3-TAJRIBA ISHI. SUYUQLIKLAR SARFINI BOSIMLAR FARQI O‘ZGARMAS SARF O‘LCHAGICH YORDAMIDA O‘LCHASH
Ishdan maqsad
Ushbu tajriba ishini bajarishdan maqsad, bosimlar farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar yordamida sarfni o‘lchash usullarini va sanoatda qo‘llaniladigan o‘lchov asboblarini o‘rganish, hamda, ularni ishlatish ko‘nikmalariga ega bo‘lishdir.
Talaba ishni bajarish jarayonida sanoatda qo‘llaniladigan sarfni o‘lchash usullarini va ularning ishlash prinsiplarini o‘rganadi.
Topshiriq
Sarfni bosimlar farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar yordamida o‘lchash usullarini va asboblarini o‘rganish. Ularning ishlash prinsiplari va qurilmalari bilan, hamda tajriba qurilmasi va uning tarkibiy qismi bilan tanishish.
Sarfni o‘lchashning nazariy asoslari
Bosimlar farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar. Bu o‘lchov asboblarining ishlashi sarf o‘zgarishi bilan qalqovuchni vertikal siljishiga va bunda xalqasimon o‘tish kesim yuzasini o‘zgarishi natijasida qalqovuchdagi bosimlar farqi o‘zgarmas bo‘lib qolishiga asoslangan. Rotametrlarning shkalasi bir tekis desa bo‘ladi va ular yordamida kichik sarflar o‘lchanadi. Ulardagi bosimning yo‘qolishi kichik va u sarfga bog‘liq emas.
Rotametrdan (1-rasm) o‘tayotgan suyuqlik yoki gaz sarfi o‘zgarishi, qalqovuchni xalqasimon tirqish yuzasini (qalqovuch va konus trubka devorlari orasidagi tirqish yuzasi) o‘zgarishi hisobiga ta’sir etayotgan kuchlar muvozanatlanguncha siljitadi va qalqovuch sarfga mos xolatda muallaq turadi. Qalqovuch xolatiga qarab sarf aniqlanadi.
1-rasm. Bosimlar farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagich
Rotametr qalqovuchiga qarama-qarshi yo‘nalgan kuchlar ta’sir etadi. Tepadan pastga:
Og‘irlik kuchi Vp ρp g,
Bu yerda, Vp – qalqovuch xajmi; ρp – qalqovuch materiali zichligi; g – erkin tushish tezlanishi.
Qalqovuch tepa yuzasiga oqim bosimi hosil qilayotgan kuch R12 S.
Bu yerda, R12 – qalqovuch tepa yuzasi birligiga oqimning o‘rtacha bosimi; S – qalqovuch yuzasi.
Pastdan tepaga ham qalqovuchga ikki kuch ta’sir etadi:
Qalqovuchning pastki yuzasiga oqim bosimi hosil qilayotgan kuch R11 S;
Oqimning qalqovuchga ishqalanish kuchi k Vkn Sb ;
Bu yerda, k-Reynolds soniga Re va yuzaning g‘adir-budirlik darajasiga bog‘liq qarshilik koeffitsienti;
Vk- halqasimon kanalda, qalqovuch yon sirti yuzasini egallagan, oqimning o‘rtacha tezligi;
Sb- qalqovuchning yon sirti yuzasi;
n – oqim tezligi qiymatiga bog‘liq daraja ko‘rsatkichi.
Agar quyidagi shart bajarilsa, qalqovuch muvozanatda bo‘ladi:
Vp ρp g + R12 S = k Vkn Sb + R11 S yoki
R11 - R12 =
Agar sarfning hamma qiymatlarida Vk o‘zgarmasa (sarf o‘zgarishi bilan xalqasimon kanal yuzasi o‘zgarsa), unda, oxirgi tenglamaning o‘ng tomon qismi o‘zgarmaydi, ya’ni, R11-R12=const
Sarf tenglamasi
G = Sk m3/s;
G = Sk kg/s.
Ildiz ostidagi kattaliklar o‘zgarmasligini hisobga olib,
G=α Sk k
S arf koeffitsienti α rotametrlar uchun ko‘p kattaliklarga bog‘liq. Shuning uchun xar bir rotametr aloxida eksperimental graduirovkalanadi.
Shisha rotametrlarining ko‘pchiligida shkala to‘g‘ridan to‘g‘ri shisha trubkaga chizilgan bo‘ladi (RS-3; RS-5 i RS-7). Ular 6 kgs/sm2 gacha bosimda va nisbatan kichik temperaturada ishlashga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Sanoatda masofadan turib sarfni o‘lchash uchun elektr yoki pnevmatik signal o‘zgartirgichli rotametrlar ishlatiladi. Odatda, ular 64 kgs/sm2gacha bosimda ishlashga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |