, idish bir necha marta qattiq chayqatiladi. Agar jinsda ozgina bitum bo'lsa, yupqa
qog’ozda yog’ dogi qoladi.