3-topshiriq marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari Strategik rejalashtirish


 Taktik rejalashtirishning roli va o’rni



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana04.06.2022
Hajmi0,52 Mb.
#636950
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Menejment va Marketing 3-Joriy Topshiriq

2. Taktik rejalashtirishning roli va o’rni 
Korxonaning taktik rejasi strategik rejasining bir qismi bo‟lib, unga qo‟yilgan 
maqsadlarga erishishning vositalari, usullari aniqlanadi. Agar strategik 
rejalashtirishni asosiy mezoni uzoq muddatlilik hisoblansa, unda marketingni 
taktik rejalashtirishda o‟rta muddatli strategik chora-tadbirlar amalga oshiriladi. 
Marketingni operativ rejalashtirishning mezoni bo‟lib qisqa muddatlilik 
hisoblanadi. Taktik rejalarda umumiy sotish rejasi, har bir tovar guruhi bo‟yicha 
ta‟minot va sotish rejasi, daromadlar rejasi, xarajatlar rejasi, foyda rejasi, savdo 
uchun zarur jixozlar, asbob-uskunalar bilan ta‟minlanish rejasi, bozorning hozirgi 
holatiga baho berish, korxona imkoniyatlari va xavf-xatarlari ifodalanadi. 
 
Holat (situatsiya) tahlili
SWOT - tahlil 
Taklif 
Marketing maqsadlari va strategiyalari 
Ko‘zda tutilayotgan natijalarni baholash 
Muqobil(alternativ) terma rejalar 
Reja-dastur 
Baholash, nazorat qilish 


3. Marketing nazorati va uning turlari 
Marketingning murakkab masalalaridan biri nazorat hisoblanadi. Nazorat–
marketing sohasida holatlar va jarayonlarni doimiy, muntazam, uzluksiz tekshirish 
va baholashdir. O„z mohiyatiga ko„ra nazorat me‟yorlarni va haqiqiy holatni 
taqqoslashni bildiradi. Muhit sharoitlarining tez o„zgarishi, bozor vaziyatlariga tez 
e‟tibor berish zarurligi marketing nazoratini muhim ahamiyat kasb etishiga olib 
keldi.
Marketing nazoratining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
-
maqsadlarga erishish darajasini belgilash;
-
yaxshilanish imkoniyatini aniqlash;
-
korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit o„zgarishlariga 
qanchalik mos kelishini aniqlash.
Mamlakatimiz korxonalari, assotsiatsiyalarida marketing xizmatlarini tashkil 
qilish marketingga tayangan boshqaruv tizimini yaratishga imkon beradi.
Marketing faoliyatining nazorati mahsulotlarni sotish ustidan nazorat qilish, 
sotish imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatining foydaliligini nazorat 
qilish, marketing xarajatlarini tahlil qilish, texnik va strategik nazorat va marketing 
taftishini nazarda tutadi.
Marketingning nazorati va taftishining asosiy vazifasi korxonalar, 
assotsiatsiyalarning 
ishlab 
chiqarish, 
sotish 
va 
ilmiy-texnik 
faoliyati 
samaradorligini oshirishdan iborat.
Qoidaga ko„ra marketing faoliyatining nazorati o„z ichiga quyidagilarni oladi:
- sotishni amalga oshirish va uning imkoniyatlari ustidan nazorat; - 
foydalilikning nazorati va marketing xarajatlari tahlili; - strategik nazorat va 
marketingning taftishi.
Sotish faoliyatini nazorat qilish haqiqiy sotish va ular tendensiyalarini 
rejalashtirilgan ko„rsatkichlari bilan taqqoslashda hisobga olish yo„li bilan amalga 
oshiriladi.
Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish alohida 
tovarlar, ularning assortiment guruhlari, bozor segmentlari, hududlari, savdo 
kanallari, reklama vositalari, savdo xodimlari va boshqalar bo„yicha amalga 
oshiriladi.


Marketingning strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish, sotish va 
ilmiy-texnik faoliyati rivojlanishining asosiy muammolari va istiqbolini aniqlash 
maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalar, marketing tezkor tadbirlari va marketing 
tashkilotlari baholarini belgilaydi.
Marketingning taftishi qoidaga ko„ra o„z ichiga marketingning makro va 
mikro muhiti, marketing xizmatlarining faoliyat yuritish samaradorligi tahlilini 
hamda marketing siyosati: tovar, narx, reklama, xodimlarni o„z ichiga oladi.
Nazoratni tashkil qilish korxonaning kattaligi, xodimlarning malakasi, nazorat 
vazifalarining murakkabligiga bog„liq bo„ladi.
Korxonada marketingning tashkil qilinishi o„sishi bilan uning ixtisoslashuviga 
va marketing nazoratining alohida birligini yaratishga ehtiyoj ortib boradi.
Marketingning rejasini hayotga tatbiq qilishda ko„pgina kutilmagan hodisalar 
bo„lishi mumkin. Firma o„zining tadbirlarini nazorat qilishi shart, o„zining 
maqsadlariga erishish uchun marketing nazoratini uch turga bo„lish mumkin:
1.
Yillik rejalarining bajarilishi ustidan nazorat.
2.
Daromad nazorati.
3.
Strategik rejalar ustidan nazorat.
Yillik rejalarning bajarilishini nazorat qilish masalasi - bu firmaning hamma 
ko„rsatkichlarga chiqishiga ishonch hosil qilish.
Daromad nazorati - bu har xil tovarlardan keladigan daromadlar, 
iste‟molchilar bozori tahlilini o„zida aks ettiradi.
Strategik rejalar ustidan nazorat - bu «orqaga chekinish», firmani bozorga 
yondashtirishni tanqidiy baholash uchun kerak bo„ladi.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish