bilimini o„z ishiga, mamlakati mustaqilligiga, Vatan va jahon taraqqiyoti yo„lida
ezgulik va adolatga sadoqat tuyg„ularini ham tarbiyalash zarur.” Bu vazifa va
talablar ayniqsa boshlang„ich sinf o„qituvchilarida to„la mujassamlangan
bo„lishi lozim. Zero, maktabga ilk bor qadam qo„ygan bola hayot qonun-
qoidalarini, sir asrorlarini o„qituvchidan o„rganadi. Agar bolani chuqur bilimli,
e‟tiqodli, madaniyatli qilib tarbiyalamoqchi bo„lsak, shu fazilatlar o„qituvchida
mujassam bo„lmog„i zarur. Biror kasbning haqiqiy ustasi bo„lish uchun kishida
tabiiy qobiliyat, ma‟lum jismoniy va ruhiy xislatlar jo bo„lishi zarur.
O„qituvchining maxsus kasbiy va ijtimoiy vazifalari. Xolis hakamlar –
tarbiyalanuvchilar. Manfaatdor ota-onalar, keng ommasining ko„z oldida bo„lishi
lozimligi o„qituvchi shaxsiga uning ma‟naviy qiyofasiga yuksak talablarni taqdim
qiladi. Eng avvalo, pedagog amaliy faoliyatining faqat yarmigina ratsional
texnologiyaga asoslanganligini nazarda tutish kerak. Uning ikkinchi yarmi bu -
san‟at. SHu tufayli professional pedagogga taqdim qilinadigan dastlabki talab –
unda pedagogik qobiliyatlar mavjudligi. Pedagog qobiliyati - bu bolalar bilan
ishlashga ishtiyoq, bolalarga nisbatan muhabbat, ular bilan bo„lgan muloqotdan
mamnun bo„lish bilan ifoda bo„ladigan shaxs sifatlari. Qobiliyat faoliyat
jarayonida paydo bo„ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan
farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o„qish natijasi hisoblansa,
qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana iste‟dod layoqat va zexn, ya‟ni inson
asab tizimida anatomik – fiziologik xususiyat bo„lishi zarur. Qobiliyat turlari
Qobiliyatning quyidagi turkumlari mavjud: 1. Tashkiliy – o„qituvchining
o„quvchilarni jipslashtirish, ularni band qilish, vazifalar bo‟lib, berish, ishni
rejalash, qilingan ishlarni jamlash, mahoratida namoyon bo„ladi. 2. Didaktikaga
oid - o„quv material, ko„rgazmali qurollar, vositalarni yig„ib tayyorlab qo„yish,
o„quv materialini aniq, ifodali va izchil bayon qilish, o„rganishga bo„lgan
qiziqish va ma‟naviy, hissiy istaklarni rag„batlantirish, o„quv bilimini orttirish,
faollashtirish mahoratida namoyon bo„ladi. 3. Perseptiv - tarbiyalanuvchilarning
ma‟naviy dunyosiga singib, ularning emotsional holatini baholash, ruhiy
xususiyatlarini aniqlash mahoratida namoyon bo„ladi. 4. Kommunikativ –
o„qituvchining o„quvchilar, ularning ota-onalari, hamkasblari, ta‟lim
muassasalari
rahbarlari
bilan
pedagogik
jihatdan
maqsadga
muvofiq
munosabatlar qurish mahoratida namoyon bo„ladi. 5. Suggestiv – o„quvchilarga
emotsional ta‟sir ko„rsatishda namoyon bo„ladi. 6. Tadqiqiy - pedagogik vaziyat
va jarayonlarni o„rganish va ob‟ektiv baholash mahoratida namoyon bo„ladi. 7.
Ilmiy - o„rganish qobiliyatlari – tanlangan sohada ilmiy bilimlarni o„zlashtirish
qobiliyatidan iborat. Pedagogik faoliyatning samarali bo„lishi uchun
o„qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo„lmog„i va tarbiyalab
Do'stlaringiz bilan baham: |