Kurs ishining maqsadi: “3-sinfda fe'l mavzusini o'rganish usullari”ni o’rganish usullarini ishlab chiqish.
Kurs ishining obyekti: “3-sinfda fe'l mavzusini o'rganish usullari”ni o’rganish jarayoni;
Kurs ishining predmeti: “3-sinfda fe'l mavzusini o'rganish usullari”ni o’rganishning mazmuni, shakl va metodlari;
Kurs ishining vazifasi:
“3-sinfda fe'l mavzusini o'rganish usullari”ni o’rgatish ustida ishlashning nazariy asoslarini tahlil qilish;
“3-sinfda fe'l mavzusini o'rganish usullari”ni o’rganish metodikasini takomillashtirish;
“3-sinfda fe'l mavzusini o'rganish usullari”ni o’rganishga doir dars ishlanmalarini ishlab chiqish.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2 bob, 4 ta paragrif xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
I BOB. 3-SINFDA “FE’L” SO’Z TURKUMINI O’RGANISH METODIKASI.
3-sinfda fe’lni o’rganishning asosiy vazifalari.
Fe’l ustida izchillik bo‘limlar orasidagi bog‘lanish, programma materialining hajmi, uni har bir sinfda o‘rganish usullari va vositalari shu so‘z turkumini o‘rganish vazifasi, uning lingvistik xususiyatlari va kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi.
“Fe’l” mavzusini o‘rganishda asosiy vazifalar: so‘z turkumi sifatida fe’l haqida dastlabki tushunchani shaklantirish, o‘quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish hamda og‘zaki va yozma nutqda fe’ldan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish, o‘quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim orfografik qoidalarni o‘zlashtirish hisoblanadi. Bu vazifalar bir-biri bog‘liq holda hal etiladi.
Fe’lning lingvistik xususiyatlari xiyla murakkab, shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilari faqat uning muhim nazariyalari bilan tanishtiriladi. Material tanlashda shu materialning nutq va imloga oid vazifalarni hal qilishda qanchalik zarurligini hisobga olinadi.
Fe’lni o‘rganishda izchillik. 1-sinfda fe’l ustda ishlash o‘rganish davrida boshlanadi. Bu davrda o‘quvchilarning diqqati fe’lning leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik-grammatik ma’noni, ya’ni predmetning harakatini bildirishni umumlashtirish imkonini beradigan aniq material yig‘iladi. Fe’l ustida ishlash mashqlarini “Alifbe”dagi so‘z va mashqlarni o‘qish, rasmga qarab gap tuzish bilan bog‘lab o‘tkaziladi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe’lni topishga, so‘z nimani bildirishini va qanday so‘roqqa javob bo‘lishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi. Masalan, bolalar kuzda meva va sabzavotlarni, daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni ko‘rib, gapni mazmunga mos so‘zlar bilan to‘ldiradilar nima qiladi?… (etiladi), daraxt barglari nima qiladi?… (sarg‘aya boshlaydi), bolalar nima qilayaptilar?… (dam olayaptilar)… (o‘ynayaptilar)… (ishlayaptilar).
Fe’lni o‘rganishda maqsadga qaratilgan ishlar harakatni bildirgan so‘zlar mavzusini o‘rganishdan boshlanadi. (1-sinf, o‘quv yilining 2-yarmi), fe’l leksik ma’nosi bilan grammatik ma’nosi (harakat bildirishi) mos keladigan (nima qilayapti?) yugurayapti, arralayapti, sakrayapti, (nima qildi?) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima qiladi?) yuguradi, arralaydi, sakraydi kabi misollardan foydalanish bilan o‘quvchilar o‘zlari bajargan harakatlarni aytishni so‘rab, ular bergan javobni (fe’lni) so‘roqlari bilan doskaga yozib, suhbat o‘tkazish bilan tushuntiriladi. Bolalarni so‘roq berish bilan holat bildiradigan uxlayapti, o‘ynayapti, faxrlanadi kabi fe’llarning ham tanlashga o‘rgatib borish muhim ahamiyatga ega. Bunday mashqlar o‘quvchilarda predmet harakatini keng ma’noda tushunish ko‘nikmasini shakllana borishiga yordam beradi.
Fe’l mavzusiga qo’yilgan D.T.S talablari
3-sinflarda “Fe’l” mavzusi 1 – sinfdan boshlab o’tiladi. Mazkur mavzuga sinfda (so’zlarning ma’nosi) mavzusida to’xtalgan bo’lib, mazkur mavzuga jami 23 soat ajratilgan bo’lib, bunda qo’yilgan bilim ko’nikma va malakalar quyidagilardan iborat.
O’quv yilining oxiriga kelib o’quvchi quyidagilarni bilishi kerak.
So’zlarning ma’nolariga ko’ra guruhlanishi. Ko’nikmalarni egallashni kerak; talaffuzi va yozilishi mos bo’lgan so’zlarni to’g’ri yoza olishi. Malakalarga ega bo’lish kerak: namunali matnni grafik talablar asosida ko’chirib yozish;
Fikr bayonida adabiy tilda faol qo’llaniladigan fe’llardan foydalanish.
2 – 3 so’zli 4 – 5 gapni eshitib yozish. 2 – sinfda “Fe’l” mavzusi huddi 1 – sinfdagidek so’z mavzusi o’tiladi. Bu mavzuga 2 – sinfda 54 soat ajratiladi. O’quvchilar bilan, bilim ko’nikma va malakasiga qo’yilgan talablar quyidagilar:
So’zlar yordamida gap tuzish va yozilishni.
berilgan mavzuga doir gap tuza olishni: O’quvchi quyidagilarni uddalay olishi zarur.
So’zni, gapni va matnni, harflarni tushirib qoldirmay, ortiqchasini qo’shmay, o’rnini almashtirmay husni xat qoidalariga rioya qilgan holda ko’chirib va eshitib to’g’ri yozish.
4 – 5 bo’g’inli so’zlarning bir yo’lga sig’may qolgan qismini keyingi yo’lga bo’g’inlab ko’chirish;
kitob, maktab, oftob, odob, ozod kabi so’zlar oxirida kelgan b va d yozilishini;
farzand, xursand, baxt, do’st kabi o’quvchi nutqida ko’p uchraydigan.
so’zlarga so’roq bera olishni va shu so’z nimani bildirishini;
fe’l mavzusiga oid 2 – 3 gap tuza olish va uni yozilishi;
rasmlar asosida 5 – 6 fe’l qatnashgan gap tuza olish va uni yoshni; 3 sinfda fe’l “so’z turkumlari” sifatida o’rgatilib, o’quvchining bilim, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat.
fe’l bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarni, fe’l yasovchi qo’shimchalarni. Ko’nikmalarni egallashi kerak.
- ma bo’lishsizlik fe’l hosil qiluvchi qo’shimchalarni to’g’ri yoza olishni so’z yasovchi qo’shimchalar asosida fe’l turkumini yasay olishni: Malakani egallashi kerak. Fe’l mavzusi doirasida 5 – 6 gapli bo’glanishli nutq tuza olishi va ma’lum tayyorgarlikdan so’ng uni yoza olishi;
Nutq madaniyatni og’zaki va yozma nutqda fe’l so’z turkumiga tegishli bo’lgan so’zlarni ifodalashni o’rganishi;
4 – sinfda “Fe’l” mavzusiga jami 28 soat ajratilgan bo’lib, bunda o’quvchining, ko’nikma va malakasiga qo’yilgan talablar quyidagilardan iborat.
- So’z turkumlari, ularning belgilarini. Ko’makchilarni egallashi kerak;
- fe’l, fe’l zamonlarini (o’tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon);
- fe’l zamon qo’shimchalari, ularning imlosi;
- fe’lning tuslanishi;
- fe’llarning 3 zamoni va ularning hosil qilinishi: shaxs – songa tuslanishi: Malakani egallashi kerak.
- gaplarning elementar sintaktik tahlil qilish;
- o’rganilgan qoidalarga oid 80 – 90 so’zli matnni husni xat qoidalariga rioya qilgan holda ko’chirib va eshitib yoza olishi;
- berilgan matnga mustaqil reja tuzish, qayta hikoyalash va yozma bayon qilishi.
- berilgan mavzu yoki rasm asosida kichik matn tuzib, yoza olishi;
Fe’llarni shaxs – son. Fe’l zamonlari ularning gapdagi vazifasini o’rganish.
Fe’llar shaxs – son qo’shimchalarini oladi. Tillarning shaxs – son qo’shimchalari bilan o’zgarishi tuslanish deyiladi. Masalan, o’qidim o’qiyapmiz, o’qiding, o’qiyapman, o’qiyapti, o’qidingiz. Fe’llaridagi ajratib ko’rsatilgan qo’shimchalar shaxs – son qo’shimchalari (tuslovchi qo’shimchalar) dir.
Fe’llarda uch shaxs – son (I shaxs, II shaxs, III shaxs) va 2 son (birlik va ko’plik) bor. Fe’ldagi har bir tuslovchi qo’shimcha ham shaxs, ham sonni ko’rsatadi. Masalan, o’qidim fe’lidagi – m qo’shimchasi I shaxs birlikni, o’qiyapsan fe’ldagi – son qo’shimchasi II shaxs birlikni ko’rsatuvchi shaxs – son qo’shimchalaridir.
Shaxslar Birlik Ko’plik
I shaxs - m: tayyorladim - k: tayyorladik
- man: yozmoqchiman – miz: yozmoqchimiz
II shaxs - ng: tayyorlading - ingiz: tayyorladingiz
- san: yozmoqchisan. - siz: yozmoqchisiz
III shaxs - tayyorladi - (lar) tayyorladilar
- yozmoqchi - (lar) yozmoqchilar
- ishlayapti - (lar) ishlayaptilar.
Fe’llarda uch zamon bor:
1) o’tgan zamon
2) hozirgi zamon
3) kelasi zamon
Fe’l zamoni nutq so’zlanib turgan vaqt (payt) ga nisbatan belgilanadi (aniqlanadi). Masalan: o’qidim, o’qigansan, harakatning nutq so’zlanib turgan vaqtdan oldin bajarilganligini bildiradi, shuning uchun ular o’tgan zamon fe’li sanaladi: o’qiyapman, o’qimoqdasan fe’llari harakatning nutq so’zlanib turgan paytda bajarilayotganini bildiradi, shuning uchun bu fe’llar hozirgi zamon fe’li hisoblanadi: o’qimoqchisan, o’qimoqchiman fe’llari harakatning nutq so’zlanib turgan paytdan keyin bajarilishini bildiradi, shuning uchun ular kelasi zamon deyiladi.
Fe’llarda zamon ma’nosi maxsus qo’shimchalar vositasida ifodalanadi. Fe’lga qo’shiladigan – di, - gan, - yop, - moqda, - moqchi qo’shimchalari zamon qo’shimchalaridir. Zamon qo’shimchalari fe’lga tuslovchi (shaxs - son) qo’shimchalardan oldin qo’shiladi.
Fe’lning lingvistik xususiyatlari.
3-sinflarda quyidagilar fe’lning lingvistik xususiyatlari sifatida o’rganiladi:
so’roqlari yordamida;
fe’llar zamon bilan o’zgaradi. Fe’l uch zamonni bildiradi: hozirgi zamon, o’tgan zamon, kelasi zamon;
hozirgi zamon fe’llari nima qilyapti? So’rog’iga javob bo’ladi, hozirning o’zida, ya’ni nutq so’zlanayotgan vaqtda bajarilayotgan harakatni bildiradi;
O’tgan zamon fe’li nima qildi? So’rog’iga javob bo’ladi, harakatning oldin, ya’ni nutq so’zlayotgan vaqtdan oldin bajarilganini bildiradi;
Kelasi zamon fe’li nima qilmoqchi? So’rog’iga javob bo’ladi, harakatning keyin, ya’ni nutq so’zlayotgan vaqtdan keyin bajarishini bildiradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari fe’l zamonlarini unga beriladigan so’roqdan bilib oladilar. So’roqdan uning leksik ma’nosi ham bilinib turadi.
Fe’lning zamon formasini yasash va bilib olish uchun o’quvchilarni so’roqlardan to’g’ri foydalanishga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun avval o’quvchilar bilan ishlanadi keyin o’qvchilar e’tibori so’roq bilan fe’l zamonining bog’lanishini aniqlashga qaratiladi. Zamon formasini hosil qilish uchun fe’lning II shaxs birlik formasi asos qilib olinadi. 3-sinflarda fe’lning bosh formasi o’rganilmaydi. Fe’lga so’roq berish bilan fe’l zamoni hosil qilinadi.
Bir fe’ldan uch zamonni hosil qilib, ularni taqqoslash mashqi fe’lning zamon kategoriyasining mohiyatini tushunishga yordam beradi. Shuning uchun “Fe’l” mavzusini o’rganish jarayonida fe’lni zamon qo’shimchasi bilan o’rgatish mashqi muntazam o’tkazib boriladi.
Fe’llar shaxs – son qo’shimchalari bilan tuslanadi. Shaxs – son qo’shimchalari zamon qo’shimchalaridan keyin qo’shiladi. Masalan, o’qi fe’li uch zamonda shaxs – son qo’shimchalari bilan quyidagicha tuslanadi.
Son
|
Birlik
|
Ko’plik
|
Zamon
Shaxs
|
Hozirgi
Zamon
|
O’tgan zamon
|
Kelasi zamon
|
Hozirgi zamon
|
O’tgan zamon
|
Kelasi zamon
|
I
|
o’qiy-man
|
o’qi-dim
|
o’qimoqchiman
|
o’qiyapsiz
|
o’qidik
|
o’qimoq-chimiz
|
II
|
o’qiyapman
|
o’qi-ding
|
o’qimoqchisan
|
o’qiyapsiz
|
o’qidin-giz
|
o’qimoq-chisiz
|
III
|
o’qiyap-ti
|
o’qidi
|
o’qimoqchi
|
o’qiyaptilar
|
o’qidilar
|
o’qimoq-chilar
|
Fe’llarda shaxs – son haqidagi ko’nikmani shakillantirish uchun mazmuniga mos shaxs – son q’shimchalarini qo’yish, berilgan fe’llarni hozirgi, o’tgan, kelasi zamonda shaxs – son qo’shimchasi bilan tuslash, fe’llarni so’z turkumi jixatidan tashkil qilish mashqlaridan foydalaniladi.
Fe’l mavzusini o’rganish jarayonida quyidagi mashq turlaridan foydalanish mumkin:
Quyidagi savollarga javob bo’ladigan so’zlardan gap tuzish: Kim? Qayerda? Nima qildi? (bolalar lagerda dam oldilar.)
Nuqtalar o’rniga gapning mazmuniga mos fe’lni qo’yib o’qing va yozing. O’quvchilar berilgan yaqin ma’noli fe’llardan mosini tanlaydilar. Masalan, biz xayvonot bog’ini … (aylanmoq, sayr etmoq) Bunday mashqlar sinonim fe’llarni ma’no ottenkasiga qarab farqlashga o’rgatadi.
Qarama – qarshi ma’noli fe’llarni topib gaplarni to’ldiring. Masalan, birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar.
Nuqtalar o’rniga maqolning mazmuniga mos bo’lishsiz fe’llarni yozing. (mehnatdan …, mehnatdan qo’rq) (gap bilan …, ish bilan shosh).
III sinfda o’quvchilarga fe’llarning shaxs son qo’shimchalari bilan tuslanishi, fe’l zamonlari qo’shma fe’llar haqida bilim beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |