hurmatning uyg„unligi. Har qanday pedagogik ta‟sirning tayyorlanganligi.
Ushbu ta‟sirni oxirigacha etkazish. Ta‟lim natijasi uchun mas‟uliyatni his qilish
qobiliyati. Ushbu har bir nizomni olib chiqib, ta‟kidlash joizki, ularning hammasi
ta‟lim oluvchilarning bilish faoliyati hamda predmet va natijasiga qiziqishni
rivojlantirishiga yo„naltirilgan. SHuni unutmaslik joizki, ta‟lim muvafaqqiyati
pedagog, uning yuqori professional mahorati, uning shaxsiy xususiyatlariga ko„p
jihatdan bog„liq. Kasbiy qobiliyat - odamning shunday psixologik
xususiyatlaridirki, bilim, malaka orttirish shu xususiyatlarga bog„lik bo‟ladi.
Odamning qobiliyatlari bilim va ko‟nikmalarni egallashda muxim xisoblanadi. Bu
bilim va ko‟nikmalar egallandimi yoki yukmi - bularning xammasi, juda kup
sharoitlarga boglikdir. Qobiliyat tarakkiy etmay, so‟lib ketishi ham mumkin.
O‟quvchida xali zarur ko‟nikma va malakalar tizimi xamda mustaqil bilimlar va
tarkib topgan ish uslublari yo‟qligiga asoslanab, jiddiy tekshirmay shoshilinch
ravjida unda qobiliyatlar yo‟q deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy xatosi
bo‟ladi. Qobiliyatlar bilim, malakalar, ko‟nikmalarda ko‟rinmaydi, balki ularni
egallash dinamikasida namoyon bo‟ladi, ya‟ni boshqacha aytganda mazkur
faoliyat uchun muhim bo‟lgan bilim va ko‟nikmalarni o‟zlashtirish jarayoni turli
sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirishingizda
namoyon buladi. Demak, qobiliyat shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga
oshirish sharti hisoblangan va bilim, ko‟nikma xamda malakalarni egallash
dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‟ladigan indiviudal -
psixologik xususiyatdir. Agar shaxsning ma‟lum sifatlari yig„indisi odamning
pedagogik jihatdan asoslab berilgan vaqt oraliqida egallagan faoliyati talablariga
javob bersa, bu narsa bizga, unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati bor deb
xulosa chiqarishga asos bo‟ladi. Qobiliyatlar taraqqiyotning yuksak bosqichiga
iste‟dod deb ataladi. Iste‟dod deb odamga qandaydir murakkab mehnat
faoliyatini muvaffaqiyatli mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan
qobiliyatlar uyushmasiga aytiladi. Iste‟dod mahoratning dastlabki sharti bo‟lib,
lekin mahoratning o‟zidan ancha uzoqdir. Moxir usta bo‟lmoq uchun juda ko‟p
ishlash kerak, Iste‟dod mehnatdan ozod qilmaydi, katta ijodiy va zo‟r mehnatni
taqazo qiladi. Iste‟dodli kishilar shubhasiz meqnat orqali olamga mashhur
bo‟lgan mahorat darajasiga erishganlar. «Ta‟lim to„g‟risida»gi Qonun va
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta‟lim sohasida amalga oshiriladigan
ishlarning maqsadi, vazifalari va yo„nalishlarini belgilab berdi. Bu vazifalarni
amalga oshirish, avvalo o„qituvchiga, uning bilimi va kasb mahoratining
shakllanganlik darajasiga bog‟liq. Zero, o„qituvchi zimmasiga yuklatilgan
vazifalarni nechog‟lik vijdon, aql va pedagogik mahorat bilan bajarilishi jamiyat
kelajagini ta‟minlovchi muhim omildir. Pedagogik mahorat asoslari fanining
paydo bo„lishi buyuk pedagog A.S.Makarenko (1889-1939) nomi bilan bevosita
Do'stlaringiz bilan baham: |