102 –guruh talabasi
Safarova Marjonaning
matematika fanidan
“ O’nli kasrlarni taqqoslash va tartiblash”
mavzusida tayyorlagan
Dars ishlanmasi
Darsning maqsadi:
1)Ta'limiy: o'quvchilarga o’nli kasrlarni taqqoslash va tartiblash yuzasidan bilim berish, o’nli kasrlarni taqqoslashning oson usulini o’rgatish, o’nli kasr yuzasidan berilgan masalalarni yechishning oson usulini tanlashni o’rgatish, mavzu yuzasidan ko’nikma va malakalarini shakllantirish. matematikaga oid atamalarni tushunib, to'g'ri o'qiy olish, matematik qoidalarni ifodali ayta olish ; maxraji 10 va 100 bо‘lgan о‘nli kasrlarni ifodalaydi, taqqoslaydi, tartiblaydi va ular ustida qо‘shish va ayirish amalini bajaradi; Arifmetik hisob-kitob texnikasiga oid misollarni yecha oladi.
2) Tarbiyaviy: o'quvchilarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, izlanuvchanlik, faollik, sahiylik ruhida tarbiyalash., ahloqiy fazilatlarni singdirish. TK3 atrofdagilar bilan o'zaro muloqot chog'ida odob-ahloq qoidalariga rioya qilish, jamiyatda bo'ladigan voqea-hodisalarga dahldorlikni his qilish. - 2) Tarbiyaviy: o'quvchilarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, izlanuvchanlik, faollik, sahiylik ruhida tarbiyalash., ahloqiy fazilatlarni singdirish. TK3 atrofdagilar bilan o'zaro muloqot chog'ida odob-ahloq qoidalariga rioya qilish, jamiyatda bo'ladigan voqea-hodisalarga dahldorlikni his qilish.
- 3) Rivojlantiruvchi: o'quvchilarning mustaqil fikrlash qobilyatlarini o'stirish, narsalarni teng qismlarga ajrata olish, butunning yarmi, choragini farqlay olish. Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, og’zaki va yozma hisoblash malakalarini rivojlantirish.
O’tilgan mavzuni takrorlash: Polizdan bir kunda 735 kg qulupnay terib olindi. Ulardan 535 kg sharbat tayyorlash uchun yuborildi. Qolgani do‘konlarga 8 kg dan yashiklarga solib topshirildi. Qancha yashik qulupnay do‘konlarga topshirilgan? Yechish: 1) 735-535=200 2) 200:8=25 Javob: 25 ta yashik topshirilgan. - 7. Metrlarda ifodalab, o‘nli kasr ko‘rinishida yozing:
18 cm=0,18 m; 27 dm=2,7m; 86 dm =8,6m; 2 cm=0.02m 6 cm = 0,06 m; 18 cm=0,18m. Yangi mavzu bayoni: O‘nli sanoq sistemasida hаr bir хоnа birliklаri o‘zidаn оldingi хоnа birliklаridаn 10 mаrtа kichikdir. O‘nli kаsrlаrning ham verguldаn keyingi 1-хоnаsi birlаr хоnаsidаn 10 mаrtа kichik, verguldаn keyingi 2-хоnаsi esa birlаr хоnаsidаn 100 mаrtа kichikdir. O‘nli kasrlarni taqqoslash sonlarni taqqoslash kabi amalga oshiriladi. Masalan: 3,28 o’nli kasr 3,38 o’nli kasrdan kichik. 1. Ikkita kasrni sonlar o‘qida taqqoslang va kattasini ko‘rsating. - 0,8 > 0,7 0,3 > 0.1 1,47 < 1,48
0,9 > 0,8 0,8 = 0,8 2,69 < 2,71 Aziz bolajonlar, bu taqqoslashni yana ham tushuntirishning oson yo’li bor. Masalan: 0,8 o’nli kasr 1 metrning 8 cm hisoblanadi. 0,7 o’nli kasr 1 metrning 7 cm hisoblanadi. Ana endi o’ylab ko’ring! Qaysi o’nli kasr katta? 8 cm > 7 cm 0,8 m>0,7m 0,8 > 0,7 2. Yulduzchalar o‘rniga qanday raqamlar qo‘yilsa, 2. Yulduzchalar o‘rniga qanday raqamlar qo‘yilsa, tengsizlik to‘g‘ri bo‘ladi? 0,*6 > 0,77 2,*1 < 2,41 0,7 < 0,7* 5,8* > 5,86 2,53 < 2,*3 0,1* > 0,15 Aziz o’quvchilar, 1-mashqimizda siz, mavzu yuzasidan boshlang’ich bilimga ega bo’ldingiz. 2-mashq orqali esa, bilimingizni mustaqil ravishda mustahkamlaysiz. Namuna: 0,*6 > 0,77 2,*1 < 2,41 0,86 > 0,77 2,21 < 2,41 Davom ettiring….. Mustahkamlash: Tasavvur qiling, sinfingizda 32 ta o’quvchi bor va ularning bir qismi sport to’garagida. Qolganlari matematka to’garagida. Rasmdan fodalanib, har ikki to’garakdagi o’quvchilarni kasr ko’rinishida ifodalalab bering. Baholash: Aziz o’quvchilar, sizlar darsda faol qatnashdinglar. Sizlardek intiluvchan, aqlli, odobli, ahil va mehnatsevar o’quvchilar bor ekan, yurtimizning kelajagi yanada yuksaklarga ko’tariladi. Men sizlarga doimo ishonaman!!! Eng qiziqarli daqiqalar va men ballaringizni e’lon qilaman. Uyga vazifa:
Do'stlaringiz bilan baham: |