6-topshiriq. “Tushunchalar asosida matn tuzish” metodi bo‘yicha matn tuzish
“O‘rta Osiyoning buyuk siymolari” mavzusi bo‘yicha quyida berilgan tayanch so‘z va birikmalardan foydalanib mustaqil tarzda mikromatnlar tuzing.
1) Xorazm, Bog‘dod akademiyasi, rasadxona, o‘nlik tizim, to‘rt amal, algoritm, algebra;
2) Samarqand, sakkizta asar, «Samoviy jismlarning harakati va yulduzlar ilmi», astronomiyadan qo‘llanma;
3) Forob, Damashq, Misr, 160 dan ortiq asar;
4) Kat shahri, Ma’mun akademiyasi, xorijiy tillar, 200ga yaqin ilmiy asar, globus, «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», G‘azna;
5) Sayram, Yassi, 23 yosh, «Hikmatlar».
7- topshiriq. Berilgan matnni tushirib qoldirgan abzatsni yozib, maqolani tiklang.
Nyutonning mexanika qonunlari
Nyutonning mexanika qonunlari — klassik mexanika asosini tashkil qiladigan uchta qonun. I. Nyuton tomonidan ta’riflangan (1687).
Birinchi qonun — har qanday jismga tashqi kuch ta’sir qilmaguncha u o‘zining tinch holatini yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi (Inersiya qonuni).
Ikkinchi qonun — harakat miqdori (jism massasi bilan tezlanishi ko‘paytmasi) ning o‘zgarishi jismga ta’sir qiluvchi kuchga proporsional, yo‘nalishi esa ta’sir etadi.
Uchinchi qonun — ikki jismning o‘zaro ta’sir kuchi bir-biriga teng , yo‘nalishi esa qarama-qarshi bo‘ladi ( Ta‘sir va aks ta‘sir qonuni).
Nyutonning mexanika qonunlari G.Galiley, X.Gyuygens hamda I.Nyutonning o‘zi o‘tkazgan ko‘plab kuzatishlar, tajribalar va nazariy tadqiqotlar natijasida paydo bo‘lgan. Nyutonning mexanika qonunlari elementar zarralar va tezligi yorug‘lik tezligiga yaqin moddalar uchun o‘rinli emas.
8-topshiriq. Berilgan matnni tushirib qoldirgan abzatsni yozib, maqolani tiklang.
Pifagor teoremasi
Pifagor teoremasi — to‘g‘ri burchakli uchburchak tomonlari haqidagi teorema. Unga ko‘ra, agar to‘g‘ri burchakli uchburchak tomonlari bir xil masshtabda o‘lchangan bo‘lsa, katetlar uzunliklari kvadratlari yig‘indisi gipotenuza uzunligi kvadratiga teng: {\displaystyle a^{2}+b^{2}=c^{2}}
Pifagor teoremasiga asosan, to‘g‘ri burchakli uchburchak katetlariga yasalgan kvadratlar yuzalarining yig‘indisi gipotenuzaga yasalgan kvadrat yuzasiga teng. Pifagor teoremasiga Qadimgi Misr va Bobilda ma’lum °VD shakl bo‘lgan, lekin birinchi isboti Pifagorga tegishli deb hisoblanadi.Hozir Pifagor teoremasining o‘ndan ortiq isboti ma’lum.Yuqorida keltirilgan Pifagor teoremasi ta’rifi Yevklid geometriyasida o‘rinli, lekin noyevklid geometriyalarda Pifagor teoremasi boshqacha ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |