Test
1. Baqqol amaki o‘zi pakana-yu, lekin yuzi katta, peshonasi keng, yakkam-dukkam soqolli, burni puchuq, iyagi kalta odam. Sifatning tarkibiga ko’ra necha turi ishtirok etgan? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
2. Hindubek turkiy, forsiy tillarni mukammal o'rgangan ilmli, ma'rifatli, dilkash kishi bo'lganligi uchun Boburning eng yaqin beklari qatoriga kirgan edi. Yasama sifatlar sonini aniqlang? A)3 B)5 C)7 D)6
3. Qaysi qo'shimcha asosda ifodalangan belgiga egalikni bildiradi?
A)-li, -dor, B)ba-, -ser, C) –mand D)to’g’ri javob yo’q
4. Qaysi qo’shimcha xoslik belgisini bildiradi?
A)-iy B)-simon C)-gi D)-ki
5. Qaysi gapda faqat oddiy darajadagi sifatlar qatnashgan?
A)Lola qizil, oppoq, sariq ranglarda tovlanib ochildi.
B)Mevasi tukli, sariq yoki tillarang, ko'rinishi yumaloq yoki bir oz cho'ziq bo'lishi mumkin.
C)Yomg'irda cho'milgan ko'z ilg'amas ulkan bog', qizil qum sepilgan xiyobonlar, hilol va yulduz shaklidagi gulzorlar yanada go'zalroq, yanada so'limroq ko'rinardi.
D)Onamning ismi Enaxon, ko'ngilchan, zahmatkash, serg’ayrat ayol.
6. Ravishdan yasalgan sifatlar berilgan qatorni toping.
A) noma’lum, noto‘g‘ri B) kechagi, bugungi C) qarimsiq, achimsiq D)epong‘ich,bilarmon
7.Qaysi gapda fe’ldan yasalgan sifat qo‘llangan?
A) Biz mehnatkash odamlarni mukofotlaymiz.
B) Sog‘lom tanda sog‘lom aql bo‘ladi.
C) Avval zaruriy ishlarni bajaringlar.
D) Qish kelib zerikarli tunlar boshlandi.
8. -iq qo‘shimchasi bilan yasalgan sifatlar qaysi qatorda berilgan?
A) chiniq, yo‘liq B) chiziq, yo‘riq
C) siniq, yopiq D) qichqiriq, chiziq
9. Otlashgan sifatlar qaysi gapda berilgan?
A) Hunarli o‘lmas, hunarsiz kun ko‘rmas.
B) Oramizda bilimdon o‘quvchilar ko‘p.
C) Dono, aqlli odamlar hech qachon yo‘ldan adashmaydi.
D) Yaxshilik, ezgulik insonning eng oliy fazilatidir.
10. Qaysi qatorda asliy sifatlarning ozaytirma shakli berilgan?
A) Muyulishda eng katta yuk mashinasi ko‘rindi.
B) O‘quvchilar tap-tayyor binoga ko‘chib o‘tishdi.
C) Kutubxonadan yangi kitobni olib keldim.
D) Olma daraxti shaftoli daraxtidan sal baland.
11. Tarixiy og`irlik o`lchov birliklarini toping.
A) misqol, chaqirim, qarich
B) qarich chaqirim, qalam
C) tanob, sarjin
D) paysa, dahsar, misqol
12. Quyidagi gaplarning qay birida ikkita hisob so’z mavjud?
A) Ikki hafta davomida erta tongdan qorong’i tushguncha loy tashishdi.
B) Nekman, serhosilman, har dona mevam 200-250 grammga boradi.
C) Shu orada mezbon ikki hovuch arpa solingan tog’orachani keltirib, “Eshak” ning oldiga va bir bog’ beda keltirib, “Ho’kiz” ning oldiga qo’yibdi.
D) B, C
13. Qaysi qatordagi gapda ---bir--- so`zi ayiruv bo`lovchisi vazifasida kelgan?
A.Sizni ko`chada bir kishi chaqiryapti.
B.Bir yomg`ir yog`di, bir yomg`ir yog`di aslo qo`yaver.
C.Quyosh bir ko`rinadi, bir bulutlar orasiga yashirinadi.
D.Darsga bir Nodir kelmadi.
14. Sodda sonlar ishtirok etgan gapni toping.
A) Majlisga besh-oltita ota-ona keldi
B) Karim to`rt-besh yil sabr qildi
C) Yigirmanchida oxirgi imtihon bo`ldi
D) O`n beshta qalam oldi
15. Qaysi gapda otlashgan son bor?
1.Tayog`i yo`g`on birni urar, so`zi yo`g`on mingni urar
2.To`qqizda bo`lmagan aql, to`qsonda ham bo`lmaydi.
3.Mingta shirin nasihatdan, bitta o`rnak yaxshi.
4.Ikki yomon qo`shilsa, keng dunyoga sig`madi
5.Birni kessang , mingni ek.
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,2,5 D) 3,4
16. Songa sonning ma`no turini hosil qiluvchi qo`shimchalar qo`shilganda tovush o`zgarishlarining qaysi turi hosil bo`ladi?
A) tovush orttirilishi B) tovush tushishi C) tovush almashishi D) B, C
17. Qaysi gapda yasama otdan yasalgan sifat qatnashgan?
A) Bir vaqtlar sen turtkilagan yigit bugun senga rahbar bo‘lib kelmoqda.
B) Alisher Navoiy bilimsiz tabiblarni jallodga o‘xshatardi.
C) U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan kamgap va qaysargina bir bola ekan.
D) Maqtanchoqliging tufayli sen do‘stlaringning e’tiboridan qolding.
18. Barcha shodlik senga bo'lsin, bor sitam, zorlik menga,
Barcha dildorlik senga-yu, barcha xushtorlik menga.
Ushbu gapda olmoshning nechta ma’no turiga oid so‘zlar qatnashgan?
A) 5 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
19. Bunda па g‘am bor, na azob, unda yashash quvonchi, рок muhabbat, bitmas-tuganmas orzu va qudrat bor edi. Ushbu gapda nechta tub mavhum ot bor?
A) 6 ta B) 4 ta C) 1 ta D) 5 ta
20. Qaysi javobda so‘roq olmoshi qatnashgan?
A) Toshkentning qayeriga qaramang, hashamatli binolar qad rostlamoqda.
B) Tong otmoqda. Qishloq allaqachon uyg‘ongan.
C) Quruq gapning o‘zi hech qachon lo‘nda dalil bo‘la olmaydi.
D) Nazira opa yuzlarida qandaydir tabassum bilan qutini tita boshladi.
21. Qaysi gapda olmoshning ma’nosiga ko‘ra to‘rt turi qatnashgan?
A) Sen shuni hech qachon yodingdan chiqarmaki, yillar o‘tgan sari er-xotin oltin va gavharga aylanib boradi.
B) Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini yuksaltirishda oilaning
o‘rni va ta’siri beqiyosdir.
C) Har birimiz o‘z ustimizda doimo ishlab, butun jamiyatimiz uchun foydali ishlar
qilishimiz darkor.
D) Hamma gapdan, hatto mening hayotimdan ham, xabardor bo‘lgan mana bu yigit kim?
22. Qaysi javobda to‘ldiruvchi vazifasida kelgan jamlovchi son qatnashgan?
A) Ishchilardan ikkitasini uzoq viloyatga ish safariga jo‘nating.
B) Ularning ikkovi bilan ham alohidaalohida gaplashib qo‘yaman.
C) Shundan keyin uchalasi o‘rmonda do‘stona yashay boshladi.
D) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit bo‘libdi.
23. Qaysi javobda olmosh o‘zi ishora qilgan so‘z bilan o‘zaro bir xil gap boiagi vazifasini
bajargan?
A) Tog‘am - tajribali shifokor. Ular ko‘p insonlarning hayotini saqlab qolganlar.
B) Haqiqiy shoir o‘z tuyg‘ularining tarjimonidir.
C) Yigitcha qo‘rquvdan dir-dir titrar, uning lablari pir-pir uchar edi.
D) Kitoblar - insoniyatning eng bebaho ma’naviy mulki. Ulardan hamisha foydalanishimiz mumkin
24. Qaysi gapda xususiyat bildiruvchi sifat qo‘langan?
A) Mamat olachipor, yashil tepalikdan pastlikka tomon yayov ketmoqda.
B) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak.
C) Hovli tor, devorlari baland edi.
D) Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sug‘orayotgan edim, yap-yangi ”Moskvich” kelib to‘xtadi.
25. Son turkumiga oid qanday so‘zlarni hosil qilishda ba’zi sanoq sonlar tarkibida tovush tushishi kuzatiladi?
A) chama sonlarda B) tartib sonlarda C) jamlovchi sonlarda D) taqsim sonlarda
26. Kishilik olmoshlariga quyidagi qo‘shimchalardan qaysi biri qo‘shilmaydi?
A) so‘z yasovchi qo‘shimcha
B) egalik qo‘shimchasi
C) kelishik qo‘shimchasi
D) Sanalgan qo‘shimchalar kishilik olmoshlariga qo‘shiladi.
27. To‘pdan ajratilgan narsa, shaxs, belgi, harakat-holatlarni ifodalaydigan olmoshlar turini belgilang.
A) kishilik olmoshlari B) ko‘rsatish olmoshlari
C) belgilash olmoshlari D) o‘zlik olmoshi
28. Qaysi gapda narsa-hodisa so‘rog‘i belgi-xususiyat so‘rog‘i o‘rnida qo‘llangan?
A) Nega uni otdami, aravadami eltib qo‘ymadi?
B) Kechagi gaplardan keyin qaysi yuzi bilan boradi?
C) Nima ishlari bor ekan? - so‘radi Zulayho xola.
D) Yo qudratingdan, bu qanday odam?
29. Qaysi gapda belgilash olmoshi ot o‘rnida qo‘llangan?
A) Dildorning bari gaplari haqiqat edi.
B) Har bir inson o‘z baxti uchun kurashadi.
C) Ovozi har qachongidan ham ta’sirliroq edi.
D) Hamma perronda, hamma o‘z jigarini qidiradi.
30. Qaysi gapda qo‘shma olmosh mavjud?
A) Siz o‘zingizni tuproq bilan tenglashtirmoqchi bo‘lgansiz, lekin men hozir Kumushga ham qanoatlanmay, Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim.
B) Shu-shu bo‘ldi-yu, Tursunboyning qulog‘idan Zebixonning ovozi nari ketmay qoldi.
C) Hamma unga o‘girilib qarar, ammo Sattor Roziyadan boshqa hech kimni ko‘rmas edi.
D) O‘zboshimcha unmas, o‘zbilarmon yolchimas.
Do'stlaringiz bilan baham: |