30. Cho’kindi jinslarni tasvirlash Siniq (klastik) jinslar



Download 176,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana03.07.2022
Hajmi176,4 Kb.
#734641
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
30.Чўкинди тоғ жинсларининг ҳосил бўлиш босқичлари.

Temirli jinslar. 
Temirli jinslar xalq xo'jaligida juda katta ahamiyatga egadir. Qazib 
olinadigan ko'pchilik temir ma'danlari hosil bo'lishlariga kura Cho’kindi jinslarga kiradi. Ular 
kimyoviy tarkibiga kura quyidagi turt gruppaga bo'linadi: 
Temir oksidlari; 
Temir karbonatlari
Temir sul’fidlari va sul’fatlari; 
Temir silikatlari. 
Temir oksidli jinslardan diametri 0,2-1,5 mm li oolitli temir ma'dani (limonit) ko'proq 
ahamiyatga egadir. Ularda marganets ma'dani (psilomelan) bilan to'yingan bo'laklar tez-tez 
uchrab turadi. 
Minerallarda qanday tashqi aniqlash belgilari bo'lsa, bunda ham shunday belgilar bordir. 
Bu ma'danlar dengiz yoki chuchuk suvdan temir gidroksidlarining cho'kishi natijasida hosil 
bo'ladi. 
Karbonatlar gruppasining tarkibiga 
siderit
kiradi. Siderit gil va mergellar orasida va ba'zan 
kichik qatlam va linzalar shaklida uchraydi. 
Fosforitlar.
Kal’tsiyli fosforit angidridiga boy bo'lgan Cho’kindi jinslar
fosforitlar
deb 
ataladi. Ularda Р
2
О
5
miqdori 12% dan 40% gacha bo'ladi va u Yuqori dispersli apatit minerali 
guruhi tarkibiga kiradi. 
Fosfatli minerallar jinslarda konkretsiya va tsement shaklida uchraydi. Ular odatda kvarts, 
glaukonit va boshqa mineral bo'laklarini tsementlaydi yoki jins butunlay undan tashkil topgan 
bo'ladi. 
Fosforit turlari quyidagilardan iboratdir: 
1. Oqiq fosforitlar kattaligi 1 dan 10-15 sm gacha bo'lgan, bo'lak jinslarda yoki 
karbonatlarda bir tekis tarqalmagan konkretsiyalardan iboratdir. 
2. Donador fosforitlar. 
Ko'pincha fosfatlangan chig’anogi bo'lgan, bo'lak yoki karbonatli jinslar orasida oddiy ko'z 
bilan aniklab bo'lmaydigan, kattaligi 1-2 mm li mayda donalardan tashkil topgan bo'ladi. 
3. Qavatlangan fosforitlar kattaligi 0,05-0,3 mm li juda mayda donachalardan tashkil 
topgandir. Fosforitli karbonat fosfatli kremniy bilan tsementlangan toza mayda fosfat oolitlaridan 
tashkil topgan yaxlit jinsdir. Bunday turlarda jins massasining 95% i fosfatli kal’tsiydan tashkil 
topgan bo'ladi. Tabiatda oqiq yoki qatlam turli dengiz fosforitlari keng tarqalgandir. 
Oqiqlarining ranglari (g’urralari) och-sariqdan qoragacha bo'ladi. Ularda suyak
fosforitlangan daraxt chirindisi, chig’anoq, kremniyli bulut va boshqalar uchraydi. 
qatlam fosforitlar ko'pincha mayda donador - oolitlar, ba'zan katta donador - pizolitlar yoki 
bir tekis mayin kristalli strukturalarda bo'ladi. Ular qat-qatlanmagan bo'lib, tashqi ko'rinishidan 
kremniyning mayda donali, qumtoshli, bitumli ohaktoshni eslatadi. Janubiy qozog’istondagi 
Kichik qoratau tizmasida fosforit qatlamlari to'g’ri qatlamlar ko'rinishida yotadi. Ular odatda tik 


ajraliqlar bo'ylab bo'laklarga bo'linib ketadi. Fosforitlar qora yoki kulrang tusda bo'lib, ba'zan 
yuzasida yaltiroq payraxa bo'ladi. Fosforitlar qishloq xo'jaligida o'git sifatida qo'llaniladi. 

Download 176,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish