3-semestr davomida quyidagi ilmiy seminarlarda passiv ishtirok etildi:
2021-yil 11-noyabr kuni “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va turizm” fakulteti "Tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm kafedrasi tomonidan ZOOM platformasida vebinar shaklida navbatdagi ilmiy seminar o‘tkazildi. Seminarda “Turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti” kafedrasi dosenti, iqtisod fanlari nomzodi Xolmatov Nemat Boymirzaevich “Yangi institusionalizm yondoshuvlari” mavzusi bilan ishtirok etdilar.
Ushbu tadbirga kafedra professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar, hamda 1 va 2 kurs magistrlari, ishtirok etish etishdi.
Mazkur ilmiy seminarda zamonaviy institutsional yondashuvlarning iqtisodiy mohiyati va nazariy asoslari,ularning zamonaviy tasnifi,mazkur masla doirasidagi nazariy yondashuvlar hamda dunyoda bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolarni hal qilish yo’llarida to’xtalindi.Shundan so’ng,seminar ishtirokchilari tomonidan bir qator savollar berildi hamda fikrlar almashilindi.
Kafedra mudiri: Qodirova Z.A
Ilmiy rahbar: Abdurashidov A.A
Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizmi fakulteti Tashqi iqtisodiy faoliyat va Turizm kafedrasi 5A231102-Tashqi iqtisodiy faoliyati (tashqi savdo faoliyati) mutaxassisligi 2-kurs magistranti Abdumannonzoda Nafisaning 3-semestr davomidagi ilmiy seminarlari bo'yicha hisoboti:
3-semestr davomida quyidagi ilmiy seminarlarda passiv ishtirok etildi:
2021-yil 22-noyabrda “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” va “Tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm” kafedralarining birlashgan ilmiy seminari bo’lib o’tdi. Seminarida:
“Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasi katta o’qituvchisi Sattikulova Gavharniso Ahmadxanovnaning 08.00.04 – “Makroiqtisodiyot” ixtisosligi bo’yicha “O‘zbekistonda ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirish yo’llari”;
“Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasi o’qituvchi-stajeri Qodirjonov Adxamjon Muxtorjon o’g’lining 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosligi bo’yicha “Farg’ona viloyati eksport salohiyatini oshirishning asosiy yo’llari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishlarining muhokamasi o‘tkazildi.
Kafedralarning birlashgan ilmiy seminari “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm” fakulteti binosi (Oybek metrosi) 7-qavatida, 714-media xonasida bo‘lib o‘tdi.
Muhokam judayam qiziqarli va yangiliklarga boy tarzda o’tdi.Seminar yakunida ilmiy daraja olishga davogar ustozlarga Professor ustozlar tomonidan tegishli taklif va ko’rsatmalar berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |